-1-
Markaziy Osiyodagi turli xalqlarning qadimgi davrlardagi diniy qarashlari va e`tiqodlari,
payg’ambarlari va ular ta`limotlarining yoyilishi Ko’pgina olimlar orasida ilmiy munozaralarga
sabab bo’layotgan masaladir. Ma`lumki, Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng yoyilgan va asosiy
din zardushtiylik edi. Bu ta`limotning asoschisi Zaradushtra va uning faoliyati, bu dinning
muqaddas kitobi “Avesto” va paydo bo’lgan hudud haqidagi masalalar ham Hozirgi kunda
Ko’pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi. Umuman olganda, Zaradushtraning
Vatani Markaziy Osiyo deb hisoblovchi olimlar Ko’pchilikni tashkil o’tdi.
Ma`lumotlarda islomda “Qur’on”, nasroniylarda “Bibliya” bo’lganidek “Avesto” -
zardushtiylik dinining matnlari to’plamidir. Zardushtiylik ta`limoti er, suv, Havo va olovni
muqaddas deb Hisoblagan.
“Avesto” kitobi turli xil ma`lumotlarni o’z ichiga oladi. Shu jumladan - qadimgi geografik
tushunchalar - daryolar, tog’lar, ko’llar nomlari, hududiy etnik qabilalar va viloyatlar nomlari,
qadimgi mamlakatlarning ro’yxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar haqida, siyosiy tuzum,
diniy nasiHatlar, zardushtiylar falsafasi, dunyo tarixi rivojlanishi haqida qimmatli ma`lumotlar
beradi.
Tarixdan ma`lumki, zardo’shtiylik miloddan oldingi VII-asrdan, milodning VII asrigacha
qariyb ming yil Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o’lkalarda diniy e`tiqod sifatida
yashadi.
Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Zardo’sht Markaziy Osiyo hududida faoliyat
ko’rsatgan ilohiyotchi faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan. Zardo’sht zardo’shtiylik
dinining payg’ambari sifatida tan olingan va e`tirof etilgan bo’lib, uning ta`limoti Markaziy Osiyo
xalqlari tarixida va ma`naviy madaniyatida ulkan rol O’ynadi.
I.A.Karimov bu Haqda Shunday dedi: “Eng mO’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz
“Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki
daryo oralig’ida, manashu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga
qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim O’lkada buyuk davlat,
buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvoh lik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech
kim inkor etolmaydi”.
"Avesto"ning paydo bo’lgan davri apxeologik davrlashtirish bo’yicha so'ngi bronza va temir
davriga to'g'ri keladi (mil-av IX-VII asrlar). Marziy Osiyoda shu davr yaz 1 va unga to'rdosh
bo’lgach Chust, Kuchuktepa va Tillatepa madaniyatlariga tarqalgan. Ular moddiy madaniyati
namunalarining "Avesto"da keltiriladigan ma'lumotlar bilan mos kelshi Ko’plab avestoshunos va
arxeolog tadqiqotchilari tomonidan qayd etilgan.
O'rta Osiyo hududlarida davrida "nom"tipidagi shaxar-davlatlar paydo bo’lganligi Oltintepa dashtli
Jarqo'rg'on yodgorliklari misolida kuzatilsa, so'nggi bironza va ilk temir davrida esa "nom" tipidagi
xududiy davlatlarining kakilanish jaroyonlari kechgan. hududiy avlodlar bir yoki bir necha kichik
daryolar bo'zanlari xududlarini birlashtirib, markaziy shahar va shu shaxar atrofida jamlangan
qishloqlar majmuasidan iborat bo’lgan.
"Avesto" paydo bo’lgan paytda, ya'ni Yaz 1 davrida O'rta Osiyo hududlarida ilk marotaba mudofaa
devorlari bilan o'ralgan arklar paydo bo’lgan bo’lsa (Yaztepa, Kuchuktepa, Tillatepa, Qiziltepa va
boshqalar), "Avesto"da jamiyatning siyosiy va huquqiy masalalari to'g'risidagi ma'lumotlarni topish
mumkin. Jumladan, Mitraga ibodat qilganda, sig'inganda unga boy yoki kambag'al odamlarning
farqi yo'qligiga ishora etilganligini o'qishimiz mumkim:
Do'stlaringiz bilan baham: |