—
chizm
a.
A
n
g
r
e
n
-O
lm
a
li
q
t
o
g
'—
ko
n
san
o
a
ti
hu
dud
iy
ishl
ab
chiq
aris
h
m
ajmuasin
ing
ta
rm
o
q
la
r
ta
rk
ib
i
www.ziyouz.com kutubxonasi
Energiya ishlab chiqarish sikli tasvirini daraxt shaklida. tassavur
qilish qulay. Bunda daraxt tanasi asosiy ishlab chiqarish jarayoni, uning
shox va shoxchalari esa ushbu jarayon atrofidagi texnologik jihatdan
aloqador ishlab chiqarish korxonalarini anglatadi. Shu nuqtai nazardan
energiya ishlab chiqarish sikllari IIICHM va iqtisodiy rayonlar ichki
tuzilishini, tarkibini tahlil etishda aniq va samarali usul 'bo'lib xizmat
qiladi. Bundan tashqari, mazkur siklning ekologik ahamiyati ham beqiyos,
chunki
u
mohiyatan
chiqindisiz,
uzluksiz texnologik jarayonga
(zanjirlarga) asoslangan.
HICHMIar iqtisodiy geografiyaning eng muhim tadqiqot obyektidir.
Ammo, ma'lumki, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya faqatgina iqtisodiy
qismdan iborat emas. Shu bois, hududiy majmualar nafaqat iqtisodiy, ya'ni
ishlab chiqarish geografiyasida, balki ijtimoiy-iqtisodiy, sotsial va siyosiy
geografiyada ham mavjud.
Ijtimoiy-iqtisodiy
majmualarga
shahar
yoki
shahar
aglomeratsiyalarini, hududiy sotsial majmualarga esa kichik aholi
punktlari, turli kasb yoki millat vakillari yashaydigan hududiy birlik,
maishiy xizmat ko'rsatish kombinatlari, mahalla va hokazolarni kiritish
mumkin. Tabiiyki, ularning faoliyat doirasi, chegarasi har xil.
Yuqoridagi uch turdagi hududiy majmualar birligi umumiy yoki
hududiy ijtimoiy tizimlafhi (majmualarni) shakllantiradi. Bu esa ijtimoiy
geografiyaning obyekti hisoblanadiki, unga ko'rilganlardan tashqari
siyosiy geografik (hududiy-siyosiy), geosiyosiy birliklar kiradi. Shunday
qilib, ijtimoiy geografiyaning asosiy tarkibiy qismlariga muvofiq ravishda
turli xil hududiy majmualami ko'rsatish muinkin. Fanmng bosh
maslalaridan biri ana shu turli funksional turdagi va yiriklikdagi
majmualarning shakllanish va fivojlanish qonuniyatlarini, ularning o'zaro
hududiy munosabatlarini keng va chuqur o'rganishdan iborat. Bu esa
ma'lum maqsadga yo'naltirilgan dasturga yondashuv bo'lib, u tizim-tarkib,
muammo-majmua uslubiga to'g'ri keladi va bunday mukammal hududiy
birikmalarni boshqarishda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Xuddi shu ma'noda hududiy majmualar ishlab chiqarishni hududiy
tashkil etishning eng samarali shakli hisoblanadi. Chunki korxonajjarni
alohida-alohida, tarqoq joylashtirgandan ko'ra ulami bir-biriga yaqin
qurish katta samara beradi. Bunda har bir korxona uchun emas, balki
ularning barchasiga yagona infrastruktura tizimi-yo'l, yer osti va yer usti
qurilmalari, suv, elektr energiya va boshqa shaxobchalar quriladi, natijada
anchagina (taxminan 40 foizgacha) kapital mablag' tejaladi. Ana shunday
masofa transport harajatlarini kamaytirish hamda korxonalarning o'zaro
69
www.ziyouz.com kutubxonasi
faoliyat ko'rsatishi tufayli yuzaga kelgan samaradorlikni iqtisodiy
geografik samaradorlik deb ta'riflash to'g'ri bo'Iadi.
Masalan, paxta tozalash zavodlari, odatda, paxta yetishtiruvchi
rayonlarda quriladi. Agar ularga yaqin joyda yog' zavodi qurilsa, yana ayni
muddao bo'ladi, ushbu korxonalar chiqindilari asosida esa chorvachilik
fermalarini ham rivojlantirsa bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, bir hududda ishlab
chiqarishning qator korxona yoki tarmoqlari mavjud: paxta dalalari, paxta
tozalash va yog' zavodlari, chorva fermasi. Ularning barchasi uchun
yagona infrastruktura va aholi joylashuv tizimlari xizmat qiladi.
Yana boshqa bir misol: sho'x oqar tog' daryosiga GES qurildi, deb
faraz qilaylik. GES, ya'ni arzon elektr energiya asosida arzon energiya
talab "jumladan alyuminiy zavodi tashkil etiladi, uning negizida esa kabel
yoki elektr-texnika mashinasozligi, radio va priborsozlik rivojlanib borish
uchun qulay imkoniyat yaratiladi. Bulardan tashqari, suv ombori pastki
hududlarni sug orishda, uning atroft sport, dam olish (rekreatsiya)
zonalarini barpo qilishda ahamiyatli bo'ladi. Ko'rib turibsizki, bir hududda
ishlab chiqarishning qator tarmoqlari mavjud.
' Yuqoridagi misollardan ayon bo'lishicha, hududiy ishlab chiqarish
majmualari ma'lum bir joyda ishlab chiqarish korxona va tarmoqlarini
yagona infrastruktura hamda aholi joylashuvi va tizimlari asosida barpo
etish va ularni o'zaro uyg'unlashtirilgan holda rivojlantirishni anglatadi.
Shu ma'noda ular, shubhasiz, iqtisodiy geografiya fanining eng katta
yutug'idir.
Hududiy majmualar faqat iqtisodiyotgina
emas, balki noishlab
chiqarishda, jumladan, aholiga xizmat ko'rsatish sohalarini hududiy tashkil
etishda ham bor. Chunonchi, tibbiyot, maishiy xizmat ko'rsatish, savdo
majmualari (komplekslari) shular jumlasidandir. Masalan, korxona yonida
dorixona, poliklinika, diagnostika (tashhis) markazi; bolalar uchun bog'cha
va yaslining birgalikda joylashuvi; sartaroshxona, turli xil ta'mirlash
korxonalari, kimyoviy tozalash, hammom va boshqalar bir joyda hududiy
majmua shaklida tashkil etiladi.
Hududiy ishlab chiqarish (va noishlab chiqarish) majmualari
kombinatlashuv jarayoni asosida vujudga keladi. Ma'lumki, ishlab
chiqarishini ijtimoiy va hududiy tashkil etishning bu shaklida bir xom
ashyodan bir necha xil mahsulot yetishtirish yoki bir hududda-joyda turli
korxonalarni qurish mumkin.
Albatta, hududiy majmualarning iqtisodiy samaradorligi ma'lum bir
chegarada yuzaga keladi. Agar bunday
majmualar haddan tashqarii
hududiy vatarkibiy jihatdan kattalashtirilsa, iqtisodiy samaradorlik evaziga
70
www.ziyouz.com kutubxonasi
qator qiyinchiliklar, muamolar vujudga keladi: xom ashyo va mehnat
resurslari yetishmaydi, transport harajatlari ko'paydi, ekologik vaziyat
buziladi,
boshqarish qiyin
bo'ladi
va h.k. Binobarin, hududiy
majmualarning nisbatan kichikroq bo'lgani ma'qul (aksariyat rivojlangan
xorijiy mamlakatlarda xuddi shunday).
Mavzuning yakunida iqtisodiy va ijtirhoiy geografiyaga xos turli
ko'rinishdagi hududiy tushunchalarni ham eslatish ahamiyatidan holi emas.
Bular: hududiy tarkib, hududiy tizim, hududiy majmua, hududiy
birikmadir. Ushbu tushunchalar bir-biriga juda yaqin, ammo ularni o'z
o'rnida ishlatish to'g'riroq bo'ladi. Masalan, hududiy tarkib va huudiy
tizim (sistema) tizim-tarkib qoidasiga muvofiq keladi; har qanday tarkib
undan kattaroq bo'lgan tarkib yoki tizimning bir qismi va ayni vaqtda
o'zidan pastda (ichkarida) turgan hududiy birliklar uchun tizimdir.
Hududiy majmua mohiyatan turli soha yoki korxonalarning ma'lum
bir joydagi- birligi, uyushmasidir. Aynan ana shunday, yagona
infrastruktura tizimi asosida vujudga kelgan hududiy majmualar katta
iqtisodiy va ijtimoiy samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |