R E J A:
1. Orta Osiyoda mezolit davri va makonlari.
28
2. O’rta Osiyoda neolit davri va makonlari
Insoniyat tarixiy taraqqiyotida Mezolit deb atalmish davr o'ziga xo sbir davr xisoblanadi.
«Mezolit» Yunoncha so'z bo’lib, «mezos» - «o'rta», «litos» - «tosh» birikmalaridan tashkil topgan
va «o'rta tosh» davri manosini anglatadi. Bu davr olimlarning xulosalariga ko’ra bundan 12-10
ming yillar ilgari boshlanib 7-5 ming yillikkacha davom etgan, mezolit davrida Markaziy Osiyo
iqlimiissiqlasha borgan, yog'ingarchilik Ko’p bo’lgan, daryo bo’ylari va botqoqliklarida to'qay va
o'rmonlar vujudga kelib, o'simliklar va hayvonot dunyosi asta-sekin hozirgi zamon hayvonlari va
o'simliklari qiyofasini ola boshlagan. O'rmonlarda Buxoro bug'ulari, los, ayiq, to'ng'iz, cho'l va
adirlarda esa sayg'oq, qulon, ot, ho'kiz to'dalari yurardi. Bu davrda ovchilik hayot manbai
xisoblanar edi. Bu borada o'q-yoyning kashf etilishi katta aham iyat kasb o’tdi. O'q-yoy inson kashf
etgan birinchi mexanizmidir. O'q-yoy odamning tabiat kuchlariga qarshi kurashda buyuk burulish
bosqichi bo’ldi, ovchilik endi yangicha mazmun kasb o’tdi va uning Yangi usullari pay do bo’ldi.
Ovdn keladigan daromad manbai Ko’paydi, ovdan qo'lga kiritilgan hayvonlarning istemoldan
ortiqchasi qo'lga o'rgatila boshlandi. Inson qo'liga o’rgangan va u bilan do'stlashgan dastlabki
hayvon itdir. It bilan bir vaqtda odamlar bug'uni ham qo'lga o'rgatganliklari arxeologiyaga oida
manbalarda qayd etiladi.
Mezolit davrining o'ziga hos yana bir xususiyati shuki, bu davrda ovchilikning aham iyati
oshishi bilan birga termachilikning o'rni ham ortdi. Bu davr termachiligi qadimgi tosh davri
termachiligidan keskin farq qilar edi. Bu davrda endi odamlar o'simliklarni ildizi bilan birga
istemol qilmasdan, balki ularni saralab shirin va mazali o'simliklarni istemol qilishni o’rgandilar.
Bu hoi odam tanasining sifat jixatidan tozalanishi va kamol topishiga, inson aqli va tafakkurining
o'sib rivojlanishiga ijobiy tasir ko'rsatdi. Termachilik bilan asosan ayollar shug'ullanardilar.
Mezolit davrida Markaziy Osiyoning deyarli barcha tumanlari xususan ikki daryo oralig'i aholi
yashashi uchun juda qulay imkoniyatlarga ega joylar bo’lgan. Farg'ona vodiysining tog'li va tog'
oldi tumanlarida, Markaziy Farg'onaga vujudga kelgan katta va kichik ko'llar bo’ylarida mezolit
davri ajdodlarining juda qo'plab manzilhoxlari topildi. Olim U.islomov va uning ham kasblari bu
xududda 1970-1980 yillarida keng miqyosda arxeologiyaga oid qidiruv ishlarini olib bordilar va
So'x yaqinida Obishir nomi bilan aholi o'rtasida malum bo’lgan ungurlarda mezolit davri
jamolarining qarorgohlarini kashf etdilar. Bu joylar hozir tarix fanimizda Obishir - 1 va Obishir - 2
nomlari Bilan ataladi. Ayniqsa Markaziy Farg'onada 100 dan ortiq mezolit davri yodgorliklari
topildi. Ularning asosiy qismi qadimgi ko'l yoqalarida joylashgandir.
Mezolit asriga oida boshqa guruh yodgoliklari Toshkentning Sariqamish tumanida qadimgi
Bo'zsuv havzasida ham topildi. Bunda ham arxeolog olim U.Islomov olib borgan ilmiy qidiruv
ishlari o'z natijalarini berdi. Bulardan tashqari O'zbekistonning Surxandaryo viloyati Ayritom,
Kataqo'rg'on, Zaranchuk-gut, Dukanxona, Eski Termiz, Podaxona, Oqtosh, Ko'xitongning Machay
soyi ustida qad ko'targan qoya ostidagi g'orda ham mezolit davriga oid arxeologiyaga doir
malumotlar topib o’rganildi.
1970-1971 yillarda Machay g'orini tekshirgan olim U.Islomovning fikricha, machayliklar
shoxli mayda hayvonlar xonakilashtirganlar. Bu g'ordan topilgan malumotlar ushbu yodgorlikning
mezolit davrining eng so'nggi bosqichi va ilk neolit (yangi tosh) davriga tegishli ekanligini
tasdiqlamoqda.
Mezolit davri odamlarining diniy tasavvurlari haqida Qayla, Tutkaul, va Machay
qabristonlaridan topilgan yodgorliklar malumot beradi. Har uchchala qabriston ham mezolit
davrining so'nggi bosqichi - ilk neolit davriga to'g'ri keladi. Qayla g'ori yaqinidagi qabristonda tana
suyaklari chalqanchasiga yotqizilgan bo’lib, oyoqlari bir oz bukilgan. Dafina ustiga qizil rang
(oxra) sepilgan. Ularning yon verida dengiz chig'anoqlaridan qilingan taqinchoqlar, bosh tomonda
esa mayda toshmunchoqlar terib qo'yilgan. Tutkaulda 4 ta, Machayda 7 ta qabr qoldiqlari
ochilaganda ularda ham xudi shu xolat kuzatilgan.
Mezolit davri odamlar tasavvurida «narigi» dunyoga ishonish, olovga talpinish aloxida aham
iyat kasb etgan. Buni Qayla qabristonidan topilgan mayitga sepilgan qizil rang bo’yog'i isbotlaydi.
29
Ibtidoiy rassomlar odamlarning tabiat kuchlariga munosabatlarini, dunyoqarashlarini qoyalarga
chizilgan rangli suratlari orqali ifodalaganlar. Shu xildagi
Xullas Zarautsoy qoya suratlari mezolit davri rassomlarining dunyoqarash doirasini, ularning
diniy tasavvurlarini, o'sha davr mafkurasi darajasini tasviriy sanatda qay darajada aks ettira
olganliklari haqida fikr yuritish uchu nasos bo’ladi.
Insoniyat o'z taraqqiyot yo’lida mezolit davridan so'ng Neolit deb atalmish davrni ham o'tkazdi.
«Neolit» Yunoncha so'z bo’lib, «neo» - yangi va «lit» tosh, yani «yangi tosh» davri degan manoni
anglatadi. Neolit davri mehnat qurollariga ishlov berishda silliqlash, pardozlash, zarralash va
parmalash usullarining ixtiro etilishi etiborga loyiqdir. Bu narsa ibtidoiy ishlab chiqaruvchi
kuchlarining oldingi davrlarga nisbatan tezroq rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Yangi mehnat
qurollari: toshboltalar, ponalar, tosh-teshalar, iskanalar paydo bo’ldi. Shu boisdan Ovro'pa olimlari
hatto neolit davrini «boltalar asri» deb atashni ham taklif etgan edilar. Toshboltalar daraxt
kesishda uy qurilishi ishlarida ovchilikda o'zining tengi yo'q mehnat quroli ekanligini isbotladi.
Mehnat qurollari ancha takomillashgan neolit davriga kelib odamlarning yuqori paleolit,
ayniqsa mezolit davridagi singari daydi xayot kechirishlariga zaruriyat qolmadi. Ular g'troq xayot
kechirishga o'tdilar. Bu davrga kelib doimiy yerto'lalar, kulbalar qurish, loydan, guvaladan uylar
solish, qishloqlar barpo etish neolit davri odamining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib bordi.
Ana shu tariqa doimiy g'troqlik xo'jaligi vujudga keldi. Bu hoi dehqonchilikning kelib chiqishiga,
cho'lli mintaqalarda, azim daryo va ko'l bo’ylarida o'troq ovchilik xo'jaligining qaror topishiga
sabab bo’ldi, chorvachilik qaror topdi.
Yangi tosh davri jamoalari hayotida pay do bo’lgan yana bir yangilik - bu bo’lajak
hunarmandchilik ho'jaligining muhim tarmog'i xisoblangan sopol buyumlar (keramika) ishlab
chiqarishning kashf etilishi bo’ldi. Insoniyat hayotida kata voqea bo’lgan bu yangilikka asoslanib
ayrim arxeologlar, hatto neolit davrini «sopol asri» deb atashni ilgari surganlar.
Neolit davri kashfiyotlaridan yana biri xunarmandchilikning vujudga kelishidir. Endi ibtidoiy
odamlar faqar hayvon terilaridan yasalgan kiyim -kechaklarnigina emas, balki uning junidan ham
da o'simliklar tolasidan to'qilgan matolardan kiyim-kechaklar tikib kiyadigan bo’ldilar. Bu davrda
jamoada hali ibtidoiy urug'chilik «kommunasi» xukmron bo’lib, ona urug'i davom etar edi. Shu
boisdan dunyo olimlari neolit darini matriarxat urug'chilik tartiblarining gullagan davri, deb baho
beradilar.
Bu davrda matriarxat urug' jamoasining guruhli nikoh doirasida juft oila qurish vujudga keldi.
Ayollar tug'ilgan farzandlarining otalaridan o'z urug' jamoasi manfaatiga ishlab berishni talab
qiladigan bo’ldilar. Ana shu tariqa ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki ko'rinishlari
shakllandi. Endi ayollar o'zlari uchun aniq sherik tanlab, jinsiy aloqalar asosan ana shu doimiy
sheriklar Bilan amalga oshiriladigan bo’ldi. Bu oilada ayolning huquqi cheklanmagan bo’lib,
erkaklar ularga qaram bo’lganlar. Markaziy Osiyo hududlarida xo'jalik miloddan oldingi 5 ming
yillikning boshlariga kelib ikki yo'nalishda rivojlanib borgan. Jumladan, Turkmanistonning
Kopedtog' etaklarida qabilalar madaniy o'simliklarni o'stirishga o'ta boshlaganlar. Markaziy
Osiyoning Shimoliy dasht va cho'l xududlarida yashagan qabilalar esa ovchilik va baliqchilik
bilan shug'ullanganlar. Dehqonchilik uchun juda kulayliklarga boy hududlardan biri Ashgabatdan
40 km lar cham asi Shimoli-g'arbda joylashgan, turkmanlar Chaqmoqli deb atagan joy edi. Bu
yeming - «Chaqmoqli» deb atalishining boisi Shundaki, turkman cho'ponlari bu joydan
chaqmoqtosh terishar ekan. Chaqmoqli asli o'z atrofidan baland bo’lib, uning ustini 2-3 metrli
ko'chma qum bosgan. 1952 yilda olib borilgan arxeologiyaga oid ishlar chaqmoqli tepaligi neolit
davri dehqon jamoalarining qarorgohi ekanligini aniqlashga yordam berdi. 1956-1957 yillardan
etiboran arxeolog V. M. Masson olib borgan bu yerdagi izlanishlar tarix va arxeologiya fani vchvn
katta natijalar berdi. Bu yerda guvaladan yasalgan bir xonali, devor osti uchog'i va markazida
sandal kuldoni - chuqurchali kulbalar topildi. Uning devorlari somonli loy bilan shuvalgan, hatto
guvalaga somon ham qorishtirilganligi aniqlandi. Xonaning to'rt tomoni supali bo’li6, u yotish va
dam olish uchun mo'ljallangan. Xonalar orasida tor yo’laklar bor. Bu yo’lak va xonalardan nami
yuqorida tima olingan chaqmoq toshdan ishlangan yuzla6 tosh qurollar topib o’rganildi.
30
Chaqmoqtoshlar sochilib yotgan joy keng taqir joy bo’lib, unda bahorgi yomg'irdan so'ng ko'lmak
suvi to'plangan. Oydin kechada ko'lmak suvi qop-qora bo’lib ko'ringani uchun turkman
cho'ponlari bu joyni «joyi tun», yatni qorong'i joy deb nomlaganlar. Ana shu tariqa bu joy fan
olamiga «Joyi tun madaniyati» nomi. bilan kirdi. Joyi tun (Joytun) madaniyatini o’rganish
chog'ida bu yerda juda ko’plab mehnat qurollari - qistirma o'roq pichoq suyakdan ishlangan igna,
bigiz va boshqa anjomlar topildi. Joytunni o’rganish jarayonida uning atrof tumanlarida ham
arxeologiyaga oid qidiruv ishlari yo’lga qo'uyildi. Natijada Joytun madaniyatiga doir o'nlab neolit
jamoalarining qarorgohlari (Nayzatepa, Vami, Chupontepa va boshqalar) ochildi va o’rganildi. Bu
yer aholisi dehq.onchilik, chorvachilik bilan ham shug'ullanganlar. Chorva hayvonlari: qoramol, qo'y
va echkilarning suyak qoldiqlari Joytun va shu madaniyatga daxldor bo’lgan barcha
yodgorliklardan topilgan. Joytun madaniyatining yoshi olimlarniyu hisob-kitoblariga ko’ra,
bundan 7-8 ming yil burun o'tgan, yatni uning yoshi miloddan awalgi VI- V ming yilliklar bilan
o'lchanadi. Bulardan tashqari, akademik olim S. P. Tolstov tomonidan qadimgi Xorazm yerlarida,
Amudaryoning quyi havzasida «Kaltaminor madaniyati» nomi bilan tarixga kirgan, madaniyat
yodgorligi topildi. Bu madaniyat Xorazm hududidagi Jonbosqala nomi bilan matlum bo’lgan 4 ta
makonii tekshirish orqali aniqlandi va o'sha makon yaqinidagi joy nomi bilan Kaltaminor
madaniyati nomini oldi. Bu milodimizdan ilgarigi IU-111 ming yillikda yashagan ovchilar va
baliqchilar jamoasi madaniyatidir. Kaltaminorliklar sopol buyumlar ishlab chiqarishda ham ustasi
farang bo’lganlar. Xo'jalikning uchinchi tarmog'i termachilik bo’lgan. Buni manzilgohdan topilgan
jiyda urug'lari tasdiqlaydi.
Neolit davri madaniyati topilmalari Vatanimizning Zarafshon
J
_Qashqadaryo vohalari va
boshqa hududlarda ham mavjud va ular olimlar tomonidan o’rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |