344
bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi ya’ni unga ko’ra kasbning normativ tavsiflarini belgilab
olish psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim.
Bo’lajak mutaxassis shaxsida yangi a’zolari orasida, turli yoshdagi kishilar bo’lgan jamoaga
kirish, kasbiy faoliyatga ko’nikish, yangi ijtimoiy rolni tushunib olish yana muammolarni keltirib
chiqaradi. Moslashuv bosqichiga kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O’zgargan
kasbiy vaziyat yangi psixologik xususiyatlar va sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Shaxs
psixologik tuzilishidagi keskin o’zgarishlar kishining hayotini ham o’zgartiradi. Oldingi – “maktab –
oila –jamiyat” tizimi o’rnida yangi ya’ni “kasb-oilai jtimoiy-iqtisodiy sharoitlar” vaziyati kelib
chiqadi. Endi shaxs rivojlanishida kasb-muhit omili muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Har bir kishining hayotida kasbiy rivojlanish bo’yicha o’zgartiruvchi normativ vaqtlar mavjud
bo’ladi. Masalan; kasb-hunar kollejiga kirish, uni tugatish, ishga kirish, mehnatga bo’lgan layoqatini
yo’qotish, majburiy ishdan bo’shash va boshqalar. Bunday voqealarining paydo bo’lishi bexosdan yoki
qandaydir sharoitlar tufayli, gohida esa mutaxassislik sababi natijasida bo’ladi. Ko’p hollarda normativ
bo’lmagan voqealar kasbiy istalmagan noxush voqealar, hisoblanadi.
O’z kasbini ustasi bo’lishga erishish variantlari ko’p bo’lib, bu borada talaygina muammolar
paydo bo’ladi. Shaxsning kasbiy rivojlanishi turli xilda namoyon bo’lishini qanday tushuntirib bersa
bo’ladi? Nega bir kishi hayoti davomida ma’lum bir kasbga sodiq qoladi, boshqasi esa yillar davomida
mehnat turlarini o’zgartirib turadi? Kasbni o’zgartirish sabablari (qanday) nimada? Kasbdan qoniqish,
mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi, lavozimlardan ko’tarilishi qanday omillarga bog’liq? Qanday
qilib kasb ustasi bo’lish mumkin? Insonning kasbiy hayotini o’zgarishida shu savollarga javob berish
kerak bo’ladi.
Shu bois talaygina muammolar ishsizlikni keltirib chiqaradi. Bu esa ertangi kunga bo’lgan
ishonchsizlik psixologik zo’riqishni kuchaytiradi. Bunda ko’pgina ishsizlar uchun kasbini o’zgartirish
muammosi kelib chiqadi. Yangi kasbni shakllanishi jarayonida kasbiy qarashlar shaxs
xususiyatlarining o’zgarishini talab etadi.
Har bir kishining kasbiy hayotida kasbiy rivojlanish inqirozlari uchrab turadi. Bir necha yil
davomida ma’lum bir sohada faoliyat ko’rsatish mutaxassisning kasbidan zerikish holatlarini keltirib
chiqaradi. Kasbiy tiklanish shaxs faolligini susaytiradi, hordiq chiqarish imkoniyatlarini qidirishga olib
keladi.
Bir xil kasbiy faoliyati jarayonida mutaxassisda muhim kasbiy fazilatlar rivojlana boshlaydi.
Shaxsning o’z kasbiy ustasi bo’lishi faoliyat mahsuldorligiga ta’sir etadi. Qanday qilib
mutaxassisning ishga bo’lgan layoqatini saqlab qolish, gohida esa tiklash mumkin. Ma’lumki,
mutaxassis muntazam ravishda kasbiy psixologik tomonidan yordamga muhtoj bo’ladi.
Jamiyatimiz uchun dolzarb psixologik muammolardan biri-bu ishchining nafaqaga chiqishi
hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o’zgarishi yangi ijtimoiy vazifa – nafaqaxo’rlar
uchun psixologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, ular psixologik ko’mak va qo’llab-
quvvatlashga muhtoj bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: