sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo’ldi.
50-60 yillarda Kosonsoy, Qamashi, Farg’ona, Pachkamar, Chorvoq, Quyimozor,
foydalanish maqsadida 545 km beton ariqlar qurildi.
Sobiq KPSS MQning 1966 yil May Plenumining meliorativ ishlarni kengaytirish
haqidagi qarori O’zbekistonda yangi erlarni o’zlashtirsh va sug’orish ishlarini yanada
kengaytirshga asos bo’ldi.
Jizzax cho’lida 70 ming gektardan ko’proq yangi erlar o’zlashtirildi.
O’zlashtirilgan erlarda Mirzacho’l (1967), Do’stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy
(1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari barpo etilgan, aholi zichroq
yashaydigan poselkalar bazasida Paxtakor (1974), Do’stlik(1974), Gagarin (1974),
Ul’yanovsk(1974), Il’ich (1980) shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho’lida 1454 ming kv
metr turar joy binolari, 21,9 ming o’rinli maktablar, 6800 o’rinli bolalar bog’chalari,
klublar, shifoxonalar, oshxonalar qurildi. 1973 yilda Jizzax viloyati tashkil etildi.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona, Samarqand, Xorazm
viloyatlarida, Qoraqalpog’iston ASSRda ham suv xo’jaligi, yangi erlar o’zlashtirish ishlari
keng miqyosida olib borildi. 70- yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo’yin,
Kampirovot daryosi bo’yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq va Eskar,
Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatida Dexqonobod suv omborlari
bunyod etildi. Katta Namangan, Parkent va boshqa kanallar qurildi.
Shunday qilib, O’zbekiston hududida 1946-65 yillarda qariyib 600 ming gektar
yangi sug’oriladigan erlar ishga tushirilgan bo’lsa, 1966-85 yillarda 1,6 million gektar
yangi erlar o’zlashtirilib foydalanishga topshirildi. 1985 yilda 10 miliard kubometr suvni
to’plovchi 23 suv ombori. 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug’orish tarmog’i,
92 ming gidrouzellar ishlab turdi. O’zlashtirilgan qo’riq erlarda 160 sovxoz tashkil etildi.
7,7 mln kv m turar-joy, 37 ming o’rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, 102
ming o’rinli umumta’lim maktablari barpo etildi.
Qishloq xo’jaligining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Xo’jaliklarni elektr
energiyasi bilan ta’minlash, ularga traktorlar va boshqa qishloq xo’jalik mashinalari,
mineral o’g’itlar etkazib berish ishlari ancha yaxshilandi. Masalan, 1985 yilda kolxoz va
sovxozlarda 189 ming traktor, 37 ming paxta terish mashinasi va boshqa turdagi texnika
vositalari bor edi.
Cho’llarni o’zlashtirish uchun ming-minglab odamlar safarbar etildi. Bu joylarni
obodonlashtirish, paxta plantatsiyalarini ko’paytirish uchun yuz minglab aholi oilalari
bilan yashab turgan so’lim maskanlarini tashlab, majburan ko’chirildi. Qanchalab yoshlar,
yigit-qizlar komsomol yo’llanmasi bilan bu dasht-biyobonli erlarga kelib, og’ir mehnat
mashaqqatini chekib, davlatga ko’proq «oq oltin» etkazib berish uchun ter to’kdilar.
Respublikada paxta yakkahokimligining kuchayib borganligi faktini shunda ko’rish
mumkinki, agar 1950 yilda 1,1 mln gektar erga g’o’za ekilgan bo’lsa, 1985 yilga kelib bu
ko’rsatkich 2 mln gektargacha etdi. Paxta xomashyosi shu yillarda 2,3 mln. tonnadan 5,4
mln. tonnaga ko’paydi. Ґosildorlik har gektar hisobiga 20,1 ts dan 27,0ts. ga ko’tarildi.
Respublika qishloq xo’jaligida paxta etishtirish salmog’ining ortib borishi
davomida o’zbek halqi nomini ne zamonlar dunyoga mashhur qilgan muhim ziroatchilik
sohalari: shirin-sharbat meva, poliz, sabzavot, sohibkorlik, donchilik va boshqa
mahsulotlar etishtirish asta-sekin kamayib, qisqarib bordi. Eng achinarlisi shuki,
xalqimizning azaliy mashg’uloti samarasi bo’lgan bu xil mahsulotlarning ko’pi bora-bora
respublikamizga chetdan keltiriladigan bo’lib qoldi. Masalan, bug’doy, arpa etishtirish
235
imkoniyati katta bo’lgani holda, uni ekish uchun sug’oriladigan erlar ajratilmas, shu bois
bu ekin turlari asosan lalmikor erlarda etishtirilardi. Ґosildorlik ham gektar boshiga atigi 5-
8 tsentnerni tashkil etardi, xolos. 1985 yilda respublika bo’yicha atigi 387,9 ming tonna
g’alla etishtirilgan. Bu uning ehtiyojini mutlaqo qanoatlantirmas edi, albatta.
Chorvachilik, parandichilik, baliqchilik sohalarini rivojlantirishda respublikaning
imkoniyat darajasi qanchalik keng va va katta bo’lmasin, biroq bular ham sovetlar davrida
etarli foyda va daromad bilan ishlaydigan xo’jalik tarmoqlariga aylana olmadi.
Buning ustiga paxta maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, ob-hayot bilan
ta’minlash borasida ham jiddiy muammolar kelib chiqib, ularning yillar davomida hal
etilmay kelishi esa ko’plab noxush hollarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Atrof-
muhitning buzilishi, suv havzalarining ifloslanishi, kasallik turlarining ortishi, erlarning
kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi kabi holat vujudga keldi.
Ekin maydonlarining surunkali zararli kimyoviy o’g’itlar, aralash birikmalar bilan
ishlanishi nafaqat erlarning yaroqsiz holatga, tuproq eroziyasiga olib kelib qolmasdan,
balki ayni paytda ming-minglab dala mehnatkashlarining umriga ham zavol bo’ldi, son-
sanoqsiz kasalliklarning vujudga kelib, keng tarqalishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: