Estafeta tayoqchasi – bo‘ylama kesimi doira shakldagi, qu-
vur ko‘rinishini eslatuvchi va ust qoplamasi silliq tayoqcha. U
yo g‘och, temir yoki har qanday qattiq xomashyodan tayyorlanadi.
Estafeta tayoqchasining uzunligi 28–30 sm, diametri 120 mm,
og‘irligi 50 g dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Poyabzal – yuguruvchi yaxshi depsinishni amalga oshirish
uchun «shipovka» deb nomlanadigan maxsus yugurish poyabzali-
dan foydalanadi. U yengil, qulay, yaxshi bukiluvchan va uchki
qismiga kamida to‘rtta, ko‘pi bilan oltitagacha temir tishli taqa
(ship) o‘rnatiladi. IAAF musobaqa qoidalariga binoan temir tishli
taqa uzunligi 25 mm, diametri 4 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Agar musobaqalar sun’iy qoplamali yo‘lakda o‘tkazilsa, temir
tishli taqalar uzunligi qancha bo‘lishligini musobaqa tashkilotchi-
lari belgilaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |