345
Shuning uchun bugungi muxandis ham o’z kasb sirlarini, ham shu kasb maxoratini yoshlarga
bera olishi lozim. U umumiy psixologiyani, yosh psixologiyasini, pedagogik psixologiyani, kasb-
ta’limi va uning psixologiyasini bilishi talab qilinadi.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishi insonning u yoki bu faoliyat turida ishlashi uchun o’zida mavjud
bo’lgan ham jismoniy, ham intellektual potensial imkoniyatlariga ega yoki ega emasliklarini aniqlash
juda muhim.Aql, fikr yuritish tezligi ya’ni reaksiyasi ko’p masalani hal qilish yoki uddalay olmaslik
sababi bo’lishi mumkin. Buni aniqlash va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish bilan muxandislik
psixologiyasi, mehnat psixologiyasi shug’ulanadi.
Boshqa har qanday mehnat qurollari singari texnika ham inson imkoniyatlariga maksimal
darajada moslashtirilishi kerak. Bu eng avvalo mehnatning xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq
bo’lsa, keyinroq ishchining salomatligi va nixoyat ishlab chiqarishda texnikani qo’llanish hisobiga
mehnat samaradorligini orttirish masalasi bilan bog’liqdir. Odam va texnika munosabatlari bir-biriga
mosligi masalalarini mehnatpsixologiyasi, uning tarmogi muxandislik psixologiyasi o’rganadi.
Kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga texnikaning konstruktiv xususiyatlarini, muxandislik
psixologik talablarini hisobga olishni, eng muhimi texnika inson imkoniyatlarini qay darajada hisobga
olganligini, ya’ni, tex-nikaning gumanizasiyalashuvini hisobga olishini bilib ishga yondoshuvi
masalalarini anik tasavvur qilishi bilan bog’liq. Bu muammo muxandislik psixologiyasida
o’rganiladigan markaziy bosh mavzu odam – mashinaga tizimi OMT–- (ruscha SChM – «sistema
chelovek-mashina») hisoblanadi. Odam-mashina tizimi va uning asosiy muammolari kasb ta’limi
o’qituvchisi va kasb ta’limi ustasi maxoratining nazariy, pedagogik-psixologik tayyorligining asosini
tashkil qiladi.
Muhandislik psixologiyasi mehnat psixologiyasining bir tarmogi bo’lib, u odam va mashina
o’zaro axborot almashuvidagi o’zaro ta’sir utkazishning obyektiv qonuniyatlarini, ularni amaliy
qullanish va «jamoa-odam-mashina» tizimini loyihalash va ekspluatasiya qilish muammolarini
o’rganadi.
Muxandislik psixologiyasi muammolari XX asrning 20 – 30 yillaridan boshlab o’rganila
boshladi.Dastlab tramvay-vagon xaydovchisi, telefonistka, ko’tarma kran mashinisti, uchuvchi
faoliyatini o’rganish bilan boshlandi. Chet elda 40 – yillardan boshlab keng o’rganila boshlandi.
Muxandislik psixologiyasi buyicha birinchi ilmiy – tadqiqot laboratoriyasi 50 – yillarda Leningrad
universiteti qoshida tashkil etilgan.
Muxandislik psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
-Odam funksiyasini «odam-mashina» tizimida taxlil qilish, operator faoliyati strukturasi klassifi-
kasiyasini o’rganish;
-Odam-operator axborotlar almashinish jarayonlarini o’rganish (odamning axborotlarni
qaytaishlash jarayonining asosiy 4 bosqichini o’z ichiga oladi: axborotni qabulqilish, qayta ishlash,
qaror qabulqilish, boshqarish ta’sirini amalgaoshirish);
-Operator ish o’rinlarini tashkil qilish prinsiplarini ishlab chiqish;
-«Odam-mashina» tizimi samaradorligiga psixologik omillarning ta’sirini o’rganish;
-«Jamoa-mashina» tizimida operatorlarni tanlash va tayyorlash prinsip va metodlarini ishlab
chiqish. (Kasb tayyorligi quyidagilarni o’z ichiga oladi: kasb ta’limi, jamoani shakllantirish, trenirovka
–mashqqilish);
-«Jamoa–odam–mashina» tizimini muxandislik – psixologik loyihalash va baholash;
-Muxandislik – psixologik ishlamalarining iqtisodiy samarasini aniqlash va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: