£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Industrlashtirish   XX asr 20-yillari o’rtalaridan e’tiboran sovetlarning butun diqqat-

 

e’tibori  mamlakatni  industrlashtirishga  qaratildi.  Buning  asosiy  sababi  shundaki, 



industrlashtirish SSSRda sotsializm qurish dasturiy rejasining eng asosiy vazifalaridan biri 

hisoblanardi.  VKP  (b)  XIV  s’ezdida  (1925)  mamalakatni  industrlashtirish  sotsializmni 

barpo  etishning  bosh  strategik  vazifasi,  deb  belgilandi.  Hukmron  Markaz  bu  asosiy 

vazifani  bajarishga  xalqni  safarbar  etar  ekan,  bunda  bu  ishni  mamlakatning  barcha 

mintaqalarida, jumladan, O’zbekistonda ham tezkor sur’atlarda amalga oshirishga qarata 

qat’iyan yo’l tutdi.

 

O’zbekistonda industrlashtirish ishini amalga oshirish orqali sovetlar ko’p narsaga 



umid  bog’lagandilar.  Eng  asosiysi,  ular  bu  o’lkada  ko’plab  sanoat  korxonalari  va 

tarmoqlarini  yaratish  yo’li bilan uning boy  tabiiy va  mineral  resurslarini ishga solish, 

arzon ishchi kuchidan foydalanish va oxir-oqibatda Markaz uchun ko’proq foyda undirib 

olishni ko’zlaganlar.

 

Industrlashtirish  jarayoni  O’zbekistonni  Markaz  ta’siriga  olish,  uning  hukmiga 



yanada  bo’ysundirish  uchun  qulay  imkoniyatlar  yaratardi.  Gap  shundaki,  zamonaviy 

sanoat  tarmoqlarini  vujudga  keltirish,  ishga  tushirish  respublikaning  iqtisodiy  taraqqiyoti 

uchun  g’oyatda  katta  ahamiyat  kasb  etardi.  Biroq  bu  jarayon  juda  ko’p  miqdordagi 

moliyaviy resurslar, pul mablag’lari, xilma-xil texnika jihozlari, ilmiy-texnika salohiyati, 

ko’p sonli yuqori ma’lumotli muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchi kadrlar va

 

226



 


hokazo omillar bilan bog’liq edi. Bunday salohiyatga O’zbekiston mutlaqo ega emas edi. 

Negaki, respublika bu davrga kelib, xalq xo’jaligi tarmoqlarini qaytadan tiklashga arang 

erishib  borayotgan  edi.  Shu  bois  bu  mintaqada  industrlashtirish  jarayonining 

tashabbuskori  va  tashkilotchisi  bevosita  Markaz  va  Kommunistik  partiya  bo’ldi.  Bu 

o’rinda  aytish  joizki,  ittifoq  hukumatining  rejasida  O’zbekistonda  zamonaviy  yirik 

industrial  tarmoqlarni  emas,  balki  ko’proq  xomashyoni  qayta  ishlaydigan  sanoat 

korxonalari, tog’-kon sanoatini rivojlantirishga asosiy urg’u berilgandi. Negaki, bu hudud 

Markaz uchun ko’proq xomashyo mahsulotlari etkazib berishga ixtisoslashtirilishi kerak 

edi.  Shu  bois  ham  muhim  e’tibor  paxtachilik  va  u  bilan  bevosita  bog’liq  tarmoqlarni 

rivojlantirishga qaratilgandi. O’zbekistonda 1925 yilda atigi 21 sanoat tarmog’iga taalluqli 

149 ta korxona mavjud edi, xolos. Ular ham asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta 

ishlashga moslashgan edi.

 

Industrlashtirish  davrida  respublikada  17  ta  paxta  tozalash  zavodlari  barpo  etildi. 



Shuningdek,  Toshkent,  Samarqand,  Buxoro,  Marg’ilon  va  Shahrisabzda  pillakashlik 

fabrikalari,  Farg’ona  va  Toshkent  to’qimachilik,  Chirchiq  elektrokimyo  kombinatlari, 

Toshkent  mashinasozlik  zavodi  va  shu  singari  korxonalar  qurildi.  O’sha  davr  rasmiy 

ma’lumotlariga  ko’ra  O’zbekistonda  birinchi  besh  yillik  (1928-1932  yy)da  289  ta  va 

ikkinchi  besh  yillik  (1933-1937  yy)  davrida  189  ta  sanoat  korxonalari  barpo  etilgan. 

Ularning  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  ham  yil  sayin  ortib  bordi.  Chirchiq,  Olmaliq, 

Bekobod, Angren, Yangiyo’l, Quvasoy kabi sanoat shaharlari vujudga keldi. 1925-1940 

yillar davomida respublikada qurilgan GESlar soni 49 taga etdi. Toshkent-Angren temir 

yo’li, Toshkent-Termiz katta avtomobil yo’li qurildi.

 

Ikkinchi jahon urushiga qadar O’zbekistonning sanoat salohiyati 1445 ta  yirik va 



o’rtacha  sanoat  korxonalari  va  19  mingga  yaqin  mayda  korxonalarni  o’z  ichiga  olardi. 

Garchand sanoat qurilishi ancha ko’zga ko’rinarli tarzda rivojlanib, muayyan yutuqlarga 

erishgan  bo’lsa-da,  biroq  bu  sohada  ko’plab  jiddiy  muammolar,  nuqsonlar  mavjud  edi. 

Avvalo,  yuqoridan tazyiq qilish amaliyoti, rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik usullari 

O’zbekiston  sanoati  tarmoqlarida  chuqur  ildiz  otgan  edi.  Jumladan,  respublika 

metropoliyaning  rangli  va  nodir  metallar,  oltingugurt,  volfram,  molibden,  paxta  tolasi, 

xom ipak bilan ta’minlovchi mintaqasiga aylantirildi.

 

Markaz  amri  bilan  respublikaning  xomashyo,  tabiiy  resurslari  ayovsiz 



ekspluatatsiya  qilingan  holda  uning  o’ziga  xos  iqtisodiy  manfaatdorligi  hech  qanday 

nazar-pisand  qilinmasdi.  O’zbekistonda  qurilgan  sanoat  korxonalarining  talay  qismi 

to’lig’icha  ittifoq  ixtiyoriga  bo’ysunardi.  Binobarin,  ularning  ishlab  chiqargan 

mahsulotlari  va  undan  keladigan  tushumlar  ham  Markaz  xazinasini  boyitishga  xizmat 

qilardi.

 

Respublikada  industrlashtirishning  muhim  bir  xarakterli  tomoni  shundaki,  bu 



jarayon davomida malakali ishchi kuchi etishmaganligidan, xususan RSFSR hududidan 

bu erga juda ko’plab odamlar oqimi kirib keldi. Ular hisobiga respublikaning ishchilar 

sinfi saflari to’ldirilib  borildi.  Jumladan,  1926  yildan  to 1940  yilga  qadar  O‘zbekiston 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish