Milliy dastur ro’yobga chiqmoqda. Yoshlar umumiy o’rta ta’limni 9 yillik
maktablarda oladilar, yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik
litseylar va kasb-hunar kollejlarida o’rta maxsus bilim va kasb-hunar
o’rganadilar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish
umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001 yilda Kadrlar tayyorlash milliy
dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakunlandi.
2001 yilda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida
608500 nafar o’g’il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65862 nafar pedagog, tarbiyachi
va boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 ta umumta’lim maktablarida 440762 nafar
o’qituvchi 6,3 mln. o’quvchiga ta’lim bermoqda. Umumiy o’rta ta’lim bo’yicha
barcha o’quv fanlaridan Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va ular 346 ta
maktabda tajribadan o’tkazildi, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’lim
standartlariga mos o’quv dasturlari va darsliklari yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O’zbekistonga xos
xususiyati yangi turdagi 3 yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini
yaratishdir. 1998-2004 yillar davomida zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari
bilan jihozlangan 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi.
Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so’m mablag’ sarflandi. O’rta maxsus o’quv
yurtlariga zarur bo’lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el
investitsiyalarining miqdori 150 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Davlat ta’lim
standartlari, o’quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar
yaratildi. 2003-2004 o’quv yilida akademik litseylarda 26,2 ming, kasb-hunar
kollejlarida 531,6 ming o’quvchi ta’lim oldi.
Oliy ta’lim tizimida katta o’zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan -
bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 62 ta oliy o’quv
yurtlarida ta’lim olayotgan bo’lajak bakalavr va magistrantlar soni 2003-2004
o’quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. 18486 nafar professor-o’qituvchilar
mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan
nomzodidir. O’tgan 4 yil davomida barcha yo’nalishlar bo’yicha bakalavr va
magistrlar uchun qo’yiladigan talablarni o’zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim
standartlari, o’quv dasturlari yaratildi. Oliy ta’lim uchun 1129 nomdagi darslik
va o’quv adabiyotlari nashr etildi va Oliy o’quv yurtlari kutubxonlariga
tarqatildi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko’maklashish,
qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib borilmoqda.
Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, chet elda o’qishini
qo’llab-quvvatlash maqsadida “Respublika bolalar fondi”, “Sog’lom avlod
uchun”, “Iste’dod” jamg’armalari tashkil topdi. Ta’lim sohasida AKSELS,
AYREKS, AQSh kollejlari konsortsiumi, SARE, Tinchlik korpusi (AQSh),
Konrad Adenauer fondi, Britaniya kengashi, SAUD Al-Baptin fondi (Misr) kabi
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi. 2000 dan ortiq talaba va
mutaxassislar chet elda o’qib keldi.
341
O’zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida kata qiziqish uyg’otmoqda.
Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.Shukshunov
O’zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan
tengi yo’q hujjat, deb ta’rifladi. O’zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi
«Ta’limning o’zbek modeli» deb e’tirof etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: