Rivojlangan feodal jamiyatda (X-XI asrlar) sinfi y kurash
ta’siri ostida xalq jismoniy madaniyati (shaharliklar va dehqonlar)
va ustun turuvchi sinf jismoniy madaniyati (feodallar, ritsarlar)
shakllanadi. XV-XVI asrlarda to‘p o‘yinlari paydo bo‘ldi. O‘yinlar
uchun maydoncha va joylar, shaharliklar uchun sayrgohlarda, zi-
yolilarga xiyobonlarda har xil tomosha shoxobchalari qurildi. Bu-
larga: Rimdagi Villa Montalno (XVI asr) suzish havzasini, Floren-
siyadagi Boboli bog‘i amfi teatrini (XVII asr) misol qilib keltirish
mumkin.
Yevropaning ba’zi mamlakatlarida nayzabozlar va to‘p o‘yinlari
uchun zallar, kamonda o‘q otish uchun maydon va maydonchalar
qurilishi olib borildi. O‘rta Оsiyoda ham sport o‘yinlari rivojlan-
gan. Bu o‘yinlarga chavondozlik, kamondan o‘q uzish, kurash,
ko‘pkari, qilichbozlik va boshqa ko‘plab sport turlarini kiritish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |