£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Yangi iqtisodiy siyosat Vaziyat Sovetlar yo’lboshchilari oldiga ahvolni o’nglash, tang

 

vaziyatdan chiqish va xo’jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko’ndalang qilib



 

224


 


qo’ydi. Bu vazifalar 1921 yil mart oyida bo’lib o’tgan RKP (b) X s’ezdi belgilab bergan 

yangi iqtisodiy siyosat (NEP) da o’z ifodasini topdi. Bu siyosatning muhim bo’g’inlari 

oziq-ovqat  razverstkasini  oziq-ovqat  solig‘i  bilan  almashtirish,  savdo-sotiqni 

erkinlashtirish,  sanoatda,  mayda  hunarmandchilik  va  boshqa  sohalarda  xususiy 

tadbirkorlikka  ruxsat  etish,  bozorni  tartibga  solish,  yollanma  mehnat  cheklanishini  bekor 

qilishdan iborat bo’ldi.

 

Eng muhimi, bu siyosat shahar bilan qishloq o’rtasidagi o’zaro  munosabatlarni 



izga solishga,  yangi hokimiyatning tayanch negizi hisoblangan ishchilar bilan dehqonlar 

ittifoqini,  iqtisodiy  aloqalarni  mustahkamlashga  xizmat  qilardi.  Yangi  iqtisodiy 

siyosatning  bosh  maqsadlaridan  biri  -  bu  dehqon  xo’jaligini  oyoqqa  turg’izish,  uni 

rivojlantirish edi. Negaki, busiz sanoatni ham, xalq xo’jaligining boshqa sohalarini ham 

hech  bir  yuksaltirib,  etarli  xomashyo  bazasini  yaratib  bo’lmasdi.  Oziq-ovqat  solig’i 

talabiga  ko’ra  ekish  mavsumi  oldidan  yakka  dehqon  xo’jaligi  bilan  davlat  o’rtasida 

mahsulot  etkazib  berish  majburiyati  to’g’risida  shartnoma  tuziladigan  bo’ldi.  Bu  esa 

dehqonlarni erdan ko’proq hosil olish uchun astoydil mehnat qilishga undardi. Xullas, 

yangi  iqtisodiy  siyosat  dehqonning  o’z  mehnatidan  manfaatdor  bo’lishini  tayin  qildi. 

Endilikda  dehqonning  ortiqcha  g’allasi  tortib  olinmaydigan  bo’ldi,  o’zi  etishtirgan 

oshiqcha mahsulotni bozorda erkin sotish huquqi berildi.

 

Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega 



edi. Birinchidan, Turkiston qoloq chekka, asosan qishloq xo’jaligi o’lkasi edi. Demak, bu 

erda zamonaviy qishloq xo’jaligi va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, 

o’lkada  milliy  ishchilar  sinfini  shakllantirish  zarur  edi.  Uchinchidan,  Turkiston  ko’p 

millatli  o’lka  bo’lib,  yangi  iqtisodiy  siyosatga  o’tishda  erli  xalqlarning  qadriyatlari, 

an’analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo’lardi. Ammo RKP (b) va 

sovet hukumati Turkistonda  yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o’z  manfaatlaridan 

kelib chiqib ish yuritdilar.

 

1921  yil  aprelda  Turkiston  ASSR  Markaziy  Ijroiya  Qo’mitasi  oziq-ovqat,  em-



xashak va xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig’i bilan almashtirish to’g’risida qaror 

qabul  qildi.  Unda  1921-22  yillar  uchun  soliq  miqdori  belgilandi.  Turkiston 

mehnatkashlaridan olinadigan soliq markaziy rayonlardan farqli o’laroq yil oxirida yig’ib 

olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan erning har desyatinasi, shuningdek, 

qora  mol  va  mayda  mollar  hisobidan  olinadigan  bo’ldi.  Bu  esa  Turkiston  dehqonining 

kamsitilishini bildirardi.

 

Bundan  tashqari,  sovet  hukumati  o’lkada  birinchi  navbatda  o’zi  uchun  zarur 



bo’lgan  tarmoqlarni,  chunonchi,  paxta,  qand  lavlagi,  tamaki  va  boshqa  texnik  ekinlarni 

rivojlantirishga  alohida  e’tiborni  qaratdi.  Yordam  ko’rsatish  bahonasida  300.000  dan 

ortiq  ishchi  va  dehqon  oilalari  Rossiya  markaziy  rayonlaridan  Turkistonga  keltirilib 

joylashtirildi.

 

Yangi  iqtisodiy  siyosat  asosida  sanoatni  xo’jalik  hisobiga  o’tkazish  jarayoni 



amalga  oshirib  borildi.  Bu  esa  sanoat  korxonalari  ishlab  chiqarishining  biroz  bo’lsada 

jonlanishiga olib keldi. Mayda va o’rta sanoat korxonalari, yirik kooperativ tashkilotlari 

va ularning birlashmalari tadbirkorlarga ijaraga berildi. O’lkada yangi sanoat korxonalari,

 

225



 


temir yo’llar qurildi. Xilkovo tsement zavodi, Farg‘ona pillachilik fabrikasi, Toshkent 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish