Тошкент фармацевтика институти


Biosferada biosmassaning tarqalishi, moddalarning, energiyaning davriy



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/176
Sana13.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#109838
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   176
Bog'liq
Ekologiya

2.Biosferada biosmassaning tarqalishi, moddalarning, energiyaning davriy 
aylanishining moxiyati va axamiyati. 
Okeanlar  er  yuzining  70  foizini  egallashiga  qaramay,  Er  biosmassasining  0,13  foizini 
xosil  qiladi.  O‗simliklar  maolum  bo‗lgan  organizmlar  turlarining  21  foizini,  Er 
biomassasining 99 foizidan tashkil etadi. Xayvonlar turlari barcha organizmlarning 79 foizini 
qamrab  olganiga  qaramay,  ularning  biomassasidagi  xissasi  1  foizdan  kamroqdir. 
Xayvonlarning    ichida  96  foizi  umirtqasizlardan,  4  foizi  esa  umirtqalilardan  iborat. 
Umirtqaliklarning  esa  faqat  10  foizi  sut  emizuvchilarga  to‗g‗ri  keladi.  Keltirilgan 
mahlumotlar  Erda  yashaydigan  organizmlarning  asosiy  kupchiligi  xali  evalyusiyada  yuqori 
pog‗onaga  ko‗tarilmaganligidan  dalolat  beradi.    Tirik  moddaldar  o‗zining  massasiga  ko‗ra 
o‗lik  moddalarning  faqat  0,001  –  0,02  foizinigina  xosil  etsa  xam,  lekin  biosferaning  asosiy 
funksiyalarini  amalga  oshirishda  eng  muxim  rol  o‗ynaydi.  Tirik  moddalar  biosferaning  eng 
muxim  tarkibiy  qismi  bo‗lib,  geokimyoviy  jarayonlar  natijasida  Erning  boshqa  qobiqlariga 
juda katta taosir ko‗rsatadi.  
 
Quriqlik biomassasi. Quriqlik yuzasining turli qismlarida biomassaning miqdori bir xil 
emas. Qutblardan ekvatorgacha biomassa miqdori va organizmlar turlarining soni tobora ortib 
boradi.  Ayniqsa,  tropik  o‗rmonlarda  o‗simliklar  turlari  juda  ko‗p  bo‗ladi,  zich  va  bir  necha 
yaruslarda  o‗sadi.  Hayvonlar  xam  xar  xil  yaruslarda  joylashadi.  Ekvator  biogeotsenozlarida 
xayot zichligi juda yuqori bo‗ladi Organizmlar o‗rtasida yashash joyi, oziq-ovqat, yorug‗lik, 
kislorod  uchun  kuchli  raqobat  kuzatiladi.  Qktblarda  buning  aksini  kuramiz.  Odamning 
taosirida  biomassa  xosil  bo‗ladigan  maydonlar  keskin  o‗zgarishi  mumkin.  SHuning  uchun 
xam  sanoat  va  qishloq  xo‗jalik  maksadlarida  tibiiy  resursdan  oqilona  foydalanish  zarur. 


Quruqlik  yuzasining  asosiy  qismini  tuproq  biogeotsenozlari  egallaydi.  Tuproqning  hosil 
bo‗lishi  juda  murakkab  jarayon  bo‗lib,  uning  tarkib  topishida  tog‗  jinslari  birlamchi 
axamiyatga  ega.  Tog‗  jinslariga  mikroorganizmlar,  o‗simlik  va  hayvonlarning  taosirida 
Erning  tuproq  qatlami  asta-sekin  shakllanadi.  Organizmlar  o‗zining  tarkibida  biogen 
elementlarini  to‗playdi.  O‗simlik  va  hayvonlar  o‗lganidan,  parchalanganidan  keyin  ulardagi 
elementlar tuproq tarkibiga o‗tib, biogen elementlar to‗planib boradi. SHuningdek oxirigacha 
parchalanib  ulgurmagan  organik  moddalar  xam  tuprokda  tuplanadi.  Tuprokda  tirik 
organizmlar  xam  zich  joylashgan.  Masalan,  1t    qora  tuproqda  mikroorganizmlarning  soni 
25x108 ga etishi mumkin, 1 ga tuproqda 2,5 millionga yaqin  yomg‗ir chuvalchangi yashashi 
mumkinligi  aniqlangan.  Tuproqda  gazlar  almashinishi  xam  tinmasdan  davom  etib  turadi. 
Havo tarkibidagi kislorod o‗simliklarga yutiladi va kimyoviy birikmalar tarkibiga kiradi. Azot 
esa  ayrim  bakteriyalar tomonidan o‗zlashtiriladi. Kunduzi  tuproq qiziganda  undan karbonat 
angidrid,  vodorod  sulg‗fid,  ammiak  ajraladi.  SHunday  qilib,  tuproq  biogen  usulida  xosil 
buladi.  U  anorganik  va  organik  moddalardan  xamda  tirik  organizmlardan  tashkil  topadi. 
Biosferadan tashqarida tuproqning hosil bo‗lishi mumkin emas. Tuproq tirik organizmlarning 
yashash  muxiti  bo‗lib,  undan  o‗simliklar  o‗ziga  oziq  moddalar  bilan  suvni  oladi.  Tuproqda 
kechadigan  jarayonlar  moddalarning  biosferada  aylanishining  tarkibiy  qismini  tashkil  etadi. 
Odamning  xo‗jalik  faoliyati  ko‗pincha  tuproq  tarkibining  tobora  o‗zgarishiga,  undagi 
mikroorganizmlarning nobud bo‗lishiga olib kelishi  mumkin. SHuning uchun xam  tuprqdan 
oqilona foydalanish tadbirlari ishlab chiqilishi zarurdir. 
 
Okean  biomassasi.  Suv  biosferaning  muxim  tarkibiy  qismlaridan  bo‗lib,  tirik 
orgnizmlarning  yashashi  uchun  eng  zarur  omillardan  biri  hisoblanadi.  Suvning  asosiy  qismi 
okean, dengizlardayu Okean va dengiz suvi tarkibiga 60 ga yaqin kimyoviy elementdan iborat 
bo‗lgan  mineral  tuzlar  kiradi.  Organizmlar  xayoti  uchun  juda  zarur  bo‗lgan  kislorod  va 
karbonat  angidrid  gazlari  suvda  yaxshi  eriydi.  Suvdagi  xayvonlar  nafas  olish  jarayonida 
karbonat angidrid ajratadi. O‗simliklar  fotosintezi natijasida esa suv kislorod bilan boyiydi. 
Okean suvlarining 200 m  gacha bo‗lgan eqori qatlamida bir xo‗jayrali suv o‗tlari juda ko‗p 
bo‗lib, ular mikroplanktonni (yunoncha «planktos» - sayyor, ko‗chib yuruvchi degan so‗zdan 
olingan) xosil qiladi. Sayyoramizdagi fotosintez jarayonining 30 foizga yaqin suvda kechadi.  
Suv o‗tlari quyosh energiyasini qabul qilib, uni kimyoviy reaksiyalar energiyasiga aylantiradi. 
Suvda  yashaydigan  xayvonlarni  oziqlanishida  plankton  asosiy  axamiyatga  egadir.  Suvning 
tupiga  yopishib  xayot  kechiradigan  organizmlar  bentos  deb  ataladi  (  yunoncha  «bentos»  - 
chuqurdagi degan so‗zdan olingan). Okeanning tupida juda ko‗p bakteriyalar mavjud bo‗lib, 
ular organik moddalarni onorganik moddalarga aylantiradi. Gidrosfera xam biosferaga kuchli 
taosir    ko‗rsatadi.  Gidrosfera  sayyorada  issiqlik  va  namlikning  taqsimlanishida,  moddalar 
aylanishida muxim rol o‗ynaydi.  

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish