7-rasm
2017-yilning 1-yanvariga qadar yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig’i va yagona soliq to’lovini to’lashdan ozod qilingan yuridik shaxslar
22
Хizmat turlari
Моliya bank xizmatlari
Мaishiy xizmatlar
Boshqa xizmatlar
- Lizing bo’yicha
xizmatlar;
- Sug’urta bozoridagi
professional
ishtirokchilarning
xizmatlari;
- Auditorlik xizmatlari;
- Buxgalteriya hisobini
yurtish bo’yicha xizmatlar;
- Mikrokreditlash
bo’yicha xizmatlar;
- Soliq maslahati
xizmatlarini ko’rsatuvchi
tashkilotlar
- Charm buyumlar va
poyafzal ta’mirlash
xizmatlari;
- Soatsozlik va
ta’mirlash xizmatlari;
- Maishiy elektron va
elektr asboblarga texnik
xizmatlar ko’rsatish va
ta’mirlash bo’yicha
xizmatlar
- Veterenariya xizmatlari;
- Ta’lim sohasidagi, kompyuterda ishlashga
o’rgatish xizmatlari;
- Sanatoriylar, bolalar sog’lomlashtirish
muassasalari, bolalar sport seksiyalari va
sport muassasalari xizmatlari;
- Nogironlar, qariyalar va bolalarni
parvarish qilish bilan bog’liq ijtimoiy
xizmatlar;
- Rieltorlik xizmatlar
- Ахborot resurs markazlari, axoborot-
kutubxona markazlari va elektron ta’lim
xizmatlari
To’g’ri soliqlar tarkibini tahlil qilarkanmiz, navbatdagi soliq turi bu savdo va
umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovi hisoblanadi. Savdo
va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona soliq to’lovi bu
soddalashtirilgan soliq tizimi tarkibiga kiruvchi soliq turi hisoblanadi. Unga
22
O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A. Karimovning 2012-yilning asosiy yakunlari va 2013-yilda
O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ,,Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va
mdernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv
qo’llanma. – T: “O’qituvchi” NMIU. 2013-yil. 50-bet
37
ko’ra mazkur soliqni to’lovchilar uchun soliq solinadigan baza bu mahsulot
sotishdan tushgan sof tushumdan mahsulot tannarxiga ketgan xarajatlarni
chegirib tashlagandan keyin qoladigan yalpi tushum hisoblanadi.
Mamlakatimizda mikrofirma va kichik korxonalarga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bizningcha, mikrofirma va kichik korxonalar quyidagi
xususiyatlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi:
- Unchalik yirik miqdorda mablag’ talab qilmaydi;
- Kichik korxonalar bir faoliyat turidan ikkinchi birsiga o’tib olishi yengil;
- Iqtisodiy yo’qotishlar salmog’i kam bo’ladi.
Shu nuqtayi nazardan prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan kichik
korxonalar va mikrofirmalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga
soliq tizimida ham ular uchun alohida yondashuv mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |