478-ta
chiqish
oyoqchalariga
ega.
Bu
oyoqchalarning
85-tasi
mikroprotsessorni kuchlanish bilan ta’minlash uchun, 180-tasi shovqinni
kamaytirish uchun erga ulangan, 198-ta chiqish signallar uchun ishlatilgan,
10-ta chiqish esa zahira uchun qoldirilgan (3.16 va 3.17-rasmlar).
3.17-rasm. Pentium 4 protsessorining mikrosxemasi.
3.5. Zamonaviy kompyuterlarda o‘rnatilayotgan protsessorlar va
ularning muhim jihatlari
Intel Core i7 protsessori. Intel Core i7 protsessori birinchi shaxsiy
kompyuter hisoblangan IBM PC kompyuterida ishlatilgan Intel 8088
protsessorining avlodidir. Intel Core i7 protsessori, tarkibida bor-yo‘g‘i 29
000-ta tranzistori bo‘lgan Intel 8088 protsessoridan anchagina farq
qilishiga qaramasdan, unda Intel 8088 va undan keyin ishlab chiqarilgan
Intel protsessorlari oilasiga mansub protsessorlar uchun yozilgan ikkilik
dasturlarni bajarish mumkin. Avval ham ta’kidlab o‘tganimizdek ushbu
protsessorlar arxitekturalari bir-biriga mos holda takomillashtirib kelingan,
ya’ni ular o‘zaro bir-biriga mos tushadi, rus tilida bu «совместимость»
deb ataladi.
99
Intel Core i7 protsessorining dastlabki versiyasi 4-ta yadroli Nahalem
arxitekturasiga asoslangan edi [1, 16]. Ushbu protsessor tarkibida
731 000 000-ta tranzistor bo‘lib, uning «qatorining kengligi» 45
nanometrga va taktli generatorining chastotasi esa 3,2 GGs-ga teng edi.
Odam sochining diametri 20 000-100 000 nanometrnini tashkil qiladi.
Intel Core i7 protsessorining 2011 yili ishlab chiqarilgan yangi
versiyasi Sandy-Bridge arxitekturasi asosida qurilgan. Uning tarkibida
ishlatilgan tranzistorlarning soni 1 160 000 000-taga etdi, tezligi 3,5 GGs-
ni va «qatorining kengligi» esa 32 nanometrni tashkil etdi.
Intel Core i7 64-razryadli kompyuter bo‘lib, unda 80386, 80486,
Pentium, Pentium II, Pentium Pro, Pentium III, va Pentium 4 protsessorlari
asosida qurilgan kompyuterlardagi kabi, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan
standart arxitektura - ISA (Industry Standard Architecture) dan
foydalanilgan. Ushbu protsessor undan avval ishlab chiqarilgan va nomlari
yuqorida sanab o‘tilgan protsessorlar tarkibida mavjud bo‘lgan IEEE 754
standartiga asoslangan registrlar va buyruqlar to‘plamlariga egadir. Intel
Core i7 buyruqlarining tarkibiga birinchi navbatda kriptografik amallarni
bajarish uchun mo‘ljallangan yangi buyruqlar qo‘shilgan.
Intel Core i7 protsessori tarkibida 2-tadan 6-tagacha yadro bo‘lgan
holda ishlab chiqarilishi mumkin. Unda ham Pentium 4 protsessoriga
o‘xshab bir nechta apparat oqimlarni bir vaqtda faollashtirib ishlash
mumkin bo‘lgan – giperoqimli texnologiyadan foydalanilgan. Core i7
protsessorlarida ham uch sathi kesh xotiradan foydalaniladi. Ularda
ma’lumotlar va buyruqlar uchun mo‘ljallangan alohida-alohida qilib
ishlangan, har biri 32 Kbayt hajmga ega birinchi sath (L1) kesh xotiralari
mavjud. Har bir yadro o‘zining 256 Kbaytli ikkinchi sath (L2) kesh
xotirasiga ega. Hajmi 4 Mbaytdan 15 Mbaytgacha bo‘lishi mumkin
uchinchi sath (L3) kesh xotirasidan barcha yadrolar birgalikda
foydalanadilar.
Intel Core i7 protsessori tomoning uzunligi 37,5 mm bo‘lgan kvadrat
shaklidagi LGA korpusiga joylashtirilgan (3.18-rasm).
Mikrosxema uning past qismida joylashgan 1155-ta chiqish
oyoqchalariga ega. Bu oyoqchalarning 286-tasi protsessorni kuchlanish
bilan ta’minlash uchun, 360-tasi shovqinni kamaytirish uchun erga
ulangan, 447-ta chiqish signallar uchun ishlatilgan, 62-ta chiqish esa zahira
uchun qoldirilgan (3.19-rasm).
100
3.18-rasm. Intel Core i7 protsessorining mikrosxemasi.
3.19-rasm. Intel Core i7 protsessori chiqish oyoqchalarining
nomlanishi.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |