XII Оlimpiada o‘yinlari 1940-yilda Finlyandiyaning Xelsinki
shahrida bo‘lishi kerak edi, ammo bo‘lmagan.
XIII Оlimpiada o‘yinlari 1944-yilda Angliyaning London
shahrida bo‘lishi kerak edi. Ikkinchi jahon urushi sababli olim-
piada o‘tkazilmagan.
XIV Оlimpiada o‘yinlari 1948-yilda Angilyaning London shah-
rida bo‘lib o‘tdi. Оlimpiada uchun alohida stadion qurilmagan, sa-
babi ikkinchi jahon urushi mamlakatni iqtisodiy qiyin ahvolga olib
kelgan edi.
XV Оlimpiada o‘yinlari 1952-yilda Finlyandiyaning Xelsinki
shahrida bo‘lgan. Xelsinkidagi Оlimpiada stadioni 1940-yildan
1952-yilgacha qurilgan. Asosiy sport maydonlari tribunasiga
60 000 tomoshabin sig‘gan. Sport arenasida 105x70 m li futbol
maydoni, 400 metrli sopol qoplamali yugurish yo‘lagi va yana
ochiq suzish havzasi, katta sport zali, shug‘ullanish maydonlari,
yengil atletika yadrolari bo‘lgan.
XVI Оlimpiada o‘yinlari 1956-yilda Avstraliyaning Melburn
shahrida bo‘lib o‘tgan. Оlimpiadagacha Melburn stadioni qayta
ta’mirlangan temir-betonli tribunalarning soni 100 000 o‘ringa
keltirilgan. Sport maydonida uch qatorli 400 m li yugu rish yo‘lagi
bo‘lib, uning ustki qoplamasi Angliyadan keltirilgan. Ammo
uning sifati uncha yuqori bo‘lmagani sababli, o‘yinlardan so‘ng
olib tashlangan.
XVII Оlimpiada o‘yinlari 1960-yilda Italiyaning Rim shah-
rida bo‘lgan. Оlimpiadagacha Rimning har bir rayonida har xil
sport inshootlar, hamma sport turlari uchun komplekslar qurilib
bitkazilgan. Asosiy sport maydoni tribunasiga 80 000 tomoshabin
uchun o‘rin bo‘lib, unda 105x70 m futbol maydoni, sopol qopla-
17
mali 400 m li yugurish yo‘lagi joylashgan. Rim sport inshootlari-
dan o‘zining me’morchiligi va foydalanish jihatdan qulay bo‘lgan
«Palatsso dello Sport» va «Platsetta» larda hozirgacha turli sport
o‘yinlari, gimnastika va boks musobaqalari o‘tkazib kelinadi.
XIII Оlimpiada o‘yinlari 1964-yilda Yaponiyaning Tokio shah-
rida bo‘lgan. Tokioda juda ko‘p sonli o‘ziga xos sport inshoot-
lari qurilgan. Tokio markazida asosiy olimpiada shoxobchalari,
asosiy stadionlar, Оlimpiada bog‘i joylashib, unda yopiq maydon,
yopiq suzish havzasi, beysbol va regbi uchun stadion bo‘lgan. Ik-
kita yopiq universal maydonli Yoglar sport bog‘i, Оlimpia sha-
harchasidan iborat bo‘lgan. Qolgan sport inshootlari shahardan
20 km tashqariga qurilgan. Tokio stadioni 100 000 tomoshabinga
mo‘ljallangan.
XIX Оlimpiada o‘yinlari 1968-yilda Meksikada bo‘lgan. Mek-
sika Оlimpiadasida musobaqalar o‘tkazish uchun 16 ta yirik kom-
pleks va 27 ta mashq qilish uchun majmua barpo qilingan.
XX Оlimpiada o‘yinlari 1972-yilda GFR Myunxen shah-
rida o‘tkazilgan. Myunxen olimpiadasi shahar markazidan atigi
4 km uzoqlikda o‘tkazilib, sport inshootlari ilg‘or texnika bilan
ta’minlangan.
Оlimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan hududni shahar xiyobon-
lari va uncha katta bo‘lmagan kanal o‘rab turardi. Оlimpiada
sport kompleksi Myunxendan bir necha yuz metr uzoqlikda edi.
Оlimpiada o‘yinlari «Оlimpiada o‘yinlariga qisqa yo‘l» shiori os-
tida o‘tkazilgan.
Myunxenliklar, Rim, Tokio va Mexiko tajribasiga asoslanib,
ularnikidan yaxshiroq sport inshootlarini barpo qilish uchun bar-
cha imkoniyatlarni ishga solgan. Natijada, davr talablariga to‘liq
javob bera oladigan sport arenalari qurib bitkazilgan.
XXI Оlimpiada o‘yinlari 1976-yilda Kanadaning Monreal
shahrida bo‘lgan.
Bu Оlimpiada uchun sport komplekslari tayyorlanib, unda har
xil sport o‘yinlari va turlari, jumladan, futbol uchun inshootlar
mavjud bo‘lgan. Yengil atletika, kurash, qilichbozlik, gimnastika
zallari, suv havzalari, eshkak eshish uchun sport komplekslari
qurib bitkazilgan.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |