£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Ikki palatali parlamentning



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Ikki palatali parlamentning

 

  ___ 



shakllantirilishi

  _____  | Prezident Islom Karimov 2000 yil 25 may kuni

 

ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy 



asosda  ishlaydigan  ikki  palatali  parlament  tizimiga  o’tishni  taklif  qildi.  Darhaqiqat, 

mustaqillikning  o’tgan  10  yili  davomida  parlamentchilikda  demokratik  asoslar 

shakllantirildi, endi bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tish uchun zarur 

shart-sharoitlar yaratgan edi.

 

2001  yil 6-7 dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki 



palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib 

tuzish  zarur,  degan  xulosaga  kelindi.  2002  yil  27  yanvar  kuni  «Siz  kelgusi  chaqiriq 

O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan 

masalada  referendum  bo’lib  o’tdi.  Referendumda  qatnashganlarning  93,65  foizi  rozi 

ekanligini bildirib ovoz berdilar. 

2002 yil  4-5  aprel  kunlari  bo’lib  o’tgan  Oliy  Majlisning  sakkizinchi  sessiyasida 

«Referendum  yakunlari  va  davlat  hokimiyati  tashkil  etishning  asosiy  printsiplari 

to’g’risida»  Konstitutsiyaviy  qonun  qabul  qilindi.  Mazkur  qonunda  respublika 

parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali - quyi va yuqori palatalardan 

313


 


iborat etib tashkil etiladi,deb belgilab qo’yildi. Quyi palata - Qonunchilik palatasi, yuqori 

palata  –  Senat  deb  ataladi,  ularning  vakolat  muddati  5  yil  deb  belgilangan.  Ikki  palatali 

parlament  tuzishning  huquqiy  asoslarini  belgilab  beruvchi  yangi  qonun  loyihalarini 

tayyorlsh ishiga kirishildi.

 

2002  yil  dekabrda  bo’lib  o’tgan  ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 



Majlisining  o’ninchi  sessiyasida  «O’zbekiston  Respublikasining  Qonunchilik  palatasi 

to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonunlar 

qabul  qilindi.  Qonunchilik  palatasi  120  nafar  deputatdan,  Senat  100  nafar  senatordan 

iborat etib shakllantiriladi. Bu o’zgarishlar 2003 yil aprelda O’zbekiston Respublikasining 

Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda 

«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi Qonunga o’zgartirish 

va  qo’shimchalar  kiritib,  mazkur  qonun  yangi  tahrirda  qabul  qilindi.  Shu  tariqa  ikki 

palatali  professional  parlamentni  shakllantirishning  konstitutsiyaviy-huquqiy  asoslari 

yaratildi. 2004 yil dekabr – 2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali 

parlamentga  saylovlar  bo’lib  o’tdi.  Qonunchilik  palatasiga  120  nafar  deputat  saylandi. 

Senatga  respublikamizning  har  bir  hududidan  6  nafardan,  jami  84  senator  saylandi. 

Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O’zbeksiton Respublikasi 

Prezidenti tomonidan tayinlandi.

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 yanvar 



kuni  bo’lib  o’tgan  birinchi  majlisida  deputatlar  Oqsoqollar  Kengashi  tavsiyasiga  ko’ra 

yashirin  ovoz  berish  yo’li  bilan  Qonunchilik  palatasi  Spikeri  lavozimiga  Erkin  Halilov 

sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker o’rinbosari etib saylandi, qo’mita rahbarlari 

tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraktsiyalari tashkil etildi va ro’yxatga olindi.

 

O’zbekiston  Respublikasi Oliy  Majlisi  Senatining  2005  yil 27  yanvar kuni bo’lib 



o’tgan birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan yashirin 

ovoz berish yo’li bilan Murod sharifxo’jaev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek 2 nafar 

senator Rais o’rinbosarlari etib saylandi, Senat qo’mitalari tashkil etilib, ularning raislari 

ham saylandilar.

 

Muxtasar  qilib  aytganda,  2005  yil  27  yanvar  kuni  ikki  palatali  parlamenti 



shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 

palatasi va Senati tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish