Abdujabbor muhammadiyev


 -rasm . Jamiyatda  axborotlar  sonining  o'sib  borishi



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/417
Sana06.07.2021
Hajmi6,82 Mb.
#110236
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   417
Bog'liq
Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

5 -rasm . Jamiyatda  axborotlar  sonining  o'sib  borishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


Turli  mamlakatlarda  axborotlashtirish  jarayonlarining  jadal 
rivojlanishi  shunga  olib  keldiki,  axborot  masalalari  huquq  va 
qonun  hujjatlarida  o'z  ifodasini  topa  boshladi.  Ayrim  qonun  hujjat- 
larida  axborotga  ta’rif ham  berib  o'tilgan.  Uning  oshkoralik  prinsi- 
plari,  axborot  olish  imkoniyatlari,  shuningdek  kompyuter  axborot- 
larining  haqiqiyligi  prezumpsiyasi  belgilab  qo'yilgan.  Axborot  olish 
huquqiga  inson  va  fuqaroning  qonunan  qo'riqlanadigan  tabiiy  va 
ajralmas  huquqi  sifatida  qaralgan.
Jumladan,  AQShda  1967  yili  «Axborot  erkinligi  to'g'risida», 
1974  yili -  «Shaxsni  qo'riqlash to'g'risida»  (shaxsiy  ma’lumotlaming 
huquqiy  rejimini  tartibga  soladi)  Qonunlar,  shartli  ravishda  «Huku- 
mat  kun  yorug'ida»  deb  nomlangan  Qonun,  1978  yili  -   «Fosh 
qiluvchilar  to'g'risida»  Qonun  qabul  qilingan.  «Axborot  erasidagi 
huquqlar  to'g'risidagi  qonun  loyihasi»  (1990)  -   AQSH  federal 
hukumatining  axborot olishni  ta’minlash  prinsiplari  haqidagi  hujjati 
bo'lib,  u  federal  hukumatning  barcha  idoralari,  ma’muriyat  va 
xususiy tarmoq  tomonidan  axborotlar sohasidagi  siyosatni  amalga 
oshirishda  qo'llash  uchun  majburiy  hisoblanadi.  Unda  umum  foy- 
dalanadigan  axborotlar milliy  boylik  bo'lib,  ular jamiyat  manfaatlar- 
ida  ko'paytirilishi  va  saqlanishi  lozimligi  e’tirof etilgan.
AQSH Adliya  vazirligi  1978  yili  chop  etgan  jinoyat  kodeksida 
«kompyuter jinoyati»  tushunchasi  uch  toifaga  ajratilgan:
1)  kompyutemi  suiste’mol  qilish  —  foyda  olish  maqsadida 
kompyuterdan  foydalangan  holda  boshqa  shaxslarga  zarar 
yetkazgan  yoki  zarar yetkazishi  mumkin  bo'lgan  qator qilmishlar;
2)  jinoyatni  sodir  etishda  kompyuterdan  to'g'ridan-to'g'ri  no­
qonuniy foydalanish;
3)  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun  kompyuter  texnologi- 
yasini  bilish  talab  etiladigan  har  qanday  noqonuniy  qilmish.
Fransiyaning  1978  yil  6  yanvarda  qabul  qilingan  «Informatika, 
kartotekalar  va  erkinliklar  to‘g‘risida»gi  Qonunida  fuqarolarning 
shaxsiy  axborotlarni  avtomatlashtirilgan  yo'sinda  qayta  ishlash 
sohasidagi  huquqlari  belgilangan.  Haq-huquqlar  mufassal  tartibga 
solingan  va  kafolatlar o'rnatilgan.  Informatika  va  erkinliklar  Milliy 
komissiyasi  davlat  idoralari  va  fuqarolar  shaxsiy  axborotlarga 
avtomatlashtirilgan  yo'sinda  ishlov  berishda  qonun  qoidalariga 
amal  qilishlarini  nazorat  qiladi.  1978  yil  17  iyulda  qabul  qilingan 
«Boshqaruv  organlari  va  jamoatchilik  o'rtasidagi  munosabatlarni
www.ziyouz.com kutubxonasi


yaxshilash  chora-tadbirlari  to'g'risidagi  qonun»da  boshqaruv  huj- 
jatlaridan  (dosye,  dokladlar,  tadqiqotlar,  bayonnomalar,  statistik 
materiallar,  farmoyishlar,  yo'riqnomalar  va  boshqalardan)  foy- 
dalanishning  huquqiy  tartibi  o'rnatilgan.
70-  yillarda  G'arbiy  Yevropaning  ko'pgina  mamlakatlarida  va 
AQShda  axborotlarni  muhofaza  qilish  to'g'risida  qonunlar  qabul 
qilindi.  Shu  bilan  bir  vaqtda,  xalqaro  axborot  huquqining  tegishli 
normalari  ham  yaratildi.  1985-yili  Kanadada  «Axborot  olish 
to'g'risida»  Qonun  qabul  qilindi.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish