Abdujabbor muhammadiyev


partiyalarni  ham,  mahalliy  o'zini  o'zi  boshqarish  organlarini  ham



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/417
Sana06.07.2021
Hajmi6,82 Mb.
#110236
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   417
Bog'liq
Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)


partiyalarni  ham,  mahalliy  o'zini  o'zi  boshqarish  organlarini  ham 
qamrab  olishi  lozim.
Iqtisodiy  axborot  jamiyatda  sodir  bo'luvchi  ishlab  chiqarish, 
taqsimlash  va  iste’mol  qilish  jarayonlarini  aks  ettiradi.  Bozor  iqti- 
sodiyotining  asosiy tushunchalaridan  biri  — narx  iqtisodiy jarayon- 
larning  ahvoli  haqidagi  axborotlaming  tarqatuvchisi  hisoblanadi. 
Biznesning  axborotlashtirilishi  natijasida  bugungi  kunda  bitimlar 
kompyuter tarmoqlarida  tuzilayotir.
Mazkur axborot tunning  qonuniy ta’rifi  zarurdir.  Iqtisodiy  axborot
-   bu  iqtisodiy  jarayonlar  va  munosabatlarni  aks  ettiruvchi 
ma’lumotlar  majmuidir;  u  moliyaviy  siyosat,  pul-kredit  siyosati, 
bozor  iqtisodiyoti  tuzilmalarining  vujudga  kelishi,  xususiylashtirish, 
yer  islohotining  borishi,  monopoliyadan  chiqarishning  darajasi, 
bankrotliklar soni  va  shu  kabilami  tavsiflovchi  yig'ma  ko'rsatkichlar 
ko'rinishida  taqdim  etiladi.
Ko'chmas  mulk  haqidagi  axborotlar  ham  iqtisodiy  axborotlar 
jumlasiga  kiradi.  «Ko'chmas  mulkka  egalik  huquqi  va  ko'chmas 
mulkka  doir  bitimlarni  davlat  ro'yxatidan  o'tkazish  to'g'risida»gi 
qonunga  muvofiq  ko'chmas  mulkning  davlat  ro'yxatidan 
o'tkazilganligi  ko'chmas  mulkka  egalik  huquqi  mavjudligining  yag­
ona  dalili  hisoblanadi.  Ro'yxatga  olingan  ko'chmas  mulkka  egalik 
huquqi  ustidan  berilgan  shikoyatlar faqat  sud  tartibida  hal  qilinishi 
mumkin.
Shaxsiy  hayotga  doir  axborotlar.  «Shaxsiy  hayot»  atamasi
www.ziyouz.com kutubxonasi


fuqarolik jamiyati  konsepsiyasidan  kelib  chiqadi.  Shaxsning  shax­
siy  hayoti  haqidagi  axborotlar  tushunchasi  O'zbekiston  Respubli­
kasi  Konstitutsiyasining  27-moddasida  belgilangan  bo'lib,  unga 
muvofiq  hech  kim  qonun  nazarda  tutgan  hollardan  va  tartibdan 
tashqari  birovning  turar  joyiga  kirishi,  tintuv  o'tkazishi  yoki  uni 
ko'zdan  kechirishi,  yozishmalar  va  telefonda  so'zlashuvlar  sirini 
oshkor  qilishi  mumkin  emas.
«Shaxsiy  hayot»  tushunchasi  insonning  davlat,  jamoat  tashki- 
lotlari  va  fuqarolar tomonidan  nazorat qilinishi  mumkin  bo'lmagan 
alohida  oilaviy,  maishiy,  shaxsiy va  intim  munosabatlar sohasidagi 
turmush  faoliyati  sifatida  talqin  qilinadi.  U  insonning  kasbiy,  yu­
ridik,  tibbiy,  pedagogik  va  boshqa  sohalardagi  faoliyatiga  bog'liq 
bo'ladi.  Bu  yerda  kasbiy,  tibbiy  sir,  advokatlik,  tergov  sirlari 
tushunchalari  qo'llaniladi.
«Shaxsiy  hayot  haqidagi  axborotlar»  tushunchasi  tarkibiga  fu­
qarolar  haqidagi  axborotlar  («shaxsiy  ma’lumotlar»)  ham  kiradi.
Ilmiy-texnik  axborotlar.  Ilmiy-texnik  axborotlar -   bu  ilmiy-tad- 
qiqot,  tajriba-konstruktorlik,  loyihalash-texnologiya,  ishlab  chiqar- 
ish  va  ijtimoiy  faoliyat jarayonida  qo'lga  kiritilgan  mahalliy va  chet 
el  fan,  texnika  va  ishlab  chiqarish  yutuqlari  haqidagi  ommaviy 
e’lon  qilingan  ma’lumotlardir.  Mazkur axborotlar  intellektual  ijodiy 
mehnatning  mahsuli  bo'lib,  intellektual  mulkiy  huquqning  obyektini 
tashkil  etadi.
Hujjatlashtirilgan  axborot  —  moddiy  tarqatuvchida  ramzlar, 
harflar  va  raqamlar  ko'rinishida  qayd  etilgan,  rasmiy  rekvizitlarga 
ega  bo'lgan  axborotlardir.  Hujjatlashtirilgan  axborotlar jumlasiga 
yuridik  hujjatlar,  sud  qarorlari,  statistik  ma’lumotlar,  ishlab  chiqar­
ish,  siyosiy,  yuridik  va  boshqa  faoliyat  jarayonida  yaratiladigan 
axborotlar  kiradi.
Mashinada  o'qiladigan  hujjatlar  hujjatlashtirilgan  axborotning 
alohida  turini  tashkil  etadi.  Ular  EHM  xotirasiga  joylashtirilgan 
bo'lib,  dasturiy-apparat  majmui  yordamida  o'qiladi  va  oddiy  hujjat­
lar  qatori  yuridik  kuchga  ega  bo'ladi.
Xizmat  va  tijorat  axborotlari  (sirlari).  O'zbekiston  Respublikasi 
FK  98-moddasida  xizmat va  tijorat  axborotlari  (sirlari)ga  shunday 
ta’rif  berilgan:  «Fuqarolik  qonun  hujjatlari  xizmat  yoki  tijorat  siri 
bo'lgan  axborotni,  basharti axborot uchinchi shaxslarga  noma’lumligi 
sababli  haqiqiy  yoki  nisbiy  tijorat  qimmatiga  ega  bo'lgan,  qonun 
yo'li  bilan  undan  erkin  bahramand  bo'lish  mumkin  bo'lmagan
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish