Boshqaruv sohasidagi islohotlar
O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh
--------------------------------- qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlovchi,
bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon
beruvchi yangi boshqaruv strukturasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta
taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-
buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o’zini-o’zi idora
etishga o’tildi.
Ma’muriy-buyruqbozlik, to’rachilik tizimining o’zagini tashkil etgan Davlat reja
qo’mitasi, Davlat ta’minot qo’mitasi, Davlat narxlar qo’mitasi, Davlat agro-sanoat
qo’mitasi va boshqa qo’mitalar, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi.
Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o’zgardi. Moliya vazirligi respublika
byudjetini shakllatirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini
belgilamokda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va
uning bo’linmalari tugatildi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,
ixtisoslashtirilgan aktsiyadorlik - tijorat banklari - "O’zsanoatqurilishbank", "Paxtabank",
"O’zjamg’armabank", "G’allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy va
boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasi ahvoli uchun
javobgarligi oshirildi.
Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo’mitasi, Bojxona qo’mitasi
tuzildi. Davlat nazorati qo’mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi. Prezident devonida
nazorat inspektsiyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspektsiyalari tuzildi.
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash davlat qo’mitasi
tashkil etildi. Bu qo’mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
dasturlarini ishlab chiqishda, ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni
amalga oshiradi. Qo’mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko’chmas mulk birjalari,
auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda.
O’zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo’yicha tarmoq vazirliklari tugatilib,
ular o’z-o’zini mablag’ bilan ta’milaydigan uyushmalarga, kontsernlarga,
korporatsiyalarga va boshqa xo’jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida,
qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi
vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyat va
ish yuritish usullari tubdan o’zgardi.
Umummilliy ahamiyatga molik bo’lgan tarmoqlarda, masalan, sayohatchilik,
transport, madaniyat, kino, televidenie va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan
mustaqil bo’lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi.
Shunday qilib, mustaqillik qo’lga kiritilgandan beri o’tgan qisqa tarixiy davrda
huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq va
tadrijiy rivojlanishga ega bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Bugungi kunda
markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi
tizimlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza
borishni ta’minlashdan iboratdir.
317