O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/69
Sana06.07.2021
Hajmi1,35 Mb.
#110751
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69
Bog'liq
ozbekiston tarixi (2)

Madaniyati.  S.d.da  ilm-fan  va  madaniyat  rivojlangan.  Ayniqsa,  Eron,  Iroq  va 
Movarounnahrda  madaniy  yuksalish  yuqori  bo‘lgan.  Nishopur,  Isfaxon,  Basra,  Xirot,  Marv, 
Buxoro,  Samarqandda  madrasalar  bunyod  kilingan.  Xususan,  buyuk  vazir  Nizomulmulk 
qurdirgan  Bag‘doddagi  Nizomiya  madrasasi  (1067)  butun  jahonga  mashhur  bo‘lgan. 
Nizomulmulk  lavlatni  boshqarish  asoslari  haqida  “Siyosatnoma”  asarini  yaratgan.  Munajjim  va 
riyoziyotchi  olim  Umar  Xayyom  loyihasiga  ko‘ra,  Isfahonda  rasatxona  qurilgan.  U  Malikshoh 
topshirig‘iga  ko‘ra,  rasadxonada  kuzatuv  ishlarini  olib  borgan  va  sosoniylarning  shamsi  taqvi 
taqvimini  isloh  etib,  Yangi  taqvim  (“Malikshoh  taqvimi  yoxud  Jalol  erasi”)  ni  tuzgan  (1079). 
Nizomiy  Ganjaviy,  Jaloliddin  Rumiy,  Sa’diy  Sheroziy,  Umar  Xayyom  fors  she’riyatining 
so‘nmas  durdonalarini  yaratishgan.  Muhamma  G‘azoliy,  Farididdin  Attor,  Xoja  IOsuf 
Xamadoniy kabi islom ulamolari va sufiylar ijod qilishgan. 
S.d.da  riyoziyot  va  ilmi  nujum  (Bahovuddin  Abubakr  Marvaziy,  Sharafiddin  Tusiy, 
Abulhasan  Ali  Marvaziy,  Abul  Muzaffar  Isfizoriy,  Zahiriddin  G‘aznaviy),  tibbiyot  va  kimyo 
(Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy), tarix (Zahriddin Nishopuriy, Sadriddin Xusayniy, Anushirvon 
Koshoniy, Abu Bakr Ravondiy), adabiyot (adib Sobir Termiziy, Nosir Xusrav, Anvariy, Asiriddin 
Axsikatiy,  Raf’iy  Marvaziy  va  b.)  sohalariga  oid  ko‘plab  bebaho  asarlar  yaratilgan.  Bu  davrda 
Nishopur, Marv, Isfahon, Ray, Xamadon kabi poytaxt shaharlar shuningdek, Buxoro, Samarqand, 
Termizda  ko‘plab  me’moriy  yodgorliklar  qurilgan.  Marv  gullab  yashnagan,  u  “Marvi 
Shohijaxon” — “Shaharlar shohi” deb ulug‘langan. Tarixchi va sayyoh Yoqut Xamaviy Marvda 
bo‘lganida  bu  yerda  10  ta  yirik  kutubxona  borligini  ko‘rgan  va  ulardan  foydalangan.  Termiz 
yaqinidagi Payg‘ambar orolida Zulkifl majmuasi (11—12-a.lar), Sulton Saodat me’moriy majmui 
(11—18-  a.lar),  Jarqo‘rg‘on  minorasi  (1109),  Marvda  Sulton  Sanjar  maqbarasi  (12-  a.)  va  b. 
me’moriy  obidalar  qurilgan.  Saljuqiylarnig  Kuniya  sultonligida  ham  madaniyat  taraqqiy  etgan. 
Kichik  Osiyoning  islomlashish  jarayoni  kuchayib,  tasavvufning  mavlaviylik,  bektoshiya  kabi 
tariqatlari  shakllangan,  axiylik  (javonmardlik)  va  qalandarlik  kuchaygan.  Jaloliddin  Rumiy, 
Yunus  Emro  (1240—1320),  Xoja  Bektosh  Vali  (1248—1338),  Sadriddin  Ko‘nyoviy, 
Shahobiddin  Suhravardiy  singari  mashhur  mutasavviflar  yetishib  chiqqan.  Ko‘niya  (Ikoniy), 


 
 
126 
Sivas, Qaysariya, Nikeya sh.lari yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu paytda «O‘g‘uznoma» 
dostonining  yozma  varianti  shakllangan,  latifada  Xo‘ja  Nasriddin  (Afandi)  obrazi  (Turkiston  va 
Anadoluda) yaratilgan. 
 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish