Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти



Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/71
Sana06.07.2021
Hajmi9,61 Mb.
#110913
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Bog'liq
2 5399949105793338090

 
 
3.2. Sakkiz razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi. 
 
Kompyuter  protsessorining,  va  umuman  kompyuterning  tuzilishi  va 
qanday  ishlashini  o‘rganish  jarayonida  –  protsessor,  xotira  va 
ma’lumotlarni  kiritish-chiqarish  qurilmalari  degan  tushunchalar  muhim 
tushunchalar  hisoblanadi.  Birinchi  bobning  1.1-rasmida  keltirilgan 
chizmada markaziy protsessor, tezkor xotira, diskli xotira va printer, hamda 
ularni  shinalar  orqali  qanday  bog‘langanligi  ko‘rsatilgan.  Keltirilgan 
chizmada  markaziy  protsessor  qanday  qismlardan  iborat  ekanligi  ham, 
alohida ko‘rsatib o‘tilgan, bular – boshqarish qurilmasi, arifmetik-mantiqiy 
qurilma va registrlar to‘plamlaridir.  
 
Kompyuter  markaziy  protsessorining  vazifasi  -  asosiy,  ya’ni  tezkor 
xotirada yozilgan dasturlarni bajarish hisoblanadi. Markaziy protsessorning 
bu vazifani amalga oshirish jarayonini qisqacha qilib quyidagicha ifodalash 
mumkin: markaziy protsessor xotirada yozilgan buyruqlarni chaqirib oladi, 
buyruqlarni  qanday  buyruqlar  ekanligini  aniqlaydi  va  ularni  ma’lum  bir 
ketma-ketlikda bajarilishini ta’minlaydi.  
 
Kompyuterni  va  uning  protsessorini  tashkil  etuvchi  qurilmalar  - 
shinalar  orqali  bog‘langan  bo‘ladi.  Shina  deganda  parallel  o‘tkazgichlar 
to‘plamlaridan  iborat  bo‘lgan,  adreslar,  ma’lumotlar  va  boshqarish 
signallarini  uzatib  berilishini  ta’minlaydigan  «qurilmalar»  tushuniladi. 
Ko‘pincha shina deganda parallel o‘tkazgichlar to‘plami tushuniladi, aslida 
esa  shina  turli  xil  ma’lumotlarni  uzatish  uchun  mo‘ljallangan  qurilma 


75 
 
sifatida  ishlab  chiqilgandir.  Uning  tarkibida  ma’lumotlarni  uzatish 
jarayonida  kerak  bo‘ladigan  –  registrlar,  turli  xildagi  kombinator 
elementlar va mantiqiy sxemalar mavjud bo‘ladi.   
 
3.1-rasmda kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning qanday xillari 
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi chizma keltirilgan. Unda protsessorning 
ichida  joylashgan  shinalar  -  ichki  shinalar,  protsessordan  tashqarida 
joylashgan,  uni  kompyuterning  boshqa  qurilmalari  bilan  bog‘lovchi  - 
tashqi  shinasi,  xotira  shinasi  va  kompyuterga  ma’lumotlarni  kiritish-
chiqarishni amalga oshiruvchi shinalar keltirilgan.    
 
 
 
3.1-rasm. Kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning xillari. 
 
Ichki  shinalar  protsessor  tarkibiga  kirgan  -  boshqarish  qurilmasi, 
arifmetik-mantiqiy  qurilma  va  registrlar  o‘rtasida  ma’lumotlarni  uzatib 
berish uchun xizmat qiladi. Tashqi shina yordamida esa - protsessor, tezkor 
xotira  va  ma’lumotlarni  kiritish-chiqarish  qurilmalari  bilan  bog‘lanishni 
amalga oshiriladi. 
Avvalgi  kompyuterlarda  va  hozir  ham  shina  orqali  ma’lumotlarni 
uzatish  deganda,  ko‘pincha  ma’lumotlarni  parallel  tarzda  uzatish 
tushuniladi.  Ammo  keyingi  ishlab  chiqarilayotgan  kompyuterlarda 
ma’lumotlarni  ketma-ket  tarzda    uzatuvchi  shinalardan  ham 


76 
 
foydalanilmoqda.  Bunday  shinalarga  misol  qilib  tarkibida  ma’lumotlarni 
ham  parallel,  ham  ketma-ket  uzatib  beruvchi  PCI  Express  (5.10-rasmga 
qaralsin)  va  hozirda  keng  qo‘llanilayotgan  ma’lumotlarni  ketma-ket 
uzatuvchi USB shinalarini keltirish mumkin. 
 
3.2-rasmda  protsessorning  tashkil  etuvchi  qismlari  va  uni  tezkor 
xotira  bilan  kanday  bog‘langanligi  qo‘rsatilgan.  Ushbu  rasm  asosida 
protsessor  tarkibiga  kirgan  qurilmalarning  bajaradigan  vazifalari  haqida 
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
 
 
 
3.2-rasm. Protsessorning tashkil etuvchi qismlari va  
uni tezkor xotira bilan qanday bog‘langanligi. 
 
Boshqarish  qurilmasi  -  buyruqlarni  xotiradan  chaqirish  va  ularni 
qanday buyruqlar ekanligini aniqlash vazifalarini bajaradi.  
Arifmetik-mantiqiy  qurilma  esa  arifmetik  -  qo‘shish,  ayrish, 
ko‘paytirish va mantiqiy - mantiqiy qo‘shish, mantiqiy ko‘paytirish, inkor 
kabi amallarni bajaradi.  
Har  qanday  protsessor  -  Intel  8080  (K580),  Intel  8088,  Pentium  4, 
UltraSPARС III, 8051, …,  Intel Core i7 lar ham o‘zining ichki holatini aks 
ettiruvchi  muhim  axborotlar  to‘plamlariga  ega  bo‘ladi.  Har  bir  protsessor 
tarkibida ushbu axborotlar to‘plamlarini saqlash va ishlash, hamda ma’lum 


77 
 
bir  vazifalarni  bajarish  uchun  mo‘ljallangan  registralar  to‘plamlariga  ega 
bo‘ladi. 
Protsessor  ichida  joylashgan  registrlar  to‘plamlari  -  uning  ichki 

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish