153
Esda saqlash deganda ilgari tug’ilgan taassurot, fikr, his-tuyg’u va ish-harakatlarning
takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining
egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari bo’lib o’tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor
turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo’lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo’lmaganda
zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Shunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo’lgan narsani shu onda
esga tushira olmaymiz.
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi
reministensiya hodisasi (xira esga
keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashg’ul bo’lganda miya
charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish
yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning ko’p qismi
unutiladi. Materialni o’qib o’rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir
necha vaqt o’tgandan keyin uni to’la xotirlay olishlikning sababi materialni o’qib, o’rganib olishda
ro’y beradigan charchashdir.
Materialni eslash uchun bo’lgan kuchli xohish natijasida tormozlanish yuzaga keladi, bu esa
materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan
ishga chalqib ketgan insonlarda tormozlanish tarqab ketadi. Shunda esga tushirish lozim bo’lgan narsa
xotiraga kiradi. Materialni mustahkamlashga bo’lgan qiziqishning bo’lishi materialni uzoqroq esda
saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bog’liq bo’ladi. Bu G.Ebbingao’z tomonidan aniqlangan bo’lib,
unutish materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ro’y beradi, undan keyin esa unutish ancha
sekinlashadi.
G.Ebbingao’z unutishning vaqtga bog’liqligini tajriba orqali aniqlagan. To’plangan
natijalarning ko’rsatishicha, materialni yod olgandan so’ng unutish sur'ati tez keyinchalik esa u
birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma'nosiz ayrim bo’g’inlarni unutish ustida olib borilgan
ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning ko’rsatishiga qaraganda, o’rganilgan narsalar bir soatdan keyin
unutiladi. Materialni o’zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi.
Muvaqqat asab bog’lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo’lgan narsa va hodisalarning
o’zaro alohalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi. Vaqtning o’tishi bilan birmuncha unutilib
ketilayotgan vaqtli bog’lanishlarni, ya'ni assosiasiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-
harakatlarni talab qiladi.
G.Ebbingao’zning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o’tkazilgan juda
ko’p tadqiqotlarning ko’rsatishicha, unutish sur'ati materialning ma'noli yoki ma'nosizligiga, uning
qanchalik anglanilganligiga bog’liqdir. Material qanchalik mazmundor anglanilgan tushunib olingan
bo’lsa, u holda unutish ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma'noli materialga nisbatan ham unutish
avval tez sur'atda bo’lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni o’zlashtirish yoki esda
olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bog’liq bo’lsa, bu material sekin
unutiladi.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari proporsional
xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligiga o’zlashtirilayotgan materialning
ma'noga ega yoki ega emasligiga bog’liqlikdan tashqari yana bir nechta omillar o’z ta'sirini ko’rsatadi
va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog’liq. Shuningdek, ular shaxsning shaxsiy, individual
xususiyatlariga ham bevosita bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: