Eneolit - Mis-Toshdavri deb ataldi.
Bu davrda dehqonchilik va chorvachilikda ham birmuncha malaka hosil qilingan; yashash uchun
zarur bo’lgan o'simliklarni suntiy o'stirishga o'ta boshlanganlar. Batzi ov qilingan hayvonlarni
qo'lda boqish o’tdi tusiga kira borgan.
Sekin-asta mehnat qurollari takomillashtirilib, rudali metallar, mis, qalay, kumush, oltinni ixtiro
qilganlar va ularni eritish, quyish, ulardan foydalanish yo’llarini o’rganganlar.
Bronza mis va qalay aralashmasidan iborat bo’lib, u misga qaraganda katta afzalliklarga ega.
Ishlab chiqarishda bronzaning ishlatila boshlanishi bilan jamiyat taraqqiyotida Bronza
davruboshlangan. Insoniyat jamiyat taraqqiyotida xalq xo'jaliri, texnika va madaniyat sohasidagi
erishilgan yutuqlar ana shu davr bilan bog'liqdir. Zarafshonning quyi oqimidagi Zamonbobo ko'lida
va Sarazmda o'tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqot natijalari yuqoridagi fikrlar haq ekanligiga
guvoh lik beradi. Zamonbobo ko'li atrofidagi qabrlar ochib, qo'rilgan. Ularda bittadan, ikkitadan va
hatto uchtadan ko'milgan mayit qoldiqlari naqshli sopol idishlar va har xil buyumlar topilgan.
Erkaklarning qabrlarida chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar, pichoqsimon yapasqi buyumlar
topilgan. Ayollarning qabrlarida esa qizil va sariq oxra, surma uvoqlari, misdan ishlangan kichik-
kichik kurakchalar ham da lojuvarddan, aqiqdan, firuzadan ishlangan bezaklar; tosh bezaklari va
hatto oltindan yasalgan marjonlar bo’lgan.
Kuzatish natijasida Zamonbobo manzilgohidagi aholi dehqonchilik_bilan, chorvachilik bilan
ham shug'ullangan, degan xulosaga kelingan. Bunday madaniyat yodgorliklari O'zbekistonning
Surxondaryo (Sopollitepa, Jarqo'ton), Xorazm (Tozabog'yob), Toshkent (Achikul, Yangier tumani,
Toshkent kanali atrofi, Burg'yluq), Namangan (Buvana mozor), Andijon (Dalvarzin tepa),
Qashqadaryo (Yerqo'rg'on, To'rtko'ltepa) va boshqa viloyatlarida ham kuplab topilgan.
So'nggi bronza davri yodgorliklari Farg'ona va Surxondaryo viloyatlari hududida devorlar bilan
o'ralgan qishloqlar paydo -bo’lganligiga guvoxlik beradi. Bu Markaziy Osiyoda qadimgi shahar
larning vujudga kela boshlash jarayoni edi. Bu qadimgi xo'jaliklarning taraqqiy etganlimi, Ko’p
oilaviy jamoalarning boyliklari oshib borganligi, jamiyatda sinfiy tabaqalanish jarayoni
boshlanganligini ko'rsatadi.
Rivojlanib borayotgan dehqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida katta ilali
jamoalarda erkaklarning mavqeyi Osha borgan va matriarxat yemirilib, ota-huquqi, patriarxat
qaror topgan. Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan bo’lgan. Bolalar ham ota mulki
xisoblanib merosni otadan ola boshlagan. Jamoalarning mol-mulklarini qo'riqlash extiyoji harbiy
qabila ittifoqlarini qujudga keltirgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi yillar va asrlar osha rivojlana borib, o'z o'rnini sinflardan tashkil
topgan davlat hokimiyati hukmron bo’lgan jamiyatga bo'shatib berdi. Bu taraqqiyot davomida
urug'chilik jamoasi ikki bosqichni bosib o’tdi. Birinchi bosqichda urug' ijtimoiy ishlab chiqarishga
asoslangan edi. Bu davrda jamoa onalar hukmronligi -matriarxatga asoslangandi. O'sha davrning
urf-odatlariga ko’ra bir jamoa atzolari o'rtasida oila qurish, ya’ni er-xotin bo’lish mumkin
emasdi. Albatta bir jamoa erkaklari boshqa bir jamoa ayollari bilan «oila» qurishlari lozim edi.
Ammo ayol bilan «oila» qurgan erkak bamisoli mehmon edi, ishi bitgach o'z jamoasiga qaytib
ketardi. «Oila»ni boshqarish, uni boqish, bola tarbiyasi va taqdiri bilan uning ishi bo’lmasdi. Bu
ishlar bilan asosan ona shug'yllanar edi. Tug'ilgan bola xolasini, tog'asini taniganu, ammo otasini
tanimagan. Shu boisdan bola oldida ota nufuziga qaraganda tog'a mifuzi e’tiborliroq va
qimmatliroq bo’lgan. Chunki, tog'a ona urug'i jamoasini nafaqat moddiy jihatdan, balki barcha
sohalarda himoya qiluvchi va qo'uriqlovchi shaxs bo’lgan. Bunday tartib-qoida natijaeida urug'
jamoasida ortiqcha iste’molchilar Ko’paygan va barcha qiyinchiliklar ona zimmasiga tushgan.
Jamoani boqish, ularni oziq-ovqat bilan tatminlash albatta oson ish emas edi. Buning ustiga
32
dehqonchilik va chorvachilik ixtiro etilgan, onalar uchun xo'jalikni boshqarishda yana ham katta
qiyinchiliklar kelib chiqardi. So'zsiz, bunday tartib uzoq davom etishi mumkin emas edi. Sabr-
toqatlari to'lib-toshgan onalar farzandlarining otalari oldiga o'z talablarini qo'yganlar va haqiqiy
oila muammolari bilan shug'ullanish, bolalarni boqish ho'jalik ishlarini bajarishni ulardan talab
qilganlar. Ana shu tariqa ikki jamoa urug'idan er-xotindan iborat juft oila shakllanadi. Bu hodisa
jamiyat hayotida o'ziga xos burilish nuqtasi bo’ldi. Chunki juft oilaning tashkil topishi bilan jamoa
mulkchiligiga asoslangan ibtidoiy urug'chilik jamoasi zaminiga zil ketdi. Nega deganda urug'
jamoasidan tash qarida tashkil topgan bu oilaning iqtisodiy zamini xususiy mulkchilikka asoslanar
edi. Oila manfaati bilan urug' jamoasi manfaati o'rtasida o'ziga xos kelishmovchilik
nomuvofiqlik va ziddiyat paydo bo’lardi. Urug' jamoalaridan tashqarida juft oilalar jamoasi
tarkib topdi. Ularni o'zaro birlashtiradigan manfaat omili albatta ishlab chiqarish edi. Shu
sababdan bo’lsa kerak, olimlar bunday juft oilalarni «oilalar jamoasi» yoki «ishlab chiqarish
jamoasi» deb ataganlar. Shunday qilib, taraqqiyotning bu bosqichiga kelib urug' jamoasi
yemirilish sari yo’l tutdi, u o'zining tub matnodagi ishlab chiqarish va jamoa mulkchiligiga
asoslangan qiyofasini yo'qota bordi.
Juft oilalar negizida ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo’lishida birinchi va asosiy omil -
jamoa ixtiyorida ortiqcha mulkning hosil bo’lishi va jamoalararo mahsulot ayirboshlashning vujudga
kelishi hal qiluvchi o'rin tutdi. Albatta, bu jarayon chorvachilik va dehqonchilikning kashf etilishi
oqibatida oilalar ixtiyorida ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarining to'planishi bilan bog'liqdir. Endi
har bir oila o'zidagi ortiqcha maxsulot va buyumlarni qo'shni oiladagi o'zida yo'q maxsulotlar
bilan almashlash imkoniyatiga ega bo’ldi. Bunday jarayon dastlab ikki urug' jamoalari o'rtasida
olib borildi. So'ngra bu jarayonga urug' jamolari ham faol qatnasha bordilar. Ammo juft oila
mulki bilan jamoa mulki endi sig'isha olmay qoldi. Bu o'zaro ziddiyatlar oilalar bilan oilalar, urug'
jamoalari bilan urug' jamoalari o'rtasida o'zaro janjal, to'qnashuv va hatto urushlar darajasiga yetib
borardi. Bu to'qnashuvlar oqibatida yengilgan oila va urug' jamoaning boyliklari g'oliblar qo'liga
o'tardi. G'oliblar bu boyliklarni o'z mulklariga va boylikoariga qo'shar edilar. yengilgan va tobe
bo’lgan oila urug' jamoasi vakillarni esa asir etib olib, ularni qulga aylantirar edilar. Bu qullar ham
g'oliblarning mulki hisoblanganlar va ular ustidan o'z bilganlaricha hukmronlik qilganlar. Ana shu
tariqa shaxsiy mulk sekin-astalik bilan rivojlanib, xususiy mulkka aylangan, haq-huquqsiz qullar
kelib chiqqan. Birok bu mulkni qo'riqlash, qullrani itoatda saqlash va zo'rlab ishlatish uchun
zo'rikka tayanuvchi qo'shimcha qurollangan kuchlarga ehtiyoj ham kelib chiqqan. Bunday
ehtiyoj ni oilalar va urug' jamoalarining matlum bir qismi qoplagan. Ana shu tariqa jamiyatda
mulkdorlar, xujayinlar, quldorlar, tobelar, mazlumlar, qullar va zo'rlikka tayanuvchi qurollangan
kuch - yatni ibtidoiy davlat ko'rinishi elementlari vujudga keladi. Bu urug'chilik jamoasi o'z
boshidan ikkinchi taraqqiyot bosqichini kechirish davriga kirganligini ko'rsatadi. Bu davrda endi
urug'chilik jamoasi yemirilib, sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanadi. Jamoaning ijtimoiy
tarkibida tub sifat o'zgarishlar sodir bo’ladi. Ijtimoiy va oila hayotida erkaklarning o'rni va aham
iyati oshadi. Matriarxat - ona hukmronligi o'rnini Patriarxat -ota hukmronligi egallaydi. Xuddi
mana shu davrda jamoadagi ortiqcha daromad -xususiy mulk va uni ayirboshlash jarayoni bilan
bog'liq va mushtarak tarzda birinchi ijtimoiy mehnat tahsimoti kelib chiqdi. Chunki jamoa atzolari
bir vaqtning o'zida ham chorvachilik, ham dehqonchilik bilan shug'ullana olmas edilar. Shu bois
ular o'zlariga qulay va maqul sohani tanlab ola boshladilar. Albatta, bu narsa jamoa joylashgan
hududning tabiiy-geografik jihatdan xo'jalik yuritishning qaysi sohasini rivojlantirish uchun qulay
imkoniyatlar mavjudligi bilan bog'liq edi.
Xulosa shuki, jamiyat taraqqiyotining matlum bir rivojlanish
bosqichida
chorvachilik
dehqonchilikdan
ajralib
chiqdi
va
birinchi
mehnat
taqsimoti
yuz
berdi.
Bu
hoi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy avoslarining, tezkorlik bilan rivojlanishiga olib
keldi. Buni arxeologiyaga oid tarixiy tadqiqotlar ochiq-oydin isbotlaydi. Jumladan,
bronza davrining yodgorligi bo’lgan Sopollitepada yuqoridagi fikrni tasdiqlovchi
ashyolar keragicha topilgan. Bu yerdan topilgan manbalarning guvoxlik berishicha,
Sopollitepa 8 ta oilaning manzilgohi bo’lgan. Ularni birlashtirgan narsa urug' jamoasi
33
bo’lmagan, balki eng avvalo ishlab chiqarish manfaatlari edi. Bu manzildagi 8 ta katta oila
tarkibida patriarxal tizim asosida qurilgan yuzdan ortiq juft oilalar uyushgan, har bir katta oila
jamoasini boshqarish ishi ular orasidan saylangan oqsoqol ixtiyorida bo’lgan. 8 ta katta oila
jamoalari oqsoqollari oliy oqsoqollar kengashiga birlashganlar. Oqsoqollar kengashining atzolari,
qadimgi diniy kitob «Avesto»da aytilganidek, Nmanapati nomi bilan yuritilganlar. Nmana - katta
oila jamoosi demakdir, Nmanapami - katta oila boshlig'i matnolarini anglatadi. Agar ana shu tizimga
asoslana-digan bo'sak, Sopollitepa 8 ta nimanadan tashkil topgan VIS ekanligini ko’ramiz. VIS -qabila
jamoasi, katta qishloq degani. Vis - pati esa ana shu nimanalarni birlashtirgan oliy kengash boshlig'i,
qabila oqsoqoli, katta qishloqning boshlig'idir. Bu Shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarish
jamoalarini boshqarish mo'ttabar zotlar - oqsoqollar (nmanapatilar) qo'lida bo’lgan, ular jamoa hayoti
bilan bog'liq, bo’lgan barcha muammolarm oo'soqollar kengashi orqali amalga oshirganlar.
Oqsoqollar kengashi katta kuchga ega bo’lgan. Ularning qulida diniy va dunyoviy hokimiyat
birlashgan. Katta oila jamoasining oqsoqoli ayni vaqtda o'sha oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy
boshliq, piru ustoz va murabbiy ham edi. Qabila - qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining ana
Shunday boshlig'i bo’lgan. Ularning topshirio' va buyruo'lari jamoa atzolari uchun qonun hisoblangan.
Xususiy mulk pay do bo’lishi bilan iqtisodiy va sinfiy tabaq.alanish tezlashib bordi. Mulk eng avvalo
jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo'ttabar shaxslar qo'lida to'plangan. Sinfiy tabaqalanish jarayoni
kuchaygani sari jamiyatni boshqarish og'irlashib boradi. Bunga sabab jamoa boyligini taqsimlash,
jamoani boshqarishda demokratik prino'iplar buzilib bordi, adolatsizliklar kelib chiqdi. Bu tarixiy
jarayonlar bronza davrining oxiri va ilk temir davriga to'g'ri keladi. Markaziy Osiyoda ilk temir davri
miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga to'g'ri keladi. Bu paytga kelib ibtidoiy jamoa
tuzumi uzining oxirgi bosqichini o'tayotgan edi. Odamlar birinchi bor temirdan xom ashyo sifatida
mehnat qurollari ishlab chiqarishda foydalanganlar. Temir ibtidoiy jamoa tarixida buyuk texnik
inqilobga sabab bo’ldi. U dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishiga katta tatsir kursatdi.
Temir ibtidoiy jamoa tuzumini buzib yubordi va xo'jalik tabaqalanishini tezlashuviga olib keldi. Temir
tufayli. chorvachilik dehqonchiliqdan uzil-kesil ajraldi, Ko’plab hayvonlarning egalari bo’lgan
aslzodalar paydo bo’ldi, xususiy mulkni mustahkamladi, jamiyatni sinflarga bo’lishni tezlashtirdi.
Temir tufayli xo’'jalikda ikkinchi mehnat taqsimoti kelib chiqdi, endi hunarmandchilik
dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Xunarmandchilik ixtisoslashuvining sodir bo’lish natijasida ilk shahar
larning belgilaridan biri sifatida bozor vujudga keldi, keng ko'lamdagi mol ayirboshlash kuchaydi.
Ayrim shaxslar qo'ulida boylik to'planish jarayoni tezlashdi. Temirning qishloq ho'jaligiga keng
ko'lamda kirib borishi tufayli yerga xususiy egalik qilish paydo bo’ldi, Avvallari yerga egalik qilish
shartli bo’lib, uniig egasi yerni sotib yubora olmas edi. Endi yer egasining xuquqi cheklanmagan
bo’lib, u o'z egasining abadiy mulki bo’lib qoldi. So'nggi bronza davri yodgorliklari Farg'ona va
Surxondaryo viloyatlari hududida devorlar bilan o'ralgan qishloqlar paydo -bo’lganligiga guvoxlik
beradi. Bu Markaziy Osiyoda qadimgi shaharlarning vujudga kela boshlash jarayoni edi. Bu
qadimgi xo'jaliklarning taraqqiy etganlimi, Ko’p oilaviy jamoalarning boyliklari oshib borganligi,
jamiyatda sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanganligini ko'rsatadi.
Rivojlanib borayotgan dehqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida katta ilali
jamoalarda erkaklarning mavqeyi Osha borgan va matriarxat yemirilib, ota-huquqi, patriarxat
qaror topgan. Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan bo’lgan. Bolalar ham ota mulki
xisoblanib merosni otadan ola boshlagan. Jamoalarning mol-mulklarini qo'riqlash extiyoji harbiy
qabila ittifoqlarini qujudga keltirgan.
Yangi tosh asriga kelib O’rta Osiyo hududlarida dehqonchilikning paydo bo’lishi jamiyat
hayotida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini yanada tezlashtirdi. Bronza davriga kelib
dehqonchilikdan
chorvachilikning
ajralib
chiqishi,
ixtisoslashagan
hunarmandchilik
xO’jaliklarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Ko’payib, mehnat qurollari yanada
takomillashib bordi. Jamiyatda ishlab chiqaruvchi xO’jalikning paydo bo’lishi va jadallik bilan
rivojlanishi O’z navbatida ijtimoiy hayotdagi O’zgarishlarga sabab bo’ldi.
Ma`lumki, O’rta Osiyo, umuman O’zbekiston hududlarida dastlabki davlatchilikning
paydo bo’lishi masalalari tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bo’lib kelmoqda. Bu
34
O’rinda ushbu jarayonga asosiy turtki bo’lib yanada jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda
muhimdir. Bronza davridayoq sun`iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’rta Osiyo
xo’jaligining asosini tashkil etgan. Sug’orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari
jamiyatda hal qiluvchi O’zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida
qo’shimcha mahsulot va xususiy mulk kO’rinishlari paydo bo’ldi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun`iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik
O’rta Osiyo xo’jaligining asosi hisoblanib bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va
O’zbekistonning janubida bronza davrida, Toshkent vohasi, Farg’ona vodiysi hududlarida esa ilk
temir davrida shakllanib rivojlandi. O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun`iy sug’orish
birmuncha qulay bo’lgan Amudaryo (yuqori, O’rta, quyi) oqimlari bo’ylarida, Murg’ob vohasida,
Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi
dastlabki davlatlar -Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi ham dastlabki davlatchilikning asosiy
omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib O’rta Osiyoning juda Ko’plab bronza va ilk
temir davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqo’ton, Qiziltepa, Anov, Ko’zaliqir, Afrosiyob,
Daratepa, CHust, Dalvarzin va boshq.) ishlab chiqaruvchi xO’jalik bilan bevosita bog’liq bo’lgan
metall qurollar topib O’rganilgan. Mehnat qurollarining metaldan ishlanishi mehnat
unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi.
So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining keng ishlatila boshlanishi natijasida
turli shakldagi yuqori sifatli sopol idishlar ishlab chiqarila boshlanadi. Kulolchilikning
rivojlanishi natijasida Sopolli, Oltintepa, Gonur, Jarqo’ton, Afrosiyob kabilarda kulolchilik
mahallalari paydo bo’ladi. Shuningdek, hunarmandchilikning toshga, metalga, yog’ochga,
suyakka ishlov berish turlari ham keng tarqaladi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi, alohida
xo’jalik tarmog’i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim
ahamiyatga ega bo’lib, davlatchilik paydo bo’lishi uchun muhim bo’lgan qo’shimcha mahsulot
Ko’payishiga turtki bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |