62
YAKUNIY XULOSA
Mamlakatimiz yanada ravnaq topishi uchun yetuk va barkamol kadrlarni
yetishtirib berish, ularda Vataniga, xalqiga, Prezidentiga sadoqat, yuksak
ma’naviy, madaniy hamda insoniylik fazilatlarini kamol toptirish, mamalakat
qudratini oshirish, fuqarolar osoyishtaligini kafolatlashga xizmat qiladi. Bunday
tarbiyani berishda vatanparvarlik g’oyasi muhim o’rin tutadi.
Zamonaviy yoshlar buyuk ma’naviyat va sharqona komillik an’analarining
vorislaridir. Ularni mustaqillik g’oyalari asosida sog’lom turmush tarzini
shakllantirish va rivojlantirish komil inson konsepsiyasida katta ahamiyatga ega.
Bo’lg’usi pedagogning kasbiy-insoniylik tayyorgarligini amalga oshirishning
pedagogik yo’llari turli-tuman bo’lib, ayniqsa, bu borada o’zbek xalq
ma’naviyatini jahon madaniyatining yuqori cho’qqilariga ko’targan, o’tkir did,
yuksak insoniylik va salohiyat sohiblari bo’lgan Imom al-Buxoriy, Abu Iso at-
Termiziy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos
Xojib, Ahmad Yassaviy, Xoja Baxovuddin Naqshband, Mirzo Ulug’bek, Alisher
Navoiy, Ahmad Donish, Amir Temur va boshqalarning qomusiy ta’limotga oid
boy ma’naviy merosini o’rganmay turib, hozirgi davrda milliy qadriyatlarni,
xususan, yoshlarning ma’naviy murabbiylari bo’lgan – pedagoglarni tayyorlash
mumkin emas. Chunki, bir tomondan, ular o’zligini, xalqning o’tmish merosini va
tarixini bilmas ekanlar, huquqiy ma’naviyatlari kemtik, rivojlari sust bo’ladi.
Ikkinchi tomondan, ulug’ mutafakkirlarimizning madaniyat va ma’naviyatimizni
belgilab beruvchi, qadriyatlarimizga asos bo’la oluvchi boy merosining har biri,
insonning chinakkam inson bo’lib, mehr-muhabbatlik, g’amxo’rlik, adolatlik,
xurmatlilik, sahovatlik, ezgulik, beg’arazlik, ishonchlilik va talabchanlik kabi
yuksak insoniy sifatlar sohibi bo’lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada Xayrullayeva Dilfuza G’ulomovnaning “Boshlang’ich sinf
o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv” mavzusida
yozgan bitiruv malakaviy ishi boshlang`ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda
63
tarbiyalashda yangicha yondoshuvlar belgilab berishi bugungi kundagi ahamiyati
va mazmuni o’ziga xos xsusiyatlari bilan alohida axamiyatga ega.
Bitiruvchi Xayrullayeva Dilfuza G’ulomovna bitiruv malakaviy ish rejasini
to’g’ri rejalashtirib olgan u ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan
iborat.
Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna bitiruv malakaviy ishini birinchi
bobida “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan
foydalanishning ilmiy asoslari” deb nomlanib unda Sharq mutafakkirlarining
pedagogik qarashlarida «Barkamol avlod» tarbiyasi to’g’risidagi pedagogik
qarashlari, pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan
foydalanishning bugungi kunda jamiyat taraqqiyotidagi o’rni yoshlarning
ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish pedagogik muammolar, yoshlarning
ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishning mazmuni va mohiyati belgilab
berilgan.
Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna yozgan bitiruv malakaviy ishining
ikkinchi bobida “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan
foydalanish yollari” deb nomlanib unda pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy
olimlar ilmiy merosidan foydalanishda pedagogik texnologiyalarni qo’llash
yo’llari, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy madaniyatini va huquqiy madaniyatini
yanada rivojlantirishda uzluksizlik va tizimlilik, yo’llarini aniq belgilab, bitiruv
ishida bayon qilgan.
Darsdan tashqari fanga oid tarbiyaviy ishlarni tashkil tashkil etishda boy milliy
qadriyatlarimiz va milliy istiqlol g’oyasini yoshlar ongiga singdirish bu borada
avlod-ajdodlarimiz yaratgan, milliy ma’naviy meroslarimizdan keng foydalanish
yo’llarni belgilab, nazariy asoslab bergan.
Bitiruv malakaviy ishini yozishda Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna o’z
tatqiqot ishida , kollejlarda tarbiyaviy tadbirlar, suhbatlarni tashkil etish, bu borada
guruh rahbarining o’rni, pedagogik mahorati, maktab jamoasi va o’qituvchilar
jamoasi bilan olib boradigan ishlarini tahlil o’rgangan va tarbiyaviy tadbirlarni
64
tashkil qilish va uni ta’sirchanligini oshirish uchun ayrim tarbiyaviy tadbirlarni
ishlanmalarini o’quvchilarga o’tib natijalari tahlil etilgan.
Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna xulosa qismida esa mavzuni nima
maqsadda o’rganilishi va uni hayotga tadbiq etish borasida to’xtalib o’tgan
malakaviy bitruv ishining mavzusi yaxshi yoritilgan.
Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna “Pedagogika fanlarini o’qitishda
qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yo’llari”mavzusida bakalavr
akademik daradjasini olish uchun yozgan bitiruv malakaviy ishi O’zbekiston
Respublikasi OAK tomonidan «Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish tugrisida»gi
Nizomida quyilgan talablarga javob beradi, uning muallifi esa bakalavr darajasini
olishga loyiq.
Do'stlaringiz bilan baham: