Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

P.I.Zinchenko  tajribalari  shuni  ko’rsatadiki,  esda  olib  qolish  u  yoki  bu  faoliyatdagina  samarali 
bo’lishi  mumkin.  A.A.Smirnovning  tajribalarida  tekshirishlarga  qaraganda  ikki  xil  faoliyat  taklif 
qilinsa,  birinchi  holda  ular  ma'noli  matnni  esda  olib  qolish  nazarda  tutiladi.  Sinaluvchilar  matnni 
yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib 
qolish vazifasi qo’yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma'noviy 
xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan. 
  Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo’llash orqali esda olib qolish sohasidagi yondashishdan 
iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnov o’tkazgan tajribasida shuni ko’rsatadiki, 
matnni  maxsus  to’zib  chiqilgan  rejaga  asoslangan  holda  yodlash  rejasi,  pala-partish  esda  olib 
qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan  yodlash jarayonida 
materialni  takrorlash  bilan  uni  faol  esga  tushirishni  o’zaro  almashtirib  turish  yuqori  natijalar  beradi. 
Kuzatishlar  va  tajribalar  shuni  ko’rsatadiki,  o’quvchilar  va  talabalar  bu  usullarni  mustaqil  ravishda 
egallay  olmaydilar,  odatda  ularni  muallimning  rahbarligida  egallashadi.  Aks  holda  o’quv  faoliyati 
ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bosqichida qotib qolishi mumkin, bu hol 
aqliy o’sishga qarama-qarshidir. 


151 
 
  Shu  narsani  alohida  ta'kidlab  o’tish  kerakki,  o’quv  materiallarining  ma'nosiga  tushunib  esda 
olib qolish yo’li oqilona yo’l bo’lib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonidan o’zining 
samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi. 
  Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni xotirada saqlanish 
xususiyati  tushuniladi.  Kundalik  hayotimizda  kitob,  jurnal,  gazeta  o’qiyotganimizda  materialni  esda 
olib qolish uchun shu materialning ma'nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga 
yetarli  darajada  tushunarli  bo’lmasa,  u  taqdirda  ularni  esda  olib  qolish  jarayoni  juda  qiyin  kechadi. 
O’rganilayotgan  materialning  mazmuni  va  ma'nosiga  tushunib  olish  uchun  odam  uni  tahlil  qilishga, 
umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta'kidlaganidek, materialni o’zlashtirib olish xuddi shu 
jarayonga  yaqqol  misoldir.  Mualliflarning  shaxsiy  fikriga  ko’ra  o’zlashtirayotgan  materiallarni  esda 
olib  qolish  qiyinligi  sababli  ularni  tushuna  olmaslikdir.  Tushunib  olishning  esda  olib  holishdagi 
ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi. 
  Jahon  psixologiya  fani  to’plagan  ma'lumotlarga  qaraganda  o’zlashtirilayotgan  materialni 
mexanik  tarzda  egallashga  nisbatan  uning  ma'nosini  tushunib  o’zlashtirish  bir  necha  marta 
mahsuldordir. 
  Esda  olib  qolish  jarayonida  o’zlashtirilayotgan  materialning  ma'noga  ega  bo’lishi  yoki 
bo’lmasligi muhimdir. Assosiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixologG.Ebbingao’z jahon 
psixologiyasida  birinchi  bo’lib  1885  yilda  oliy  ruhiy  jarayon  bo’lgan  xotirani,  1888  yilda  intellektni 
ilmiy  tajriba  metodi  negizida  tekshirdi  va  keng  ko’lamda  turmushga  tatbiq  etdi.  U  xotira  jarayonini 
tajriba  orqali  tekshirishning  asosiy  yo’nalishini  ishlab  chiqdi.  Xotirani  "sof"  ko’rinishda  o’rganishga 
harakat qilib ma'no kasb etmaydigan bo’g’inlardan foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy 
xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qo’llanishiga xos to’g’ri yo’nalishdir. 
  G.Ebbingao’zning  bu  tadqiqoti  psixologiyada  introspektiv  (o’z-o’zini  kuzatish  yoki  ichki 
kuzatish)  metodiga  qarama-qarshiqo’yilgan  ilmiy  tajribaviy  metod  yutuqi  sifatida  ilmiy-amaliy 
ahamiyatga  egadir.  U  xotira  jarayonini  tekshirishda  o’z  oldiga  38  ta  ma'no  anglatmaydigan 
bo’g’inlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo’ygan. Bu materialni o’zlashtirish 
o’rtacha  55  marta  takrorlashni  talab  qiladi.  Esda  olib  qolish  uchun  38-40  so’zdan,  11  ta  so’z  o’zaro 
bog’liq bo’lmagan so’zlardan foydalangan. Bu materialni o’zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab 
etgan, umumiy hisob esa 9 1 nisbatga to’g’ri keladi. 
  Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma'noga ega bo’lgan materialni o’zlashtirishda esda 
olib  qolish  uchun  turli  xil  yo’nalish,  ko’rsatma  berish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  degan  fikrni 
tasdiqlaydi.  A.N.Leontev,  S.L.Rubinshteyn,  P.A.Ribnikov  va  boshqalar  bolalarning  xotira  faoliyatini 
o’rganganlar.  Shuningdek,  ular  o’qish  faoliyatiga  asoslangan  holda  maktab  o’quvchilarida  tekshirish 
ishlarini olib borganlar. 
  I.P.Zinchenko,  M.N.Shardakov,  A.I.Lipkinalar  tadqiqot  ishlarining  aksariyati  shunga 
bag’ishlangan  bo’lib,  turli  materialni  esda  olib  qolishda  tushinishning  ahamiyati  muhimligini 
tasdiqlashga  intilgan.  Bu  materialni  esda  olib  qolishga  to’g’ri  yo’nalish  berilishining  natijasida 
material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to’liqligi 
ta'minlanadi. 
  A.A.Smirnovning  ta'kidlashicha,  shu  davrgacha  hech  kim  hech  bir  ilmiy  adabiyotlarda 
bolalarga va quyi sinf o’quvchilariga ahamiyatli bo’lgan materialni mexanik tarzda esda olib qolishlari 
ko’rsatilmagan. 
  Nemis  psixologi  Vilyam  Shtern  (1871-1938)  fikricha,  bolalarda  ham  katta  yoshdagi 
odamlarda  ham  ma'nosiga  tushunib  o’zlashtirishga  nisbatan  mexanik  egallash  kam  miqdordir.  Bu 
mulohaza  haqiqatdan  ham  to’g’ri,  Meymon  fikriga  ko’ra,  inson  ulg’ayishi  bilan  ma'nosiz  materialni 
esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma'noga ega bo’lgan bilimlarni esda olib 
qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o’xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan 
ham  to’plangan  bo’lib,  bu  haqda  boy  materiallar  umumiy  psixologiya  xrestomatiyalarida  o’z  aksini 
topgan. 
  A.A.Smirnov  ma'no  anglatmaydigan  bo’g’inlarda  va  ma'no  kasb  etuvchi  so’zlardan  tuzilgan 
material  asosida  tekshirish  o’tkazgan.  Katta  va  kichik  yoshdagi  ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  esda  olib 


152 
 
qolishni  alohida  tekshirish  har  ikkala  yosh  davrida  mazmunli  va  mazmunsiz  materiallarni  esda  olib 
qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qo’yilgan. 
  Ma'no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda ustunligi lekin, 
ma'nosiz  materialni  esda  olib  qolish  kichik  yoshdagi  bolalarga  qaraganda  kam  samara  bermasligi 
aniqlangan.  Ma'nosiz  bo’g’inlar  nafaqat  kichik  yoshdagi  bolalarda,  balki  katta  yoshdagilarda  ham 
yaxshi o’zlashtiriladi. 
  A.N.Leontev  tadqiqot  ishlarida  katta  yoshdagilarning  ma'nosiz  bo’g’inlardan  tuzilgan 
materialni  yaxshi,  puxta  esda  saqlab  qolishi  ta'kidlangan.  Katta  yoshdagilar  ma'nosiz  bo’g’inlarni 
qandaydir  mazmun  bilan  tez  va  oson  bog’lay  oladilar.  Shuning  uchun  ularda  bolalarga  nisbatan 
kuchliroq  ma'no  kasb  etadi.  Shuningdek,  ma'no  anglatmaydigan  materialni  o’zlashtirish  jarayoni  tez 
ko’chadi,  mahsuldorroq  bo’ladi.  Ma'nosiz  materiallarni  egallash  uchun  iroda  kuchi,  irodaviy  sifatlar 
muhim ahamiyatga egadir. 
  Esda olib qolishga hech  qanday  yo’nalish berilmay, materialni  yaxshi olib qolinishi kishining 
jadal  faoliyati  bilan  bog’liq.  Ixtiyorsiz  esda  olib  qolish  faol  irodaviy  kuch  sarflash  hisobiga  amalga 
oshadi. A.A.Smirnov ma'noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun  yengil ko’chishi ularning 
yosh  xususiyatlariga  bog’liq  narsa  emasligini  ta'kidlab  o’tadi.  Chunki  bolalar  hali  tushunib  olmagan 
materialni  go’yo  ma'nosi  yashirinib  yotgandek  qabul  qiladilar.  Matn  ma'nosining  noma'lumligi  unga 
nisbatan  qiziqish,  bilishga  intilish  mazmunini  izlashga  talabchanlikni  uyg’otadi.  Odatda  ma'nosiz 
so’zlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi. 
  Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh 
davrlari  xususiyatiga  ega  emas,  balki  uning  yakkahol  shaxsiy  xususiyatlariga  bog’liqdir;  2)  mexanik 
esda  olib  qolishning  odat  tusiga  kirib  qolishi  ham  yosh  davrlarining  xususiyati  emasdir;  3)  so’zlarni 
esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir.  

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish