75
Kechmoq
1. Biror narsa ustidan bosib (botib) o‘tmoq, yurmoq- Qor kechmoq. Loy
kechmoq. Qahraton qishda yalang oyok muz bosib, saratonda qizil qum kechib,
issiqda, sovuqda obdan pishgan bizning yigitni \ Yo‘lchini\ ham katta masofani
piyoda bosgani uchunmi, kun xila betoqat kilgan edi. Oybek. Tanlangan asarlar.
To‘rvasini apil- tapil yelkasiga ildi-da, shaxdam qadamlar bilan tuproq kechib
yo‘lga tushdi. M. Hazratqulov, Jur’at.
2. Yuz bermoq, sodir bo‘lmoq. U boyning uyida kechgan voqealardan xa-
bardor bo‘lib turish uchun Shokir otaning kampirini tayinlagan. Oybek,
Tanlangan asarlar. U so‘zlash uchun o‘rnidan turgandayoq, yuragida nimalar
kechayotganini payqadim. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli.
Holi nima (yoki ne) kechdi, holi nima (ne) bo‘ldi, qanday ahvolga tushdi. O‘tir.
Nafasingni rostlab ol. Bolalarning holi nima kechdi? N. Safarov, Uyg‘onish.
3. O‘tmoq. Ko‘nglidan qanday gaplar kechdi ekan? Yillarimdan xafa emasman,
Mehnat, jangda kechdi onlarim. Y. Mirzo.
Kasallik kechishiga qarab o‘tkir va
xronik formalarga bo‘linadi. Fayzullayev, Teri kasalligi nima?
U bilan birga
kechgan shirin damlarni, dilrabo suhbatlarni eslaydi. T. Ashurov, Oq ot.
4. Afv etmoq, kechirmoq. Boy ota, Suyarning gunohini men sizdan so‘radim.
Keching. N. Safarov, Uyg‘onish.
Bir qoshiq qonidan kechmoq. Afv etmoq, afv etib omon qoldirmoq,
o‘ldirmaslik, jazolamaslik.
5. Bahridan o‘tmoq. Hamma narsasidan kechmoq. Mol-mulkdan kechmoq. Jon
do‘sting jonidan kechsa ham, mol do‘sting molidan kechmas. Maqol.
Bek: Xonumonimdan kechaman, ammo bu ishni ochmasdan qo‘ymayman.
A. Qahhor, Bek.
6. Yuz o‘girmoq, aloqa, munosabatni uzmoq- Norozi bo‘lishdan nima foyda.
Dadangdan kechasanmi? Oybek, Tanlangan asarlar.
O‘tmoq fe’lining ma’nolarini, yanayam aniqrog‘i uning polisemantik
ma’noga egaligini izohli lug‘atdan olingan misollar orqali ko‘rib chiqdik.
Haqiqatan ham bu fe’l hozirgi o‘zbek adabiy tilida polisemantik hisoblanib,
76
ma’lum bir voqea bo‘lib o‘tishi, vaqt o‘tishi, gunohidan afv etishi, yuz o‘girish
kabi semalarga ega ekan. Bu semalarning barchasini esa “ma’lum bir paytdan
boshqa bir paytga o‘tish” denotataiv semasi birlashtirib turadi. “Qisasi Rabg‘uziy”
asarida ham bu fe’lning ayni shu ma’nolaridan biri o‘z ma’nosi bilan birga
qo‘llanilib, polisemantiklik hosil qilganini kuzatdik. Asarda ham kechmoq fe’li
“oradan vaqt o‘tmoq” semasida aynan shu ma’noni berish uchun qo‘llangan.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham xuddi shu sema mavjudligini inobatga olib
aytishimiz mumkinki, kechmoq fe’li XIV asrda ham hozir ham polisemiya
hodisasiga uchragan fe’l hisoblanadi hamda uning ma’no doirasi bugungi kunda
ancha kengaygan.
Umuman, asardagi polisemantik so‘zlarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga
munosbatini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, XIV asrdagi ba’zi so‘zlar bugun ham
hech qanday ma’no o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, ayrimlarida ma’no torayishi,
kengayishi kabi leksik jarayonlar kuzatilgan. Bu esa, albatta, tilning ijtimoiy
voqelik ekanligi bilan chambarchas bog‘liqdir.