£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Kadrlar  siyosatidagi  jiddiy  ijobiy  o’zgarish  shundan  iborat  bo’ldiki,  endi 

O’zbekistonda  partiya,  sovet,  davlat,  huquqni  himoya  qilish  organlarining 

boshliqlarini  Moskva  orqali  hal  qilish,  Moskva  belgilagan  xodimlarni  ko’tarish 

ammaliyotiga chek qo’yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati 

o‘z qo‘liga oldi.

 

Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo’lib, siyosiy mutelikdan 



qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo‘ldi.

 

O’zbekistonda  adolatni  tiklash  chora-tadbirlari  ko’rildi,  to’qib  chiqarilgan 



«o’zbek  ishi»,  «paxta  ishi»ning  tamomila  sharmandasi chiqdi.  Bu  bilan  bog’liq 

ishlar  qayta  ko’rildi,  aybsiz  qamalgan  minglab  kishilar  oqlandi,  o’z  oilasiga 

qaytarildi, adolat tiklandi.

 

O‘zbek tili – davlat tili Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek

 

tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko’tarilgan edi. O’zbekistonning sobiq 



rahbariyati  bu  masalaga  avvallari  millatchilik,  mahalliychilik  deb  qarardi, 

keyinchalik  o’zbek  va  rus  tilini  teng  mavqega  ko’tarishga  urindi,  shu  yo’sinda 

ikki  tillik haqidagi qonun  loyihasini  o’tkazishga harakat qilgan  edi.  Respublika 

yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish 

yo’lini tanladi.

 

O’zbekiston  SSR  Oliy  Sovetining  1989  yil  21  oktyabrda  bo’lgan  o’n 



birinchi  sesiyasida  «O‘zbekiston  SSRning  davlat  tili  haqida»  Qonun  qabul 

qilindi.  Qonunda  O’zbekistonning  davlat  tili  o’zbek  tilidir,  o’zbek  tili 

Respublikaning  siyosiy–ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy  hayotining  barcha 

sohalarida to’liq amal qiladi, deb belgilab qo’yildi.

 

1990 yil 19 fevralda «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni 



amalga  oshirish  davlat  dasturi  qabul  qilindi.  Qonun  va  davlat  dasturiga  binoan 

mehnat  jamoalari,  o’quv  yurtlari,  korxonalar  va  davlat  muassasalarida  ish 

yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi 

va  uning  amalga  oshirila  boshlanishi  Respublika  ijtimoiy  hayotida  katta  tarixiy 

voqea bo’lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ldi.

 

Respublika  iqtsodiyoti  va  ijtimoiy  sohasini  xolisona  tahlil  etish,  baholash 



va  ko’tarishga  qaratilgan  dastlabki  sa’y-harakatlar  qilindi.  Qishloq  aholisining 

shaxsiy  tomorqalari  uchun  er  ajratildi.  Erga  muhtoj  381  ming  oilaga  tomorqa 

erlari  berildi,  372  ming  oila  o’z  tomorqalarini  kengaytirib  oldi.  Shu  maqsadlar 

uchun  jami  150  ming  gektar  er  ajratildi.  Respublikada  «Ish  bilan  ta’minlash» 

dasturi  ishlab  chiqildi.  Ana  shu  dasturga  binoan  1990  yilda  300  ming  kishi, 

asosan yoshlar ish bilan ta’minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy 

jihatdan  himoyalash  uchun  1990  yilda  byudjetdan  va  korxonalr  hisobidan  142 

mln. so’m qo’shimcha mablag’ ajratildi.

 

297


 


1990  yil  18  fevralda  O’zbekiston  Oliy  Sovetiga 

saylov  bo’ldi.  Bu  saylovlarning  yangiligi  shundan 

iborat bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko’rsatildi. Oldingi 

saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan 

bo’lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 

okrugda qayta saylovlar bo’lib o’tdi.

 

1990 yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston 



SSR  Oliy  Sovetining  birinchi  sesiyasi  bo’lib  o’tdi.  24  mart  kuni  sessiya 

respublikalar  orasida  birinchi  bo’lib  «O‘zbekiston  SSR  Prezidenti  lavozimini 




Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish