Nazorat savollari: 1. O‘zbekistonda sport inshootlarini barpo etishga ko‘rsatilayotgan e’tibor
haqida gapirib bering.
2. Viloyatingiz (shahringiz) da barpo etilgan sport inshootlari haqida ga-
pirib bering. SPОRT INSHООTLARINI TОIFA VA DARAJALARGA BO‘LISH Dunyo sport qurilishi amaliyotida sport inshootlarining yagona
tasnifi yo‘q. Bir qator mamlakatlarda sport inshootlarini tasnifi va
toifalarga bo‘lishning o‘z uslublari ishlab chiqilgan.
1996-yil 26-martda sport inshootlarini aniq belgilash uchun
qisqacha tavsifnomali tasnifi kiritilib tasdiqlandi. Bu yagona
tasnifl ash yordamida sport inshootlarini tabaqalash, hisoboti va
pasportizatsiyasi bajariladi. Bu sinfl ash asosida sport qurilmalari
quyi dagilarga bo‘linadi:
1) me’yoriy-rejalashtirilgan va hajmli-konstruktiv tuzilishli;
2) hajmli-rejalashtirilgan tuzilishli;
3) kengligi hisobga olingan holda qurilgan;
4) ishlatilish holatiga qarab qurilgan;
5) shahar tipi rejasiga qarab qurilgan;
6) foydalanish holati va o‘ziga xosligi.