FAOLIYAT SAMARADORLIGINI
OSHIRISH OMILLARI
OB'EKTIV
SUB'EKTIV
G
A
R
L
IK
A
J
A
S
I
ID
U
A
L
Y
A
T
L
A
R
R
U
V
C
H
I
A
T
I
MUHIT
A
S
H
O
IT
I
T
N
IN
G
K
T
IV
O
IT
I
Y
A
T
N
I
L
E
T
IS
H
O
Y
IN
I
L
E
T
IS
H
O
T
L
A
R
IM
I
IY
A
T
R
A
T
I
OB'EKT
54
Agar hayvonlarni xatti-harakatlari bevosita tevarak-atrofdagi muhit bilan belgilansa, odamning
faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlaboq, butun insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan
boshqariladi. Shu bois "faoliyat", "faollik", "xatti-harakat" tushuncha-larining mazmun mohiyatini
anglab olish lozim. Shunga ko’ra adabiyotlarda mazkur tushunchalarga berilgan ta'riflarga asosiy
e'tiborni qaratish lozim.
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida: "Faoliyat - kishining
anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir" -deb
ta'riflanadi. M.G.Davletshin muallifligida chop etilgan "Psixologiya" qisqacha izohli lug’atida:
"Faollik - tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta'sirida
namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta'sir shu asosda faollik ko’rsatish bilan tavsiflanadi"-deya
ta'riflangan.
Faoliyat - insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli, paydo bo’ladigan va
tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta qurishga yo’naltirilgan faolligidir.
Harakat - maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar
yig’indisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir.
Q.Turg’unovning "Psixologiya" terminlarining qisqacha ruscha-o’zbekcha izohli lug’atida:
Faollik - shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni o’zlashtirishga qaratilgan muhim
qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lib, kishining faoliyati mehnat, o’qish, o’yin, ijtimoiy
hayot, sport, ijod kabilarda yaqqol namoyon bo’ladi"- deb ko’rsatiladi.
Faoliyat - inson hayotining uning voqelikka nisbatan faol munosabatining ro’yobga chiqish
shakli. harakat - maqsadga muvofiq yo’nal-tirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar
yig’indisi ongli faoliyat tarkibiy qismlari va motivlaridan iborat.
V.M.Karimovaning "Psixologiya" o’quv qo’llanmasida quyidagicha ta'riflar uchraydi: Faollik -
shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishni tushuntiruvchi kategoriyadir. Faoliyat
- inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan
hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik
shaklidir.
Mazkur ta'riflardan ko’rinadiki, faoliyat tushunchasi o’z tarkibiga shaxsning u yoki bu
darajadagi faollik ko’rsata olish darajalarini hamrab oladi va unga umumiy tarzda quyidagicha ta'rif
berish mumkin: Faoliyat-anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy)
harakatlar yig’indisiga aytiladi.
Adabiyotlarda faollik va harakat tushunchalari o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgani bilan ular
o’rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Jumladan, faoliyatning mazmuni to’la-to’kis uni yuzaga
keltirgan tabiiy-biologik va ma'naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik
mexanizmi ham o’zgacha negizda qurilishi mumkin.
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlash uchun psixik narsa va hodisalarning
xususiyat ob'ektiv xossalarni aks ettirishi, qo’yilgan maqsadga erishish yo’l-yo’riqlarini aniqlab berish
lozim.
Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilganharakatlarni ruyobga
chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan
boshqarishni uddalash lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo’r berishsiz
amalga oshirish juda mushkul. Aynan ikkala omil o’zaro o’zviy aloqaga kirgandagina yaratuvchanlik
xususiyatini kasb etadi.
55
Inson faolligining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatning mazmuni ana shu
faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o’zi bilan belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv
sifatida madad berib, uni rag’batlantirib tursa faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar,
ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |