Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

assosiasiyalaridan  iboratdir.  Yondoshlik  assosiasiyasining  asosida  vaqt  va  fazoviy  munosabatlar 
yotadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  yondoshlik  assosiasiyasi  bir  necha  narsa  yoki  hodisalarni  ayni  bir 
vaqtda  yoki  ketma-ket  idrok  qilishdan  hosil  bo’ladi.  Masalan,  bog’chada  bolasi  har  kuni  o’zining 
tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini  
idrok  qiladi.  Keyinchalik,  ya'ni  katta  bo’lgandan  so’ng  bog’chasini  eslasa  tarbiyachi  opasi  va 
aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bog’cha guruhi ko’z o’ngida gavdalanadi. 
  Hozirgi  paytda  idrok  qilinayotgan  narsa  bilan  ilgari  idrok  qilingan  narsa  o’rtasida  ma'lum 
o’xshashlik  bo’lsa,  bu  narsalar  o’rtasida  o’xshashlik  assosiasiyasi  hosil  bo’ladi.  Masalan,  bola 
dastavval bog’chaga kelgan paytida bog’cha mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlarini 
o’z  onasiga  o’xshatishi  mumkin.  Keyinchalik  bola  onasini  ko’rganda,  mudira  opasini  va  aksincha 
mudira  
opasini  ko’rganda  onasini  eslaydigan  bo’lib  qoladi.  Bu  ikkala  odamning  bola  tasavvuridagi 
obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi.  
  Hozirgi  idrok  qilinayotgan  narsalar  bilan  ilgari  idrok  qilinayotgan  narsalar  o’rtasida  qarama-
qarshibelgilar  va  xususiyatlar  bo’lsa,  bunday  narsalar  o’rtasida  qarama-qarshilik  assosiasiyasi  yuz 
beradi.  Masalan  yoz-qish,  issiq-sovuq  kabi  narsalar  o’rtasida  qarama-qarshilik  assosiasiyalari  hosil 
bo’ladi. 
  Shunday  qilib,  xotiraning  nerv-fiziologik  asosida  bosh  miya  po’stida  hosil  bo’ladigan  shartli 
reflekslar,  turli  assosiativ  bog’lanishlar  yotadi.  Lekin,  odam  esda  olib  qolish  paytida  assosiasiyalar 
hosil  bo’lganligini  mutlaqo  sezmaydi.  Har  xil  assosiasiyalarning  hosil  bo’lganini  odam  keyinchalik 
biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. 
  Xotiraning  nerv-fiziologik  mexanizmlari  xususida  to’xtalar  ekanmiz,  so’nggi  yillarda 
texnikaning  g’oyat  tez  rivojlanishi  natijasida  turli  esda  olib  qoluvchi  apparatlarga  bo’lgan  ehtiyoj 
benihoya  ko’payib  ketganligini  ta'kidlash  joiz.  Bu  o’z  navbatida  xotiraning  nerv-fiziologik 
mexanizmlarini  psixolog  va  fiziologlardan  tashqari  injenerlar,  bioximiklar,  genetiklar  hamda 
kibernetiklar  tomonidan  o’rganilishiga  olib  keldi.  Natijada  xotiraning  nerv  fiziologik  mexanizmlarini 
tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi 
molekulalarning  o’zgarishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  bioximik  nazariyadir.  Bu  nazariyaga  ko’ra  biror 
narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan 
tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining  
(neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq 
tuzilishga  kirib  oladilar.  Dendritlar  tuzilishidagi  hosil  bo’lgan  o’zgarish  darrov  o’tib  ketadigan 
bo’lmay,  ancha  mustahkam  bo’ladi.  Shu  sababli  esda  olib  qolgan  narsa  uzoq  vaqt  xotirada  saqlanib 
turadi. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish