Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти



Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/71
Sana06.07.2021
Hajmi9,61 Mb.
#110913
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71
Bog'liq
2 5399949105793338090

xotirasi  deb  ataladi.  Ichki  xotira  -  dasturlarni  bajarilishi  davomida  hosil 
bo‘ladigan  oraliq  natijalarni  va  boshqarish  buyruqlarini  vaqtincha  saqlash 
vazifalarini  bajaradi.  Bu  xotira  har  biri  ma’lum  bir  vazifalarni  bajarish 
uchun mo‘ljallangan, bir-nechta registrlar to‘plamlaridan iboratdir. Odatda 
ushbu  registrlarning  uzunliklari  bir  xil  -  8,  16  yoki  32  razryadga  ega 
bo‘ladi.  Registrlar  protsessorning  ichida  joylashganligi  sababli,  ularga 
ma’lumotlarni yozish (o‘qish) juda tez amalga oshiriladi.  
Protsessor  tarkibidagi  muhim  registrlardan  biri  PC  (Program 
Counter)  -  buyruqlar  sanagichi  registridir,  ushbu  registr  IP  (Instruction 
Pointer)  -  buyruqlarni  ko‘rsatuvchi  registri  ham  deb  ataladi.  Bu  registr 
tartib  bo‘yicha  bajarilishi  kerak  bo‘lgan  buyruqlarning  xotiradagi  adresini 
ko‘rsatib turadi.  
Muhim  registrlardan  yana  biri,  bu  buyruqlar  registri  (Instruction 
Register  -  IR)  hisoblanadi.  Unda  tartib  bo‘yicha  bajarilishi  kerak  bo‘lgan 
buyruq  yozilgan  bo‘ladi.  Ko‘pgina  kompyuterlarning  protsessorlari, 
tarkibida  turli  xil  vazifalarni  bajarish  uchun  mo‘ljallangan  turli  xil 
registrlar to‘plamlariga ega bo‘ladi.   
Yuqorida  keltirilgan  tushunchalarni  va  umuman  kompyuterlar 
arxitekturasiga  oid  bo‘lgan  boshqa  muhim  tushunchalarni,  Intel 
protsessorlari oilasiga mansub, dastlabki protsessorlardan biri bo‘lgan Intel 
8080  protsessorining  analogi  hisoblangan  -  K580ВM80  protsessori 
misolida  batafsil  kurib  chiqamiz  [10].  Ushbu  protsessor  asosida  qurilgan 
kompyuter ham, hozirgi kompyuterlar singari uchta shinaga ega bo‘lgan:  
1.Ma’lumotlar shinasi (MSh); 
2.Adres shinasi (ASh); 
3.Boshqarish shinasi (BSh). 
K580BM80  protsessorining  so‘z  uzunligi  8  razryadga,  murojaat  qila 
olishi  mumkin  bo‘lgan  tezkor  xotira  qurilmasining  h‚ajmi  64  Kbaytga  va 
taktli  chastotasining  qiymati  esa  2  MGs-ga  tengdir.  Ushbu  protsessorning 
chizmalarda  ifodalanishi  3.3-rasmda  keltirilgan  ko‘rinishga  ega  bo‘lib, 
uning  chiqish  oyoqchalarining  soni  40-taga  tengdir.  Protsessorning  3‚10 
raqamli  chiqish  oyoqchalari  -  ma’lumotlar  shinasiga,  1;  25‚40  raqamli 


78 
 
oyoqchalari  -  adres  shinasiga  va  12‚19;  21‚24  raqamli  oyoqchalari  esa  - 
boshqarish shinasiga tegishlidir. 
 
 
 
3.3-rasm. K580ВM80 protsessorining chizmalardagi ko‘rinishi. 
 
K580ВM80  protsessorining  ichki  tuzilishi  3.4-rasmda  keltirilgan. 
Protsessorni tashkil etuvchi qismlarini tartib bilan batafsil ko‘rib chiqamiz. 
Tushuntirishlarni Intel protsessorlari oilasiga mansub, so‘z uzunliklari mos 
holda  16  va  32  razryadga  teng  bo‘lgan  Intel  8088  va  Pentium  4 
protsessorlarining  tuzilishlarini  hisobga  olgan  holda,  hamda  ularning 
barchasini o‘zaro taqqoslashlar asosida amalga oshiramiz. 
K580ВM80 protsessori ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan 8-
razryadli ichki ma’lumotlar shinasiga ega. Protsessorda, tashqi shina bilan 
ma’lumot  almashinish,  oraliq  registrlar  (Buffer  Register  -  BR)  yordamida 
amalga  oshiriladi.  Ma’lumotlarni  va  adreslarni  vaqtincha  saqlash  uchun 


79 
 
mo‘ljallangan,  hamda  ularni  ikki  tomonga  uzatib  bera  oladigan  oraliq 
registrlarining  chiqishlari  uchta  holatdan  birida  bo‘lishi  mumkin.  Bular 
kuchlanishning  yuqori  (1)  va  pastki  (0)  sathlari,  hamda  kirish  qarshiligi 
yuqori  bo‘lgan  holat.  Uchinchi  holatda  protsessorni  tashqi  shinadan  uzib 
quyish mumkin bo‘ladi.  
Bunda  tashqi  qurilmalarni  tezkor  xotira  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ulanish (Direct Memory Access -  DMA) amalga oshiriladi. Protsessorning 
16-razryadli adres shinasi yordamida 64 Kbayt hajmga ega bo‘lgan tezkor 
xotirani bevosita adreslash amalga oshiriladi. Quyida keltirilgan УМПК-80 
stendining  vositalarini  ko‘rsatuvchi  3.5-rasmda  ham,  yuqorida  aytib 
o‘tilgan shinalarni ko‘rish mumkin. 
 
 
3.4-rasm. K580ВM80 protsessorining ichki tuzilish chizmasi. 
 
Protsessorning ichki xotirasi sakkizta 8-razryadli - W2, W3, B, C, D, 
E,  H,  L  va  uchta  16-razryadli  –  buyruqlar  sanagichi  (PC),  stekni 


80 
 

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish