Taqrizchilar: - Azimov Sh.A.,
Toshkent moliya instituti dotsenti;
- SamDU iqtisodiy geografiya kafedrasi.
Mas'ul muharrir: prof. Ahmedov E.A.
Muharrir: dots. Qodirov M.
2
www.ziyouz.com kutubxonasi
S o 'z b o s h i
O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va uning
bozor munosabatlariga o'tishi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada ham tub
o zgarishlar bo'lishini talab etadi. Bu borada mazkur fanga tegishli asosiy
ilmiy g'oya va tushunchalar, qonuniyatlar yangi siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy
nuqtayi
nazardan
tahlil etilishi,
rivojlangan
xorijiy
mamlakatiarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni hududiy tashkil qilish va
ularni davlat tomonidan tartibga solib borish sohasida erishilgan ijobiy
tajribalardan samarali foydalanish amaliy ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan iqtisodiy geografiyada, odatdagidek, faqat
xaritani yoki cheksiz raqamlarni yodlab olish kifoya qilmaydi. Aksincha,
ushbu fanga oid hududiy qonuniyatlarni, hodisa va voqealarning sabab-
oqibatini aniqlash, baholash va ularni bashorat etish jamiyatimiz
rivojlanishida faol qatnashish, unda o'ziga munosib o'ringa ega bo'lish
muhimdir.
Iqtisodiyotning rivojlanishi faqat vaqt, ma'lum davrdagina sodir
bo libgina qolmay, shu bilan birga, u muayyan hududda ham o'z ifodasini
topadi. Ayni vaqtda geografiyaning ajoyib va betakror, o'ziga xos
fazilatlari uning tadqiqot ob'ekti va tahlil qamrovining kengayib borishiga
olib kelmoqda. An'anaviy iqtisodiy geografiya iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyaga aylandi, u esa, o 'z navbatida, yanada mukammalroq ijtimoiy
yoki inson, sotsial geografiya maqomini olmoqda. Bu o'rinda sotsial
geografiyaning keng va tor (maxsus) ma'noga ega ekanligini ta'kidlamoq
joiz. Tor ma'nodagi ijtiinoiy geografiya yoki sotsial geografiya iqtisodiy va
ijtimoiy geografiyaning uzviy bir qismi, keng ma'noda esa uning
o'zginasidir. Masalaga bunday yondoshish, shubhasiz, fanning ichki
rivojlanish qonuniyatlariga, integratsion salohiyatiga mos keladi va jahon
andozalariga muvofiq bo' ladi.
Biroq geografik obyektning kengligi ayni paytda uning chuqur
o'rganilishi vatahlil etilishini talab etadi; komplekslik tamoyili maqsad va
vazifa doirasidagi ma'lum bir hodisa yoki voqelik atrofida amalga
oshirilishi zarur. Aks holda geografiya faniga aloqador kamchilik yuz
beradi, o'rganish darajasi past, quruq va sayoz bo'lib qoladi. Bunday
illatlardan xoli bo'lish hozirgi zamon iqtisodiy geografiyasining muhim
vazifasidir.
Milliy iqtisodiy havfsizligini mustahkamlash mamlakatimiz ichki
va tashqi (xalqaro) siyosatini, jahon hamjamiyatida tutgan o'rnini
mukammal bilishni taqozo etadi. Bu esa faqatgina mutaxassis geograflar
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchungina emas, balki barcha barkamol shaxslar uchun ham zarurdir. Zero,
geografiyaning bundan tashqari axboriy, axloqiy, tarbiyaviy, madaniy-
ma'rifiy, jihatlari ham mavjud. Vatanni sevmoq naqadar ulug' bo'lsa, uni
bilish, e'zozlamoq ham shuncha ulug'dir, chunki bilmasdan, o'zimizni
(o'zligimizni) anglamasdan turib Vatanni sevib bo'lmaydi.
Qadimiy va hamisha ravnaqda bo'lib kelgan geografiya fani o 'z
o'rnini va ahamiyatini kengaytirib bormoqda. Jumladan, iqtisodiy va
ijtimoiy geografiyaga doir muammolar O'zbekiston Milliy universitetining
iqtisodiyot, falsafa, tarix jumalistika fakultetlarida, Toshkent Davlat
pedagogika universiteti hamda respublika viloyatlaridagi ko'pgina
universitetlarning barcha fakul'tetlarida o'qitilmoqda.
Ushbu darslikda hozirgi zamon iqtisodiy geografiyasiga tegishli
asosiy masalalar (mavzular) qisqacha, oliy o'quv yurtlari talabalari hamda
o'rta maktab o'qituvchilariga mo'ljallangan holda bayon etilgan. U o'z
maqsad va mohiyatiga ko'ra "Iqtisodiy geografiyaga kirish" vazifasini
bajaradi. O'quv jarayonining keyingi bosqichlarida esa iqtisodiy va
ijtimoiy geografiyaga doir maxsus fanlar o'qiladi va eng so'nggi yarim
yillikda (IV kursda) mazkur fan yanada umumlashtiriladi va unga tegishli
asosiy muamolar o'rganiladi. Demak, "Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
asoslari" va "Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining asosiy muammolari"
ushbu yo'nalishning oliy o'quv yurtidagi muqaddimasi va xotimasi bo'lib
xizmat qiladi.
Albatta, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslarini o'rganish
talabalardan boshqa fanlar, xususan, tabiiy geografiyaga oid bilimlami
mukammal bilishni ham talab qiladi. Bu esa, o 'z navbatida, geografik
bilimlarning yaxlitligini, o'zaro aloqadorligini mustahkamlaydi.
I
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |