Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


Esga tushirish va uning turlari



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

Esga tushirish va uning turlari. 
  O’tmishda  idrok  qilingan  narsalar,  his-tuyg’u,  fikr  va  ish-harakatlarning  ongimizda  qaytadan 
tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po’stida ilgari 
hosil bo’lgan nerv bog’lanishlarning qo’zg’alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, 
oradan ma'lum vaqt o’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari 
mavjud. 
  Tanish  ilgari  idrok  qilingan  narsa  va  hodisalarni  takror  idrok  qilish  natijasida  u  yoki  bu 
hodisani  esga  tushirishdir.  Tanish  aniq  va  noaniq  bo’lishi  mumkin.  Noaniq  tanishda  biz  bu  narsani 
notanish emasligini his qilamiz, holos. Masalan, bir odam ko’zimizga issiq ko’rinadi, lekin uni qaerda 
ko’rganimizni  eslay  olmaymiz.  To’liq,  aniq  tanishda  esa  idrok  qilinayotgan  narsaning  nomi  katta  rol 
o’ynaydi. Masalan, biz bir kishini ko’rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini  
eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz. 
  Eslash  narsa  va  hodisalarni,  uni  ayni  paytda  idrok  qilmay  esga  tushirishdir.  Masalan,  bo’lib 
o’tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. Eslash ham 
aniq  va  noaniq  bo’ladi.  Masalan,  biz  she'rni  yoddan  aytib  bersak  ham  uni  qaerda  va  qachon 
o’qiganimizni  eslay  olmaymiz.  Esga  tushirish  avval  tanishdan  boshlanadi.  Masalan,  imtihonga 
kirganda  biletni  ko’rib,  uning  savolini  o’qib  taniymiz.  Demak,  bunda  predmetning  nomi  muhim  rol 
o’ynar  ekan.  Bevosita  esga  tushirish  materialni  idrok  qilish  ketidanoq  esga  tushirishdan  iborat. 
Masalan,  she'rni  yod  olganimizda  bir  necha  satrni  o’qigan  kitobga  qaramasdan  takrorlaymiz,  ya'ni 
bevosita esga tushiramiz. Bir karra ko’zdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga 
qarab, xotiraning ko’lami aniqlanadi. 
  Materialning  ko’p  qismini  bevosita  esga  tushira  oladigan  kishining  xotira  ko’lami  keng 
hisoblanadi. Masalan, artistlarda so’z va iboralarni esda tutib qolish xotirasining ko’lami keng bo’ladi. 
Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda sonlarni esda tushirish xotirasining ko’lami keng bo’ladi. 
  Vaqt  o’tkazib  esga  tushirish  esda  olib  qolingan  narsani  oradan  bir  qancha  vaqt  o’tkazib  esga 
tushirishdirki,  bunda  shu  orada  ongimizda  boshqa  jarayonlar  o’tgandek  bo’ladi.  Masalan, 
yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa eslaymiz. 
  Idrok  qilingan  narsalar  miyamizda  o’rnashib  qolishi,  esimizda  turishi  tufayli  turli  usulda 
esimizga tushishi mumkin. 


153 
 
  Esda  saqlash  deganda  ilgari  tug’ilgan  taassurot,  fikr,  his-tuyg’u  va  ish-harakatlarning 
takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining 
egiluvchanligidir.  Shuning  uchun  asab  tizimi  ilgari  bo’lib  o’tgan  taassurotlarni  takrorlashga  tayyor 
turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo’lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo’lmaganda 
zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi. 
  Shunday  qilib,  esga  tushirishda  ana  shu  tariqa  qiynalib  qolib,  zarur  bo’lgan  narsani  shu  onda 
esga tushira olmaymiz. 
  Unutilgan  narsalarni  yana  xotirada  qaytadan  tiklanishi  reministensiya  hodisasi  (xira  esga 
keltirish)  deyiladi.  Bu  hodisaning  sababi  shuki,  uzoq  vaqt  bir  ish  bilan  mashg’ul  bo’lganda  miya 
charchashi  yuz  beradi.  Charchash  haddan  tashqari  oshishi  natijasida  nerv  xujayralarida  tormozlanish 
yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning ko’p qismi 
unutiladi. Materialni o’qib o’rganib olingandan keyinoq uni  yaxshi xotirlay  olmay,  ammo oradan bir 
necha  vaqt  o’tgandan  keyin  uni  to’la  xotirlay  olishlikning  sababi  materialni  o’qib,  o’rganib  olishda 
ro’y beradigan charchashdir. 
  Materialni  eslash  uchun  bo’lgan  kuchli  xohish  natijasida  tormozlanish  yuzaga  keladi,  bu  esa 
materialni  qayta  esga  tushirishdagi  qiyinchilikni  kuchaytirib  yuborishi  mumkin.  Vaqt  o’tishi  bilan 
ishga chalqib ketgan insonlarda tormozlanish tarqab ketadi. Shunda esga tushirish lozim bo’lgan narsa 
xotiraga  kiradi.  Materialni  mustahkamlashga  bo’lgan  qiziqishning  bo’lishi  materialni  uzoqroq  esda 
saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bog’liq bo’ladi. Bu G.Ebbingao’z tomonidan aniqlangan bo’lib, 
unutish materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ro’y beradi, undan keyin esa unutish ancha 
sekinlashadi. 
  G.Ebbingao’z  unutishning  vaqtga  bog’liqligini  tajriba  orqali  aniqlagan.  To’plangan 
natijalarning  ko’rsatishicha,  materialni  yod  olgandan  so’ng  unutish  sur'ati  tez  keyinchalik  esa  u 
birmuncha  sekinlashadi.  Bu  qonuniyat  ma'nosiz  ayrim  bo’g’inlarni  unutish  ustida  olib  borilgan 
ishlarida  tasdiqlangan.  Tajribalarning  ko’rsatishiga  qaraganda,  o’rganilgan  narsalar  bir  soatdan  keyin 
unutiladi.  Materialni  o’zlashtirish  jarayoni  maboynida  xotirlash  natijasida  unutish  sekinlashib  boradi. 
Muvaqqat  asab  bog’lanishlari  susayishi  natijasida  qachonlardir  sodir  bo’lgan  narsa  va  hodisalarning 
o’zaro  alohalari  xotirada  asta-sekin  yo’qolib  boradi.  Vaqtning  o’tishi  bilan  birmuncha  unutilib 
ketilayotgan vaqtli bog’lanishlarni, ya'ni assosiasiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-
harakatlarni talab qiladi. 
G.Ebbingao’zning  izdoshlari  va  shogirdlari  tomonidan  o’tkazilgan  juda 
ko’p  tadqiqotlarning  ko’rsatishicha,  unutish  sur'ati  materialning  ma'noli  yoki  ma'nosizligiga,  uning 
qanchalik  anglanilganligiga  bog’liqdir.  Material  qanchalik  mazmundor  anglanilgan  tushunib  olingan 
bo’lsa, u holda unutish ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma'noli materialga nisbatan ham unutish 
avval  tez  sur'atda  bo’lib,  keyinchalik  esa  u  sekinlashadi.  Biron-bir  materialni  o’zlashtirish  yoki  esda 
olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bog’liq bo’lsa, bu material sekin 
unutiladi. 
  Unutishning  tezligi  esda  olib  qolingan  materialning  mustahkamligiga  teskari  proporsional 
xususiyat  kasb  etadi.  Demak,  esda  olib  qolishning  mustahkamligiga  o’zlashtirilayotgan  materialning 
ma'noga ega yoki ega emasligiga bog’liqlikdan tashqari yana bir nechta omillar o’z ta'sirini ko’rsatadi 
va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog’liq. Shuningdek, ular shaxsning shaxsiy, individual 
xususiyatlariga ham bevosita bog’liqdir. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish