O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


O’zbekiston tarixi fanining o’zo’rganish manbalari bor



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/69
Sana06.07.2021
Hajmi1,35 Mb.
#110751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
ozbekiston tarixi (2)

O’zbekiston tarixi fanining o’zo’rganish manbalari bor. 
Bular:  
1) Arxeologik yodgorliklar;  
2) Yozma yodgorliklar; 
3) Etnografik materiallar
4) Xalq og’zaki ijodi (fol’klor); 
5) Texnik vositalar vamahsulotlardir. 
 
O’zbekiston tarixini o’rganganda uni ma`lum davrlarga bo’lib o’rganish muhim ahamiyat 
kasb o’tdi.Zamonaviy tarix fani Vatanimiz tarixini quyidagi davrlarga bo’lib o’rganadi:  
 
1) Ibtidoiy-jamoa tuzumi; 
 
2) Eng qadimgi davlatlarning tashkil topishi va rivojlanishi
 
3) Ilk feodalizm davri; 
 
4) Rivojlangan feodalizm davri
 
5) Mustamlaka davri; 
 
6) Sho’rolar hokimiyati davri
 
7) Mustaqillik davri. 
 
Oliy  o’quv  yurtini  bitiruvchi  bakalavr  bilishi  kerak  bo’lgan  umumiy  bilim  doirasi 
O’zbekiston tarixi fani oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: 
 
Birinchidan, Vatan tarixini o’qishvao’rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-
nazariy  tushunchalar  va  tasavvurlar  shakllanmog’i  lozim.  Chunki  tarixiy  voqea  va  hodisalarni 
bilmasdan,  ular  haqida  tushuncha  va  tasavvurga  ega  bo’lmasdan  turib  g’oyaviy-siyosiy 
dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas; 
 
Ikkinchidan,  Vatan  tarixini  yoritish,  o’qitish  vao’rganish  jarayonida  chuqur  ilmiylik, 
xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi lozim; 
 
Uchinchidan, Vatan tarixining har bir satri, har bir varag’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi 
bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy g’oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi 
darkor; 


 
 

 
To’rtinchidan,  Vatan  tarixining  boshidan  oxiriga  qadar  singib  ketgan  asosiy  g’oya  - 
otashin  vatanparvarlik,  baynalminalchilik,  insonparvarlik  kabi  ulug’  fazilatlarga  qaratilmog’i 
kerak. 
 
Beshinchidan,  Vatan  tarixi  fani  mustaqil  respublikamizning  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy-
ijtimoiy  qadriyatlarining  yanada  mustahkamlanishi  va  ravnaq  topishiga  xizmat  qilishi,  davr  va 
zamon bilan ham nafas bo’lmog’i ayni muddaodir. 
 
-2- 
 
Tarixiy  voqealarnio’rganishda qanday ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning 
ahamiyati  juda  katta.  Sovetlar  davrida  uni  o’qitish  ishlari  marksistik  metodologiyaga 
bo’ysundirildi.Har  qanday  voqeani  yoritishga  komfirqa  mafkuraviyligi,  partiyaviylik,  sinfiylik 
nuqtai  nazaridan  yondoshildi.  Mamlakat,  butun  bir  xalq  tarixi  ikkiga  -  ekspluatatorlar  va 
ekspluatatsiya  qilinuvchilar,  quldorlar  va  qullar,  feodallar  va  qaram  dehqonlar,  burjuaziya  va 
yollanma ishchilar, boylar va kambag’allar, mulkdorlar va  yo’qsillar tarzida bo’lindi. Boylar va 
mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, ruhoniylar qoralandi, 
nomlari  badnom  qilindi.  Tarixiy  voqealar  jamiyat  a`zolarining  bir  qismi  -  kambag’allar  va 
yo’qsillarni  himoya  qilgan,  ularning  manfaatiga  bo’ysundirilgan  holda  yoritildi.  Din,  diniy 
qadriyatlar  qoralandi,  insonlarning  diniy  e`tiqodlari  oyoqosti  qilindi,  ruhoniylar  quvg’in  ostiga 
olindi.  Buyuk  olimlar,  allomalar,  ma`rifatparvar  shoiru-ulamolar,  yozuvchilar  ikkiga  - 
materialistlar  va  idealistlarga  bo’lindi.  Ulardan  u  yoki  bu  dinga  e`tiqod  qilganlari  idealist  deb 
ataldi, ta`qib etildi, ularning faoliyatini o’rganish ta`qiqlandi, o’zlari tahqirlandi, asarlari xalqdan 
yashirildi, yo’qotib yuborildi. 
 
Oqibatda  ko’pgina  tarixiy  voqea-hodisalar  soxtalashtirildi,  o’tmish  qoralandi,  ma`naviy 
merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi.Yosh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik 
sarqitlari deb o’rgatildi. 
 
Xalqimiz    tarixining  bu  qadar  soxtalashtirilishiga  faqat  marksistik  metodologiyaning 
yaroqsizligi  aybdor  deyish  kifoya  qilmaydi,  albatta.  Bu  borada  mamlakatda  hukmron  bo’lgan 
totalitar  tuzumning  salbiy  roli  katta  bo’ldi.  Tarix  esa  shu  totalitar  tuzumning  xizmatkoriga, 
targ’ibotchi va himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi.  
 
Endi,  Vatanimiz  tarixini  yoritishda  o’tmishda  yo’l  qo’yilgan  xato  va  kamchiliklarga 
konkret ravishda misollar bilan to’xtab o’taylik. Avvalo, shuni aytish kerakki, ilgari bizda “Vatan 
tarixi”  (“O’zbekiston  tarixi”  deb  tushuning)  degan  narsaning  o’zi  deyarli  yo’q  edi.  Faqat 
dorilfunun va muallimlar tayyorlash oliygohlarining tarix fakul’tetlarida 70-100 soatlik qisqa kurs 
o’qitilar  edi,  xolos.  Boshqa  oliygohlarda,  o’rta  maxsus  ilmgohlarda  Vatan  tarixi  mutlaqo 
o’qitilmas  edi.O’rta  maktablarda  Vatan  tarixidan  bir  necha  mavzulargina    SSSR  tarixi 
mavzulariga  ilova  sifatida  o’qitilar  edi.  Darslar  rus  tilida  olib  boriladigan  sinflarda  esa 
O’zbekiston tarixi, turli bahonalar bilan, deyarli o’qitilmas edi.  
 
Vatan tarixiga bag’ishlangan mavjud darslik, risola va qo’llanmalarda tariximizni yoritish 
borasida bir qancha qo’pol xato va kamchiliklarga yo’l qo’yib kelinardi. 
 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish