31,0
33,8
34,6
35,0
35,6
38,2
42,1
45,5
48,2
49,5
0,0
5,0
10,0
15,0
20,0
25,0
30,0
35,0
40,0
45,0
50,0
2000-
yil
2001-
yil
2002-
yil
2003-
yil
2004-
yil
2005-
yil
2006-
yil
2007-
yil
2008-
yil
2009-
yil
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi
(foizda)
Islohotlarni yanda chuqurlashtirish borasida iqtisodiyotning barcha sohalari
kabi kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sohasiga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Buni biz yuqoridagi 1 – diagrammadan ko’rishimiz mumkin. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2000 – yilda
31 foiz bo’lgan bo’lsa 2009 – yilga kelib uning ulushi 49,5 foizga yetdi. 31 foizdan
49,5 foizgacha o’sgani kichik biznes hozirgi kunda naqadar ahamiyatli sohaga
aylanib ulgurganligini bildiradi. 2010 – yilda esa kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasini yanada qo’llash orqali respublika yalpi ichki mahsulotidagi
ulushi 52,5 foizga yetkazish bashorat qiligan
.
Davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini qo’llab
quvvatlashning turli usul va vositalari mavjud bo’lib, davlat soliq siyosatini
takomillashtrish ya’ni iqtisodiyotda faoliyatda bo’lgan korxonalarga solinadigan
turli ko’rinishdagi soliq to’lovlari stavkalarini o’zgartirish; mamlakatning moliya
- bank tizimini takomillashtirish bunda tijorat banklarining hamda
mikrokreditlash tizmining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlari bilan
shug’ullanuvchi subektlarga beriladigan kredit portfellarini oshirish va bu orqali
aholiga, xo’jalik yurituvchi subektlarga beriladigan imtiyozli kreditlar hajmini
ko’paytirish; sohaga taaluqli bo’lgan huquqiy – normativ qarorlar qabul qilib qulay
iqtisodiy hamda investitsion sharoit yaratish orqali va boshqa yo’llar bilan amalga
oshiriladi. Bank tizimini takomillashtirish natijasida omontachilar va bank
o’rtasidagi ishonchli aloqalar mustahkamlandi. Ya’ni, qulay shart va yuqori
foizlarda taqdim etilayotgan omonatlar aholi mablag’larini bankka jalb etish
natijasida banklarning kredit reurslarining hajmini ko’payishida muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Prezidentimizning 2008 – yil 20- fevraldagi
“Tijorat bankalarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda
kafolatlarini ta’minlashga doir qo’shimcha chora - tadbirlar to’g’risida ”gi
farmoni shu maqsadlarni uyg’unligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. O’tgan
yilda aholining banklardagi omonatalri hajmi 1,7 barobarga oshdi.
2-diagramma
3-diagramma
So’ngi o’n yil ichida iqtisodiyotning real sektorlari kreditlashga yo’naltirilgan
ichki manbalar 25 marta ko’paydi. Natijada, banklarning kredit portfeli tarkibi
tubdan o’zgardi. 2000-yilda banklarning jami kredit resurslarining 54 foizi tashqi
qarzlar evaziga shakllantirilgan bo’lsa 2009 – yilga kelib tashqi qarzlar 16 foizga
tushib , 84 foizini ichki manbalar hisobidan shakllantirilmoqda.
Banklarning investitsiya maqsadlariga yo’naltirilgan kreditlarining umumiy
kredit portfedlidagi ulushi qariyb 70 foizni tahkil etmoqda. Bozor iqtisodiyotida
bozor munosabatlarining chuqurlashuvida hamda moliyaviy – iqtisodiy inqirozning
salbiy taraflarini baratarf qilish maqsadida iqtisodiyotning real sektorini
rivojlantirish real sektori korxonlarini qayta jihozlash, modernizatsiya qilishga va
shu orqali mamalakatda tovarlarni narxlarini barqaror ushlab turish, aholini doimiy
yangi ish o’rinlari bilan ta’minlash, barqaror iqtisodiy samaradorlikka erish
imkonini bermoqda. Ushbu maqsadlarda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini
qo’llab quvvatlashda quyidagi maqsadlarni amalga oshirish rejalarga kiritildi:
- Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;
- Koorperatsiya aloqalarini kengaytrish;
- Mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish;
- Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish
4- diagramma
2007 yilning 1 – yanvar holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subektlariga 744 mlrd so’m miqdoridagi kreditlar ajratilgan bo’lsa , 2008 –yil 1 –
yanvargacha esa 1,251 trln so’m hajmdagi kreditlar ajratildi. 2009 – yil 1 – yanvar
holatiga ushbu soha subektlariga qariyb 1,8 trln so’m imtiyozli kreditlar ajratildi.
Bu esa o’z navbatida 2008 –yilga nisbatan 2009 – yilda kichik biznes sohasiga
umumiy ajratilgan kreditlarning hajmini 43,8 foizga oshganini ko’rsatmoqda.
Vaholanki, 2000 –yilda sohaga 171,5 mlrd so’m hajmdagi kreditlar ajratilgan edi.
Oxirgi uch yil davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subektlariga ajratilgan kreditlari miqdori 3,8 trillion so’mni tashkil
etdi. Kreditlar miqdorining oshishi aholi omonatlarining ko’payishi bilan
bog’liqligini aytib o’tish kerak. Jumladan 2007 – yilda aholining banklardagi
omonat qoldiqlari 1,023 trln so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2008 –yilga kelib 1,724
trln so’mga , 2009 –yilda esa 2,914 trln so’mga yetdi bu 2009 –yilda 2008 –yilga
nisbatan aholining omonat qoldiqlari hajmi qariyb 70 foizga oshganini anglatadi.
Berilayotgan imtiyozli kreditlardan tashqari berilgan imtiyozlarning amal qilish
muddati uzaytirildi, aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan
kreditlarning eng uzoq muddati 12 oyda 18 oygacha oshirildi. O’tgan yilda kichik
Do'stlaringiz bilan baham: |