Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

eslatuvchi kerak.  
3  Oxirgi  aspekti  esa  izlash  qidirish  qaysiki  siz  egllagan,  saqlagan  bilimlaringizdan 
foydalanasiz. 
 
  Aka-uka  Yenishlar  tomonidan  o’tkazilgan  oddiy  tajribada  eydetik  xotiraga  ega  bo’lgan 
tekshiruvchiga  olma  va  undan  sal  uzoqroqda  joylashgan  ilmoq  tasvirlangan  rasm  ko’rsatilgan.  Rasm 
o’rtasidan bo’lib, qo’yilgandan keyin tekshiruvchida olmani olib qo’yish istagi kuchayib borayotgani 
so’ralgan. Muayyan yo’l-yo’riq berilgandan keyin tekshiruvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi: 
ilmoq  olmaga  yaqinlashib,  uni  iladi  va  ixtiyorsiz  ravishda  qatnashchi  tomon  tortadi.  Xullas,  eydetik 
obrazlar  harakatchan  bo’lib,  sub'ektning  ruhiy  ko’rsatmasi  ostida  sifat  va  miqdor  o’zgarishiga  yuz 
tutadi.  Ilmiy  tekshirishlarning  ko’rsatishicha,  eydetik  obrazlar  bolalik  va  o’spirinlik  davrlarida 
muayyan muddat xukm suradi va vaqtning o’tishi bilan asta-sekin so’na boradi. 
  Psixofarmokologik  tadqiqotlarining  ko’rsatishicha,  eydetik  obrazlarni  kuchaytiruvchi  kaliy 
ionlari  va  shuningdek  uning  kuchsizlantiruvchi  kalsiy  ionlari  moddalari  mavjuddir.  Ilmiy 
izlanishlardan  olingan  miqdoriy  materiallar  eydetik  obraz  paydo  bo’lishining  psixologik  ildizlarini 
chuqurroq ochishga xizmat qiladi. 
  Tasavvur  obrazlari  xotiraning  yanada  murakkabroq  turi  bo’lib  hisoblanadi  va  ularning 
xususiyatlari  haqida  tasavvurga  egamiz.  Inson  daraxt,  meva,  gul  to’g’risida  tasavvurga  ega  ekanligi 
shuni  ko’rsatadiki,  uning  ilgarigi  tajribalari  sub'ektning  ongida  shu  obrazlarning  izlarini  qoldirgan. 


148 
 
Ilmiy  tushunchalar  talqin  qilinganda  tasavvur  obrazlari  eydetik  obrazlarga  juda  yaqindek  tuyo’ladi. 
Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko’rsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda 
ancha  boy  bo’lib,  o’ziga  xos  xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi.  Tasavvur  obrazlarining  eydetik 
obrazlaridan ajratuvchi farq tasavvur obrazlarining polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati 
tasavvur  obrazlari  ko’rish,  eshitish,  teri  orqali  sezish  izlarining  tarkibiy  qismlarini  birlashtiradi. 
Masalan,  meva  to’g’risidagi  tasavvur  obrazi  uning  tashqi  ko’rinishi,  mazasi,  oqirligi,  vaznini  o’zaro 
birlashtirib aks etadi. 
  Tasavvur  obrazlarining  eydetik  obrazlaridan  asosiy  farqi  shundan  iboratki,  u  narsa  va  hodisa 
haqidagi  tasavvurlarni  aqliy  jihatdan  qayta  ishlashni  o’z  tarkibiga  kiritadi  va  jismlarning  asosiy 
xususiyatlari  ajratilib,  ma'lum  kategoriyaga  birlashtiriladi.  Inson  gul  obrazini  faqatgina  esga 
tushirmaydi, balki uni muayyan bir so’z yoki tushuncha bilan aytadi, nomlaydi, xususiyatlarni ajratib 
ko’rsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi.  
  Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsalarning izini sust ravishda 
saqlab balki, bir qator tasavvur bilan boyitadi, narsa mazmuni va mohiyatini tahlil qilib, u haqida o’z 
bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan bog’lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. 
Bularning  barchasi  irodaviy  sifatlar,  aqliy  zo’riqish,  asabiy  taranglashuv  natijasida  ruyobga 
chiqishidan dalolat beradi.Tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyati mahsuli bo’lib, ular izchil 
yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir.  
Tasavvur  obrazlari  xotira  izlarining  murakkab  turi  bo’lib  uning  aqliy  jarayon  bilan  yaqinligi 
inson bilish faoliyatini muhim tarkibiy qismidan iborat ekanligidan dalolat beradi.  
  So’z-mantiq  xotirasi  mazmunini  fikr  va  mulohazalar,  aniq  hukm  hamda  xulosa  chiqarishlar 
tashkil  etadi.  Insonda  fikr  va  mulohaza  turli  xil  shakllar  yordamida  ifodalanganligi  tufayli  ularni 
ifodalash  faqat  o’zlashtirilayotgan  materiallarning  asosiy  ma'nosini  izohlash,  talqin  qilib  berish  yoki 
ularni  so’zma-so’z  ifodalanishini  aynan  aytib  berishga  qaratilgan  bo’lishi  mumkin.  Agar  ma'lumot, 
axborot,  xabar,  material  ma'no  jihatidan  qayta  ishlanmasa,  u  holda  materialni  so’zma-so’z 
o’zlashtirish,  mantiqiy  o’rganish  bo’lmasdan,  balki  aksincha  mexanik  esda  olib  qolishga  aylanib 
qoladi. 
  So’z-mantiq xotirasining  vujudga  kelishida  birinchi  signal  bilan  bir  qatorda  ikkinchi  signallar 
tizimi  asosiy  hisoblanadi.  Chunki  so’z  mantiq  xotirasi  faqat  insongagina  xos  bo’lgan  xotiraning 
maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o’zining sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli bo’lgan 
harakat,  his-tuyg’u  va  obrazli  xotiralardan  sifat,  ham  miqdor  jihatdan  keskin  farq  qiladi.  Ana  shu 
boisdan  so’z-mantiq  xotirasi  bir  tomondan  xotiraning  boshqa  turlari  taraqqiyotiga  asoslanadi, 
ikkinchidan  ularga  nisbatan  yetakchilik  qiladi.  Shu  bilan  birga,  boshqa  turlarning  rivojlanishi  so’z 
mantiq xotirasining takomillashuviga o’zviy bog’liqdir. So’z-mantiq xotirasining o’sishi qolgan xotira 
turlarining barqarorlashuvini belgilaydi. 
  Xotira  turlariga  nisbatan  boshqacha  tarzda  yondashish  hollari  ham  uchraydi.  Shu  bois  xotira 
faoliyatini  amalga  oshirayotgan  faollik  xususiyatlari  bilan  o’zviy  bog’liq  ravishda  turlarga  ajratiladi. 
Masalan, faoliyat maqsadiga ko’ra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.  
  Ixtiyoriy xotira deganda ma'lum maqsadni ro’yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy 
harakatlarga  suyangan  holda  amalga  oshirilishidan  iborat  xotira  jarayoni  tushuniladi.  Bu  faoliyatni 
odam  ongi  bevosita  boshqaradi.  Ko’pincha  psixologiya  fanida  ixtiyoriy  xotiraga  ixtiyorsiz  esda  olib 
qolish  qarshi  qo’yiladi.  Bu  jarayon  ma'lum  kerakli  topshiriq  yoki  vazifa  qo’yilsa,  esda  olib  qolishga 
etaqlovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz 
matematik  topshiriqlarini  yechayotganimizda  masaladagi  sonlarni  esda  olib  qolishni  o’z  oldimizga 
maqsad  qilib  qo’ymaymiz.  Mazkur  so’z  mantiq  xotirada  asosiy  maqsad  faqat  masala  yechishga 
qaratiladi.  Buning  natijasida  sonlarni  esda  saqlashga,  hech  qanday  o’rin  ham  qolmaydi.  Shunga 
qaramay, biz ularni qisqa muddat bo’lsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga 
qadar davom etadi. 
  Esda  olib  qolishni  maqsad  qilib  qo’yish  esda  olib  qolishning  asosiy  sharti  hisoblanadi.  Serb 
psixologi  Radosavlevich  o’z  tadqiqotida  quyidagi  hodisani  bayon  etadi.  Tajribada  tekshiriluvchidan 
biri  sinovda  qo’llanilayotgan  tilni  tushunmaganligi  tufayli  uning  oldiga  qo’yilgan  vazifalarni 
bajarmagan.  Buning  oqibatida  uncha  katta  bo’lmagan  tadqiqot  materiali  46  marta  o’qib  berilganiga 


149 
 
qaramay,  esda  olib  qolinmagan.  Tajribaning  keyingi  bosqichida  vazifa  tekshiriluvchiga  tushuntirib 
berilgandan  so’ng  u  material  bilan  olti  marta  o’ib,  tanishib,  uni  takrorlab,  qismga  ajratib  esga  qayta 
tushirishga erishgan. 
  Xotiraning  ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  turlari  xotira  taraqqiyotining  ikkita  ketma-ket  bosqichlarini 
tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o’rin egallashini har kim o’z shaxsiy 
tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri ma'lum maqsadsiz aqliy, asabiy, 
irodaviy  zo’r  berishsiz  hayotiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  keng  ko’lamdagi  ma'lumot,  xabar,  axborot, 
ta'surotlarning  ko’pchilik  qismini  aks  ettirishdir.  Shunga  qaramasdan  inson  faoliyatining  turli 
jabhalarida o’z xotirasini boshqarish zarurati tug’ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitlar, 
holatlar,  vaziyatlarda  esda  saqlash,  esga  tushirish  yoki  eslash  imkoniyatini  yaratadigan  xotiraning 
mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz. 
  So’nggi  paytlarda  rus  va  xorij  psixologiyasida  xotira  borasidagi  tadqiqotchilarning  e'tiborini 
esda olib qolishning dastlabki, boshlang’ich daqihalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan tashqi 
taassurot  izlarining  mustahkamlanishigacha  bo’lgan  jarayonlar,  holatlar,  mexanizmlar,  shuningdek, 
ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o’ziga jalb qilib kelmoqda. 
  Masalan,  biror  material  xotirada  mustahkam  joy  olish  uchun  uni  sub'ekt  tomonidan  tegishli 
ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab chiqish uchun ma'lum darajada muddat 
talab etish tabiiydir. Ana shu muddat xotirada qayta tiklanilayotgan izlarni mustahkamlash deb qabul 
qilingan. Mazkur jarayon inson tomonidan yaqindagina bo’lib o’tgan hodisalarning aks sadosi sifatida 
kechiriladi  va  takomillashadi.  Inson  muayyan  daqihalarda,  lahzalarda,  ayni  paytda  bevosita  idrok 
qilinayotgan narsalarni go’yo ko’rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyo’ladi. Ushbu jarayon kelib 
chiqishi  jihatidan  beqaror,  hatto  o’zgaruvchan,  lekin  ular  shu  qadar  maxsus  tajriba  orttirish 
mexanizmlarining  faoliyatida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  boisdan  ularning  roli  shu  qadar 
ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, malumotlar, xabarlarni qayta 
esga  tushirishning  alohida  turi  sifatida  qaraladi.  Ushbu  jarayon  odatda  psixologiya  fanida  qisqa 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish