9.3.Idrokning o’ziga xos xususiyatlari. Appersepsiya
Idrokning o’ziga xos xususiyatlaridan biri idrok jarayoniga butun psixik hayot mazmunining
(ya'ni butun ma'naviy boyligining) ta'sir etishidir. Yuqorida aytilganidek, idrok jarayoni odamning
turmush tajribasi bilan bog’liq ekan, binobarin, idrok jarayoniga bilim boyligi odamning ishonch,
e'tiqodlari, dunyoqarashi, qiziqish va ehtiyojlari hamda kasbi ta'sir qiladi. Psixologiyada idrok
jarayoniga odamning butun ma'naviy hayot boyligini ta'sir etishini appersepsiya deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |