Тошкент фармацевтика институти


cheksizligini  tahminlovchi  birdan-bir  usul  uni  yopiq  halqa  buylab  aylanishga  majbur



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/176
Sana13.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#109838
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   176
Bog'liq
Ekologiya

cheksizligini  tahminlovchi  birdan-bir  usul  uni  yopiq  halqa  buylab  aylanishga  majbur 


etishdir.  Hayot  xuddi  usha  usulni  tanlab  olgandir.  YAshil  o‗simliklar  quyosh  energiyasidan 
foydalanib, anorganik moddalardan organik moddalarni barpo etadi. Boshqa tirik organizmlar 
istehmol  qiluvchi  geterotroflar,  parchalovchilar  esa  bu  moddalarni  parchalaydi.  Organik 
moddalar  parchalanishi  natijasida  hosil  bo‗lgan  mineral  moddalardan  esa  yangi  o‗simliklar 
yangi  organik  moddalarni  sintezlaydi.  Erdagi  moddalarning  davriy  aylanishini  tahminlovchi 
birdan-bir manba quyosh energiyasidir.  Bir  yil davomida erga tushadigan quyosh energiyasi 
10,5X1020 kJ ni tashkil etadi. Bu energiyaning 42 foizi Erdan koinotga qaytadi, 58 foizi esa 
atmosferaga va tuproqqa yutiladi, buning 20 foizini er o‗zidan qaytarib turadi. Erga yutilgan, 
quyosh energiyasining 10 foizi suv va tuproqdan suvni buglantirish uchun sarflanadi. Har bir 
minutda  1  milliard  tonnaga  yaqin  suv  er  yuzasidan  bug‗lanib  turadi.  Suv  havzalari  bilan 
quruqlik  o‗rtasida  suvning  tinmasdan  aylanib  turishi  Erdagi  hayotni  tahminlovchi  hamda 
o‗simlik  va  hayvonlarning  jonsiz  tabiat  va  munosabatini  tahminlovchi  asosiy  omillardan 
biridir.  Erga  etib  keladigan  quyosh  energiyasining  0,1—0,2  foizidan  yashil  o‗simliklar  foto-
sintez  jarayonini  amalga  oshirishda  foydalanadi.  Bu  energiya  suvni  bug‗lantirish  va  er 
yuzasini  isitishga  sarf  bo‗ladigan  energiyaga  nisbatan  juda  kam  bo‗lsa  ham  kimyoviy 
elementlarning aylanishini tahminlashda juda katta rol uynaydi. 
  
Atomlarning  biogen  migratsiyasi.  Moddalarning  doimiy  davriy  ayla-nishi,  yahni 
atomlar biogen migratsiyasi va energiya oqimi tirik orga-nizmlarning oziqlanishi, nafas olishi, 
ko‗payishi, organik moddalarni sintezlashi, to‗plashi va parchalanishi hisobiga amalga oshadi. 
Moddalar  davriy  almashinishida  tirik  organizmlar  tarkibiga  kiruvchi  kimyoviy  elementlar 
uglerod,  vodorod,  azot,  kislorod,  fosfor  va  boshqalar  qatnashadi.  Kimyoviy  elementlarning 
izotoplari juda ko‗p bulishiga, tirik organizmlar tarkibiga faqat mahlum izotoplargina o‗tishi 
mumkin.  Masalan,  vodorodning  1N,  2N,  3N  izotoplaridan  eng  faoli  1N  bo‗lib,  faqat  shu 
izotopgina  organizmlarga  xosdir.  Organik  moddalar  tarkibiga  12S  izotopi,  anorganik 
kimyoviy  birikmalar  tarkibiga  esa  13S  izotopi  kiradi.  Kislorodning  16O,  17O,  18O 
izotoplarining  ichida  16O  izotopigina  suv  va  karbonat  angidrid  gazi  tarkibiga  kirib,  yuksak 
biologik faollikka egadir. 
Kimyoviy  elementlar  doimiy  ravishda  bir  organizmdan  ikkinchisiga  tuproqdan, 
atmosferadan,  gidrosferadan  tirik  organizmlarga,  ulardan  esa  yana  atrof-muhitga  o‗tib, 
biosferaning jonsiz moddalari tarkibini to‗ldiradi. Bu jarayonlar tinimsiz, cheksiz davom etib 
turadi. Masalan, atmosfera kislorodining hammasi 2000 yil davomida, karbonat angidrid gazi 
200-300  yil,  biosferadagi  borliq  suv  esa  2  million  yil  davomida  tirik  modda  orqali  o‗tadi. 
Tirik  organizmlar  faqat  tabiatda  keng  tarqalgan  kimyoviy  elementlarnigina  to‗plamay,  juda 
ham  kam  miqdorda  uchraydigan  elementlarni  ham  to‗play  olish  xususiyatiga  ega.  Ko‗p 
kimyoviy  elemevtlarning  konsentratsiyasi  o‗simlik  va  hayvonlarda  tashqi  muhitdagiga 
nisbatan ancha yuqori bo‗ladi. O‗simliklarda uglerodning konsentratsiyasi er po‗stlog‗idagiga 
nisbatan  200  marta,  azotniki  esa  30  marta  yuqoridir.  Biogen  migratsiya  natijasida  tirik 
organizmlar  tahsirida  ayrim  kimyoviy  elementlarning  valentligi  o‗zgaradi.  Natijada  yangi 
kimyoviy birikmalar hosil bo‗ladi.  Bizga mahlum bo‗lgan kimyoviy elementlarning 40 taga 
yaqini biogen migratsiyada faol ishtirok etadi. 
Avtotrof  organizmlar  quyosh  energiyasini  yutib  anorganik  moddalardan  organik 
moddalarning birlamchi o‗simlik moddalarini hosil qiladi. Geterotroflar esa o‗simliklar bilan 
oziqdanib o‗simlik mahsulotlarini ikkilamchi hayvon mahsulotlariga aylantiradi. Bakteriyalar 
va  zamburug‗lar  esa  o‗simlik  va  hayvonlar  organik  mahsulotlarini  mineral  tuzlargacha, 
avtotrof o‗simliklar istehmol qila oladigan darajagacha parchalaydi. Biogen migratsiyasining 
ikki turi mavjud: birinchi turini mikroorganizmlar, ikkinchisini esa ko‗p hujayrali organizmlar 
amalga oshiradi.  Birinchi  turdagi  migratsiya ikkinchi  turdagisiga qaraganda ustunroq keladi. 
Hozirgi vaqtda atomlar biogen migratsiyasida insoniyatning roli ham tobora ortib bormoqda. 
Quyida  bahzi  biogen  elementlarning  davriy  aylanishi  bilan  to‗likroq  tanishib  chiqamiz. 
Karbonat  angidrid  o‗simliklar  tomonidan  yutilib  fotosintez  jarayonida  uglevodlarga, 
lipidlarga, oqsillarga va boshqa organik moddalarga aylanadi. Bu moddalar. boshqa hayvonlar 
tomonidan  istehmol  qilinadi.  Hamma  tirik  organizmlar  nafas  olish  jarayonida,  atmosferada 


karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi. O‗lik o‗simlik va hayvonlar, ularning chiqindilari 
mikroorganizmlar  tomonidan  parchalanadi,  minerallashadi.  Minerallashishning  oxirgi 
mahsuloti  karbonat  angidrid  bo‗lib,  u  tuproqdan  va  suv  havzalaridan  atmosferaga  ajratib 
chiqariladi.  Uglerodning  bir  qismi  esa  tuproqda  organik  birikmalar  sifatida  saqlanib  qoladi. 
Dengiz  suvida  uglerod  ko‗mir  kislota  va  uning  suvda  eriydigan  tuzlari  sifatida  yoki  SaSO3 
bo‗r, ohaktoshlar, korallar shaklida to‗planadi. Uglerodning bir qismi dengiz tubida cho‗kindi, 
ohaktoshlar sifatida to‗planib, uzoq vaqt davomida biogen migratsiyada qatnashmaydi. Vaqt 
o‗tishi  bilan  tog‗  hosil  bo‗lishi  jarayonlari  natijasida,  cho‗kma  jinslar  yana  yuqoriga 
ko‗tariladi,  kimyoviy  o‗zgarishlar  natijasida  yana  davriy  aylanishga  qo‗shiladi.  Uglerod 
atmosferaga  avtomashinalardan,  zavod  va  fabrikalardan  ajraladigan  tutunlardan  ham  o‗tadi. 
Biosferadagi  uglerod  aylanishi  natijasida  energiya  resurslari  —  neftg‗,  toshko‗mir,  yoqilgi 
gazlari,  torf,  eg‗och  hosil  bo‗lib,  ular  insonning  amaliy  faoliyatida  keng  foydalaniladi. 
YUqorida  keltirilgan  hamma  moddalar  fotosintezlovchi  o‗simliklarning  mahsulotlari 
hisoblanadi. YOg‗och va torf o‗rnini to‗ldirsa bo‗ladigan, neftg‗, gaz va toshko‗mir esa o‗r-
nini  to‗ldirib  bo‗lmaydigan  tabiiy  boyliklar  hisoblanadi.  Organik  yoqilgilarning 
cheklanganligi  va  o‗rnini  to‗ldirib  bo‗lmasligi  insoniyat  oldida  energiyaning  yangi 
manbalaridan  —  er  qahridagi  issiqlik  energiyasi,  okean  va  dengiz  to‗lqinlari,  quyosh 
energiyasidan foydalanish kabi murakkab muammolarni qo‗yadi. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish