«MATEMATIKA VA INFORMATIKA
O’QITISH METODIKASI»
FANINING
MA’RUZA MASHG’ULOTLARINI
O’QITISH TEXNOLOGIYALARI
126
KIRISH
Matematika va informatika o’qitish uslubiyati keng tarmoqli fan bo’lib,
u pedagogika, psixologiya va didaktika bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda muhim
g’oyaviy qurol vazifasini bajaradi. Ushbu fan pedagogika, psixologiya va didaktika
sohalarida mavjud bo’lgan va ta’lim jarayonida o’quvchtilarni intellektual
qobiyalitlarini rivojlantirish uchun matematik bilim,ko’niukma va malakalarni
shakllantirish usullari va matematik ta’limning umumiy qonkiyatlarini va
o’qitishga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususiyatlarini
o’rganishga xizmat qiluvchi qudratli qurol hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» talablaridan
kelib chiqib, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni har tomonlama
takomillashtirishni talab etmoqda.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimini
ikki bosqichli tizimga,ya’ni to’qqiz yillik umumta’lim, hunar-kollejlari va
akademik liseylarida o’qish tizimiga o’tkazish amalga oshirilmoqda.
Hunar-kasb kollejlari yoshlarning ko’prok qismini kasb mehnatiga, ishlab
chiqarish, ta’limdagi va madaniyatdagi faoliyatga tayyorlash vazifalarini amalga
oshirishi zarur. akademik liseylar esa yoshlarldda nazariy va amaliy bilimlarni
chuqurlashtirish va kengaytirish, ularda intellektual faoliyatga qiziqishga
qobiliyatli, kelgusi hayotini oliy o’quv yurtlariga kirish va ilmiy faoliyat bilan
shug’ullanishni maqsad kilib qo’yganlarini tarbiyalab yetishtirishi lozim. Bunday
sharoitlarda zamonaviy ilmiy-uslubiy saviya matematika bo’yicha o’quv-tarbiya
jarayonini tashkil eta oladigan matematika o’qituvchilariga katta ehtiyoj
tug’ilmoqda, ular turli o’quv yurtlarida ularning xususiyatlarini hisobga olgan
holda o’qita oladigan o’qituvchilar ham bo’lishi zarur. Bunda asosiy o’ringa
o’qitishning «Matematikani chuqurlashtirib o’qitish», «Matematik iqtidorlik» kabi
dasturlari chiqmog’i lozim. Shuning uchun universitetlarning mexanika-matematik
fakultetlarida yuqori malakali matematik o’qituvchilari tayyorlashga imkon
beruvchi matematika o’qitish uslublari va nazariyasi fanini o’qitish sifatini oshirish
zamon talabi va juda ham zarur hisoblanadi.
Fanni kiritishdan maqsad talabalarga umumta’lim maktablarida matematika
o’qitish qonuniyatlari va ushbu qonuniyatlardan o’quv jarayonida qo’llanish
usullarini o’rgatish, ularda kelgusi faoliyatlarida nazariy va amaliy jihatdan
pedagogik faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalarni shakllantirish
qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi.
Matematika va informatika o’qitish uslubiyatini o’rganish jarayonida
pedagogika, psixologiya, didaktika, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik
texnologiyalar kabi matematikaning turli tarmoqlari tadqiqot metodlari va
natijalaridan keng foydalaniladi.
127
Do'stlaringiz bilan baham: |