Zamonaviy texnologiyalar


II.3. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning manbalari va tarkibiy



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/379
Sana07.07.2021
Hajmi7,04 Mb.
#111121
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   379
Bog'liq
kimyoni oqitishda zamonaviy texnologiyalar

II.3. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning manbalari va tarkibiy 
qismlari. Pedagogik texnologiya turlari va asosiy yo‘nalishlari. 
 
Tayanch  tushunchalar:
  pedogogik  texnologiya,  ta‘lim  jarayoni,  sub‘ekti, 
ob‘ekti, bilimni to‘liq o‘zlashtirish, dars qismlari, modulli ta‘lim, muammoli ta‘lim 
empirik, kognitiv, evristik, kreaktiv, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv 
 
Pedagogik texnologiya turlari 
 
Pedagogik 
texnologiya 
turi 
Maqsadi 
Mohiyati 
Mexanizmi 
 
Muammoli 
o‘qitish 
O‘quvchilarning 
bilish faolligi 
hamda 
ijodiy mustaqilligini 
oshirish 
O‘quvchilarga ularda 
bilimlarni 
o‘zlashtirish 
borasidagi faollikni 
yuzaga keltirishga 
hizmat qiluvchi 
masalalarni maqsadga 
muvofiq, ketma-ket 
berib borish 
Tadqiqotchilik 
metodlari, bilish 
faoliyatiga 
yo‘naltirilgan 
masalalarni 
yechish 
 
Mujassam-
lashtirilgan 
ta‘lim 
Shaxsning his qilish 
xususiyatlariga 
maksimal darajada 
yaqinlashtirilgan 
ta‘lim jarayoni 
tuzilmasini yaratish 
Mashg‘ulotlarni 
bloklarga biriktirish 
hisobiga fanlarni 
chuqur o‘zlashtirishga 
erishish 
O‘quvchilar ish 
qobiliyati 
dinamikasini 
hisobga oluvchi 
ta‘lim metodlari 
 
Modul 
ta‘limi 
Ta‘lim mazmunini 
shaxsning 
individual 
ehtiyojlari va uning 
bazaviy 
tayyorgarligi 
darajasida 
muvofiqlashtirish 
O‘quvchilarning 
individual o‘quv 
dasturi asosida 
mustaqil ishlashlari 
Muammoli 
yondashuvni 
amalga 
oshirishning 
individual 
maromi 
Rivojlanti-
Shaxs va uning 
O‘quv jarayonini 
O‘quvchilar 


54 
 
ruvchi ta‘lim 
qobiliyatlarini 
rivojlantirish 
shaxsning ichki 
imkoniyatlari va 
ularni ro‘yobga 
chiqarishga 
yo‘naltirish 
faoliyatini turli 
sohalarga 
yo‘naltirish 
Differen-
siallashgan 
ta‘lim 
O‘quvchilarning 
layoqati, qiziqish va 
qobiliyatlarini 
aniqlash uchun 
qulay sharoitlarni 
yaratish 
Turli o‘zlashtirish 
darajalari bo‘yicha 
majburiy me‘yor 
(standart) dan kam 
bo‘lmagan hajmdagi 
dastur materialini 
o‘zlashtirish 
Individual ta‘lim 
metodlari 
Faol o‘qitish 
(majmuaviy 
ta‘lim) 
O‘quvchilar 
faolligini yuzaga 
keltirish 
Bo‘lajak kasbiy 
faoliyatning predmetli 
va ijtimoiy mazmuni-
ni modellashtirish  
Faol o‘qitish 
metodlari 
O‘yin 
texnologiya-
lari 
Bilim, ko‘nikma va 
malakalarni 
o‘zlashtirishning 
shaxsiy faoliyat 
tavsifida bo‘lishini 
ta‘minlash 
O‘quv axborotlarini 
qayta ishlash va 
o‘zlashtirishga 
yo‘naltirilgan 
mustaqil bilish 
faoliyati 
O‘quvchilarni 
ijodiy faoliyatga 
jalb etishning 
o‘yin metodlari 
 
Shuningdek  ,  hozirda  pedagogik  texnologiyalarning  boshqa  yo‘nalishlari 
ham  mavjud  bo‘lib,  ulardan  asosiylari empirik,  kognitiv,  evristik,  kreaktiv, 
inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardan iborat. Bu 
yo‘nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha: 
Empirik  -  (tajriba) -Sezgi  a‘zolari  orqali  bilim  olish.  Bu  texnologiyada 
asosiy  e‘tibor  sezgi  a‘zolarining  tabiiy  rivojlanganlik  imkoniyatlariga  tayangan 
holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.  
Kognitiv-(bilishga  oid) -Atrofdagi  olam  to‘g‘risidagi  bilimlar  doirasini 
kengaytirish  texnologiyasi.  U  tabaqalash  (tarkibiy  qismlarga  ajratib  o‘rganish) 
tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.  
Evristik –(haqiqatni topish) Yo‘naltiruvchi savollar berish yo‘li bilan ta‘lim 
berish  tizimi.  Topqirlik,  faollikni  rivojlantirishga  xizmat  qiluvchi,  o‘quv-izlanish 
ta‘lim metodi. Optimallashgan (ko‘p variantlardan eng ma‘qulini, mosini tanlash) 
tafakkurni rivojlantiradi.  
Kreaktiv 
–(ijodiy) Tadqiqot  xarakteriga,  xususiyatiga  ega  bo‘lib, 
o‘quvchilarda maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.  
Inversion  –(almashtirish) -Axborotlarni  turli  tomondan  o‘rganish,  o‘rnini 
almashtirish xususiyatiga ega bo‘lib, tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi.  


55 
 
Integrativ  –  (yaxlitlash) Axborotlarni  tashkil  qiluvchi  cheksiz  ko‘p  kichik 
qismlarning  o‘zaro  ajralmas  bog‘liqligi ularning  yaxlitligi,  bir  butunligi  asosida 
yagona to‘g‘ri xulosani aniqlash.  
Adaptiv  –  (moslashtirish) Axborotlarni  o‘rganish  va  ulardan  foydalanish 
jarayonini o‘rganish hamda o‘rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida 
kutilgan natijaga erishish.  
Inklyuziv – (tenglik) O‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabatlarida 
tenglik asosida ta‘lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati 
cheklangan  o‘quvchilarni  sog‘lom  o‘quvchilar  bilan  birgalikda  o‘qishni  tashkil 
qilish pedagogik texnologiyasi.  
Shunday  qilib,  avvaldan  loyihalashtirilgan  ta‘lim-tarbiya  jarayonining 
pedagogik  texnologiyasi  o‘zida  metodlar  tizimi,  ta‘lim  metodik  usullari,  maqsad, 
vositalari,  o‘qituvchi  va  o‘quvchilarning  birgalikda  faoliyat  ko‘rsatish 
imkoniyatlari  hamda  yakuniy  natijalariga  erishish  borasidagi  majmuani 
mujassamlashtiradi.  

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish