£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Oliy Majlis 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining

 

Konstitutsiyasiga  muvofiq  Respublika  parlamentining  nomi  Oliy  Majlis  deb  ataladigan 



bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy 

davlat  vakillik  organi  bo’lib,  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni  amalga  oshiradi",  deb 

belgilab  qo’yildi.  Konstitutsiyaga  muvofiq  bir  palatali  parlament  -  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisini  shakllantirish  tadbirlari  ko’rildi.  1993  yil  28  dekabrda 

"O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994 yil 22 sentyabrda 

"O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis 

hududiy  saylov  okruglari  bo’yicha  ko’p  partiyaviylik  asosida  besh  yil  muddatga 

saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi.

 

1994 yil 25 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta 



erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. Har bir 

saylov  okrugida  ikki-uch  nomzod,  jami  700  nafar  nomzod  deputatlik  uchun  kurashdi. 

Saylovchilar  birinchi  marta  nomzodlarni  tanlab  olish  imkoniyatiga  ega  bo’ldi. 

Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 25 

yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi.

 

Oliy  Majlis  1995-  1999  yillarda  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga 



asoslangan  demokratik  davlat  qurishdan  iborat  yo’lni  huquqiy  jihatdan  ta’minlashga 

qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 

ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 

58 ta qaror qabul qildi.

 

312


 


Ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  1999  yil  dekabrda 

saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarda 7 ta subekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik 

organlari  va  saylovchilarning  tashabbuskor  guruhlaridan  jami  1010  nafar  nomzod 

qatnashdi. Oliy Majlisga O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" 

milliy demokratik partiyasidan 34, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20, "Adolat" sotsial-

demokratik  partiyasidan  11,  "Milliy  tiklanish"  demokratik  partiyasidan  10,  hokimiyat 

vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat 

etib saylandi.

 

O’zbekiston  Respublikasi  bir  palatali  parlamentining  2000-2004  yillarda  bo’lib 



o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro 

shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun 

xujjatiga 1357 ta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

 

Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti - Oliy Majlisi 1995-2004 yillarda 



o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi:

 



O’zbekistonda      o’tkazilayotgan      islohotlarning      huquqiy      bazasini 

mustahkamlovchi qonunlar yaratish; 

qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish; 



parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash; 

shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish; 



amaldagi  qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini 

o’rgangan holda olib borish; 

joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. 



Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 

bir  palatali  parlament  sifatida  xalq  fikrini  e’tiborga  olish,  ochiqlik  va  oshkorolik 

tamoyillari  asosida  faoliyat  yuritdi.  Parlamentchilikda  demokratik  asoslar  yaratildi.  Bir 

palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o’rinni egalladi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish