5. 1946-1985 yillarda Respublika sanoati, uning bir tomonlama
rivojlantirilishi
Tiklanish Urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda sanoatni tiklash va rivojlantirish
hukmron Markaz oliy manfaatlaridan kelib chiqilib, uning «sotsializm va kommunizm
jamiyati» qurishdan iborat bosh strategik vazifalari, dasturiy rejalariga asoslanib hamda
O’zbekistoning boy xomashyo va mineral resurslaridan maksimum foyda olishni ko’zlab
bu sohaga e’tibor qaratib borilgan.
O’zbekiston iqtisodiyoti va uning muhim bo’g’ini sanalgan sanoati urushdan
keyingi 1946-1950 yillarda tiklandi va rivojlanib bordi. 1946-1950 yillarda 150dan ziyod
yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Quvvatiga ko’ra SSSRda uchinchi
o’rinda turuvchi Farxod GESning birinchi va ikkinchi navbatlari qurib bitkazildi. 1-
Oqqovoq, 1-Bo’zsuv, 2-Bo’zsuv va boshqa gidroelektr stantsiyalar qurildi. Qora
metallurgiya sanoati rivojlandi. O’zbek metallurgiya kombinatining «300» prokat stani va
yubqa listli «700» prokat stani qurildi, marten va prokat tsexlari loihada belgilangan
quvvatga etdi. «Toshselmash», «O’zbekselmash», «Chirchiqselmash», Samarqandagi
«Krasniy dvigatel» va boshqa zavodlar paxtachilik bilan bog’liq mashinalar ishlab
chiqarishni keng yo’lga qo’ydilar. 1950 yilda 4803 ta chigit seyalkalari, 7784 ta traktor
kultivatorlari tayyorlandi. 1950 yilda 4641 ta SX-40 paxta terish mashinalari tayyorlandi.
Paxta tozalovchi mashinalar ishlab chiqarish 1946 yilda 363 ta bo’lgan bo’lsa, 1950 yilga
kelib ularning soni 1251 taga etdi.
Shuningdek yoqilg’i sanoati tiklandi va rivojlandi. Farg’ona vodiysida Moylisoy,
Shahrixon, Surxondaryoda Kokaydi va Lalmikor neft konlari ochilib foydalanishga
topshirildi. Oltiariq neftni haydash zavodi kengaytirildi. Neft ishlab chiqarish 1950 yilda
respublikada 163 mln. tonnadan oshib ketdi. Polvontosh-Asaka gaz quvuri qurildi.
236
Engil sanoat o’sib bordi. Farg’ona va Qo’qonda yangi to’qimachilik kombinatlari,
Toshkentda trikotaj fabrikasi, Buxoro, Samarqand va Namanganda ip yigirish fabrikalari
qurilib ishga tushirildi. Agar 1941 yilda 107 mln. metr ip-gazlama ishlab chiqarilgan
bo’lsa, 1950 yilda 161 mln. metr ip-gazlama tayyorlandi.
1950-1985 yillar O’zbekiston tarixidagi murakkab davrlardan biridir. Bir
tomondan, O’zbekiston xalqining fidokorona, bunyodkorlik mehnati tufayli
Respublika iqtisodiyoti anchagina rivojlandi. Ikkinchi tomondan, sobiq Ittifoqda
hukumron bo’lgan totalitar tuzum, ma’muriy buyruqbozlikning kuchayishi
natijasida ijtimoiy, iqtisodiy va manaviy hayotda bir qator muammolar, nohush
xolatlar to’planib borib pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |