O`zbеkistоn rеspublikasi


      6-bob. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/156
Sana07.07.2021
Hajmi1,36 Mb.
#111059
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   156
Bog'liq
marketing fanidan oquv metodik material

 


 
122 
 
 
6-bob. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH, 
MARKETING NAZORATI 
6.1. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari 
 
Korxonalar  uchun  rejalashtirish  faoliyatining  yuqori  darajasini 
ifodalab, sotish va foyda olish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. 
Rejalashtirishning asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir. 
Quyidagi  rasmda  strategik  rejalashtirish  jarayoni  keltirilmoqda  (6.1- 
rasm). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6.1- rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni 
 
Strategik rejalashtirish, bu korxonani istiqbolda ko‘rish, korxonaning 
iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, rolini bilish va 
yangi  darajaga  erishish  yo‘llari,  vositalarini  ishlab  chiqishdir.  Strategik 
rejalashtirishda  aniq  hisoblangan  ko‘rsatkichlar  bo‘lmaydi,  balki  turli 
bashoratlar asosida mo‘ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iborat. 
F.  Kotler  firmaning  strategik  rejalashtirish  haqida  bunday  deb 
yozadi: «Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari 
orasidagi  strategik  muvofiqlikni  qo‘llashni  boshqaruv  jarayonidir. 
Tashkilotning vazifalarini aniqlash
 
Strategik xo‘jalik bo‘limlarini vujudga keltirish
 
Marketing maqsadlarini  belgilash
 
Holat tahlili
 
Marketing strategiyasini ishlab chiqish
 
Taktikani amalga oshirish
 
Natijalarni kuzatish
 


 
123 
 
 
Strategik  rejalashtirish  firmaning  aniq  ifodalangan  dasturiy  bayonotiga, 
yordamchi  maqsadlar  va  vazifalarni  mo‘ljallashiga,  sog‘lom  xo‘jalik 
portfeli va o‘sish strategiyasiga tayanadi»
1

Korxona dasturi o‘z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning 
mijozlari,  mijozlar  uchun  qadrli  tomonlari,  korxona  istiqboli  haqidagi  
ma’lumotlarni  oladi.  Savdo  korxonasi  bunday  dasturni  doimo  diqqat 
markazida  saqlashi,  muntazam  ravishda  unga  tuzatishlar  kiritib  turishi 
kerak.  Korxona  dasturi  maqsad  qo‘yishga,  uning  ahamiyatini  oshirishga 
ko‘maklashadi va maqsadga erishishga yo‘llaydi. 
Korxona  dasturida  korxonaning  faoliyat  doirasi  ko‘rsatiladi.  Bu 
doiraning  chegarasi  bo‘lib,  mahsulotlar,  texnologiyalar,  mijozlar  guruhi, 
ular  ehtiyoji  yoki  bir  necha  omilning  aralashmasi  xizmat  qilishi  mumkin. 
Masalan, korxonada avtomashinalar, radio-tele-apparatlari, boshqa tovarlar 
sotilishini  ifodalash  tovarlar  doirasi  chegarasini  bildiradi.  Savdo 
korxonasining imkoni boricha tovar assortimenti kengroq bo‘lishi kerak. 
Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichida har bir boshqaruvchi, 
rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qo‘yadi. 
O‘z vazifalarining bajarilishiga har bir xodim javobgardir. 
Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo‘lsa, unga erishish uchun 
foyda  keltiradigan  tovarlarni  sotishni  ko‘paytirish,  ular  hissasini  oshirish 
lozim.  Bunday  tovarlar  sotilishini  ko‘paytirish  esa,  tovar  manbalarini 
topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi.  
Bulardan  o‘z  navbatida  qator  vazifalar  kelib  chiqadi.  Bu  vazifalar 
marketing vazifalari bo‘lib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab 
etadi.  Bunda  bozorni  o‘rganish,  taklif  manbalarini  o‘rganish,  korxonaga 
tegishli har bir tovar bo‘yicha konyunkturani o‘rganish va xulosa chiqarish 
jarayoni bajariladi. 
Korxona  xo‘jaligini  rivojlantirish  rejasi  strategik  rejalashtirishning 
muhim  bosqichi  hisoblanadi.  Bunda  xo‘jalik  faoliyatining  bosh 
yo‘nalishlari  tahlili  amalga  oshiriladi  va  ayrim  tovarlarning  rentabelligi 
aniqlanadi.  Rentabellik  darajasiga  ko‘ra  uni  savdoda  qoldirish  yoki 
qoldirmaslik,  jalb  etish  yoki  jalb  etmaslik  qarorini  qabul  qilish  kerak 
bo‘ladi.  Yuqori  rentabellik  tovarlarga  ko‘proq  moliyaviy  resurslarni 
safarbar  etish,  kam  foydalilaridan  chetlasha  borishga  qaratilgan  ishlarni 
rejalashtiriladi. 
 
 
                                                 
1
 Котлер Ф. Основы маркетинга: Учебное пособие. – М.: Изд. дом «Вильямс», 2010. – с.56 . 
 


 
124 
 
 
Quyidagi  rasmda  korxona  va  marketing  strategiyasi  darajasidagi 
rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda (6.2-rasm).  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish