partiyasi a`zolari bo’lgan dashnoqlar kabi jinoyatchi unsurlar ham bor edi.
Uchinchi qolip - mafkuraviylik qolipi. Ya`ni har qanday voqea va hodisalarga,
dunyoqarashga uning markscha-lenincha mafkuraga mos kelish-kelmasligiga qarab baho
berilardi. Masalan, Vatanimiz tarixida jadidchilik muhim aham iyatga ega bo’lgan tarixiy
hodisadir. O’z davri uchun demokratik, millatparvarlik, ilg’or ziyolilik harakati bo’lgan
jadidlarharakati, o’z kamchiliklariga qaramay, Vatan mustaqilligi, istiqlol va taraqqiyot yo’li
uchun kurashgan fidoyilarharakati edi. Ammo ularning qarashlari, faoliyatlari mafkuraviylik
qolipiga joylanmadi, natijada ular tarixiy asarlarda salbiy baho oldilar. Ularning ko’pchiligi
qatag’on yillari qurboni bo’ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |