128
chamalaydi. Marketing taftishi marketing makro- va mikromarketing
muhiti, marketing xizmatlarini, faoliyat yuritish samaradorligi tahlilini
hamda marketing siyosati: tovar, narx, sotish va reklama tadbirlarini o‘z
ichiga oladi.
Marketingda nazoratni uch turi farqlanadi:
1.
Yillik rejaning bajarilishini
nazorat qilish;
2.
Foydadorlikni nazorat qilish;
3.
Strategik nazorat.
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo‘ljallangan natijalarga
erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, korxonaning
bozordagi ulushi tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish
o‘rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi
nazorat usullaridan keng foydalaniladi.
Foydani nazorat qilishning maqsadi firma nima hisobiga daromad
topayotganligini va qaysi o‘rinlarda uni yo‘qotayotganligini aniqlashdan
iborat.
Strategik nazoratning maqsadi esa, haqiqatan ham firma o‘zidagi
marketing imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayotganligi yoki
foydalanmayotganligi aniqlanadi.
Marketing taktikasi strategiyasidan farqli o‘laroq, bosh maqsadda
firma mahsulotiga bo‘lgan iste’molchilar talabini shakllantirish va
qondirish tamoyillarini hamda konyunktura sharoitlarini ifodalaydi.
Marketing taktikasi ma’lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi
bo‘yicha hamda aniq bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga
oshirish bilan bog‘liqdir. U konyunktura va haqiqiy bozor holati
dinamikasini hisobga olish, shuningdek, marketing strategiyasi asosida
shakllanadi. Marketing taktikasining vazifasi korxonada marketing
faoliyatini tashkil etishni joriy vazifalari bilan qisman bog‘liq. Marketing
taktikasi firmaning strategik maqsadlariga erishishni oqilona ta’minlashda
marketingni amalga oshirish yo‘llari va vositalari, shakl va usullarini
aniqlaydi va tartibga soladi.
Marketingni operativ rejalashtirishda qisqa davr uchun reja chora-
tadbirlarini belgilash yo‘li bilan taktik dasturlar aniqlashtiradi.
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish
jarayonida rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-
biridan muddati bo‘yicha farq qiladi va uzoq muddatli, o‘rta muddatli va
qisqa muddatli bo‘ladi. Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga
portfel tahlil, morfologik tahlil, delfi uslublarini kiritish mumkin.
129
O‘rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli
rejalashtirish texnikasi, maqsadli daraxt bo‘yicha qaror qabul qilish uslubi,
morfologik tahlil, chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar,
evristik uslublar kiradi.
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli
rejalashtirish texnikasi, chiziqli dasturlash, transport masalalarini
optimallashtirish uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli
rejalashtirish, bozor tahlili, moliyaviy-matematik, chiziqli dasturlash
uslublari keng qo‘llaniladi.
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o‘z ichiga
oladi:
1. Nazorat qilishga mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlarini asoslash
(masalan, bozor ulushi, aylanma va hokazo).
2.
Faoliyatni
haqiqiy
ko‘rsatkichlari
natijalarini
o‘lchash
(ma’lumotlarni yig‘ish)
3. Faoliyatni reja va haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini solishtirish.
4. Haqiqiy reja ko‘rsatkichlarining imkoniyat farqining tahlili.
5. Yangi
rejalar ishlab chiqish, to‘g‘rilash.
Marketing sohasida nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidagi
rasmda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: