£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Farg‘ona fojiasi   1989 yilning may-iyun oylarida Farg’onada fojiali voqealar

 

sodir  bo’ldi.  45  yil  muqqadam  Stalin  bedodligi  natijasida  o’z  eridan  badarg’a 



qilingan  mesxeti  turklarini  o’zbek  xalqi  o’z  bag’riga  olgan,  ularga  mehribonlik 

qilgan  edi.  Tub  erli  aholi  bilan  mesxeti  turklari  qardoshlik  aloqalarini  bog’lab, 

inoqlashib yashardilar. Biroq 1989 yil 20 mayda Quvasoyda tub erli aholi bilan 

mesxeti  turklari  guruhlari  o’rtasida  mushtlashish  sodir  bo’ldi.  Respublika 

rahbariyatining  voqeani  to’g’ri  baholay  olmaganligi  va  tezkorlik  bilan  zarur 

choralar  ko’rmaganligi  oqibatida  vaziyat  murakkablashdi  va  etnik  mojaroga 

aylanib,  qon  to’kilishiga  olib  keldi.  3  iyun  kuni  kechqurun  Toshloqda,  so’ng 

Marg’ilonning  mesxeti  turklari  zich  yashaydigan  «Komsomol»  suv  xo’jaligi 

quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o’t qo’yish, qotillik, vaxshiylik sodir 

bo’ldi.  Keyingi  kunlarda  beboshlik  harakatlari  Farg’ona  shahri,  uning  atrofiga 

tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo’l stantsiyasiga, aloqa 

uzeliga,  militsiya  binosiga  hujum  qilindi.  Boshboshdoqlik  partiya  va  sovetlarga 

qarshi  tus  olib  bordi.  Ana  shunday  favqulodda  vaziyatda  respublika  hukumat 

komissiyasi  tuzildi.  4  iyundan  boshlab  komendantlik  soati  joriy  etildi. 

Farg’onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarining 

13  ming  kishilik  bo’linmasi  keltirildi.  Ur-yiqit  7  iyun  kuni  yana  takrorlandi  va 

tez  orada  Qo’qon  shahriga,  Rishton,  O’zbekiston  va  Kirov  (hozirgi  Beshariq) 

tumanlariga tarqaldi. 8 iyunda Qo’qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki 

ishlar  vazirligi  qo’shinlari  tomonidan  o’qqa  tutildi,  50  dan  ortiq  kishi  halok 

bo’ldi, 200 dan ortig’i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar 

natijasida jami 103 kishi xalok bo’ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo’ldi. 

SSSR  ichki  ishlar  vazirligi  ichki  qo’shinlarining  137  xizmatchisi,  110  militsiya 

xodimi  yarador bo’ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat 

binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.

 

Voqealarning  keng  miqyos  va  fojiali  tus  olganligi  sababli  sovet  va 



ma’muriy  organlar  mesxeti  turklarini  Farg’onadagi  harbiy  qism  poligonidagi 

lagerga  hamda  Tojikistonning  Leninobod  viloyati  Asht  tumanidagi  Novgarzon 

posyolkasiga  shoshilinch  ko’chiriladi.  Minglab  odamlarni  bunday  lagerlarda 

uzoq saqlab bo’lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg’ona viloyatidan

 

295


 


Rossiyaning    Smolensk,    Orlovsk,  Kursk,  Belgorod  va  Voronej    viloyatlariga 

ko’chirib olib borib joylashtirildi.

 

Farg’ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar

 

edi? O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 

23  iyunda  bo’lgan  XIV  Plenumida  Farg’ona  fojiasi  bilan  bog’liq  masalalarni 

o’rganish  uchun  maxsus  komissiyasi  tuzildi.  Komissiyaning  O’zbekiston 

kompartiyasi  MQning  1989  yil  29  iyulda  bo’lgan  XV  Plenumi  tomonidan 

ma’qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.

 

>  Farg’ona  viloyati,  shahar,  tuman  partiya  va  sovet  tashkilotlarining, 



huquqni  himoya  qilish  organlarining  tashkilotchilik,  siyosiy  ishidagi  jiddiy 

xatolar fojiali voqealarga sabab bo’ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy 

vaziyatni kuchayishi xavfini o’z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni 

keltirib  chiqarishga  uringan  ekstrimistlarga,  poraga  sotilganlarga  o’z  vaqtida 

zarba berolmadilar. 

>  Farg’ona viloyatida o’n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik 

ortib bordi. Xo’jalik strukturasi buzilgan, tarmoqlar xomashyo etishtirish, yarim 

fabrikatlar  ishlab  chiqarishga  moslashib  qolgan  edi,  ishsizlar  soni  tobora  oshib 

borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta’minlash tadbirlari ko’rilmasdi. 

>  Kadrlarni  tanlash,  joy-joyiga  qo’yish  ishlari  buzilgan,  poraxo’rlik, 

xizmat mavqeini suiste’mol qilish avj olgan edi. 

>  Ana 


shunday 

keskinlikdan, 

respublikada 

ijtimoiy-siyosiy 

beqarorlikni  keltirib  chiqarishdan  manfaatdor  siyosiy  kuchlar  allaqachon  ishlab 

chiqilgan,  puxta  tayyorgarlik  ko’rgan  reja  asosida  ig’vogarona  harakat  qildilar, 

olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar. 

Farg’onada  sodir  bo’lgan  siyosiy  ig’vogarlik  Tbilisi,  Tog’li  Qorabog’, 

Bokuda  tashkil  etilgan  ig’vogarliklardan  biri  edi.  Keyinchalik  1990  yil  fevral-

mart oylarida Bo’ka va Parkent, 1990 yil iyunda O’sh va O’zganda ham shunday 

urinishlar  bo’ldi.  Yovuz  kuchlar  o’z  maqsadiga  erisha  olmadilar. 

O’zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida 

keskinlik bartaraf qilindi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish