Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


bog’lanishlar rivojlanishning ko’p qirrali jarayonidir



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

bog’lanishlar rivojlanishning ko’p qirrali jarayonidir.  
A) muloqot B) kommunikasiya V) munosabat G) hamkorlik D) raqobat  
10.Ishonch va vafo ramzi bo’lgan rang qaysi qatorda ko’rsatilgan?  
A) qizil B) pushti V) oq G) sariq D) ko’k  
 
 
8-MAVZU: SEZGILARNING PSIXOLOGIYASI.  
REJA: 
      8.1.Sezgi haqida tushuncha 
8.2.Sezgilarning nerv - fiziologik asoslari 
      8.3.Sezgilar tasnifi va turlari. 
      8.4.Sezgilarning umumiy qonuniyatlari 
Tayanch tushunchalar 
  Adaptasiya (lot. Adaptare moslashtirmoq) - sezgi a'zolarining qo’zg’ovchi kuchiga moslashuvi 
natijasida muayyan sezgirlikning o’zgarishi.  
  Akkomodasiya  (yunon.  Akkomadatio  -  moslashish)  -  ko’zning  turli  masofadagi  narsalarni 
ko’rishga moslashuvi.  
  Analizator  (yunon.  Analusis  bo’laqlarga  ajratish)  -  murakkab  neyrofiziologik  tizim,  odamga 
ta'sir etuvchi qo’zg’alishlarni idrok etish va uni tahlil qilish.  
  Afferentasiya  (lot,  afferens  (afferentis)  -  keltiruvchi)  -  tashqi  va  ichki  qo’zg’atuvchilar  orqali 
sezgi a'zolariga ta'sir etish asosida paydo bo’lgan nerv tizimiga kelib turish jarayoni.  
  Binokulyar  ko’rish  -  (lot  bini  -  juft,  okuliys  -  ko’z)  -  bitta  ob'ektning  o’zini  har  ikkala  ko’z 
bilan barobar ko’rish.  
  Veber-Fexner  qonuni  -  qo’zg’ovchi  kuchning  o’zgarishi  bilan  hosil  bo’lgan  muayyan  sezgi 
kuchining o’zgarishi o’rtasidagi o’zaro munosabatni ifodalashdan iborat psixofiziologik qonun.  
  Vestibulyar  apparat  (lot.  vestibultuu  –  boshlang’ich,  apparatus  -  asbob)  -  fazodagi 
harakatlarning yo’nalishining holati va bunday harakatlar yo’nalishining o’zgarishini ko’zatib baholab 
turishga yordam beradigan analizator (ichki quloqda joylashgan).  
  Interoreseptiv  sezgilar  -  (lot.  interior  -  ichki,  redpiere  -  olmoq)  -  ichki  a'zolarga  joylashgan 
reseptorlar.  
  Kinestetik  sezgi  (yunon.  kineo  -  hapakatga  keltiraman)  -  o’z  tana  a'zolarining  holati  va 
harakatini propreoreseptorlar ta'siri ostida sezish.  
  Sezgi  -  psixik  aks  ettirishning  oddiy  usuli  tariqasida  hayvonlarga  ham,  odamlarga  ham  xos 
xususiyat. Voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim belgi va xususiyatlarini bilib olishni ta'minlaydi.  
  Sezgi  a'zolarining  o’ziga  xos  quvvati  -  sezgi  a'zolarning  maxsus  quvvati  haqidagi  qonun 
bo’lib, bu qonunga binoan sezgi a'zolari tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta'sirini aks ettirmay, 
balki sezgi a'zolarining o’ziga xos quvvatini qo’zg’ovchi tashqi turtki deb hisoblanadi (M.Myo’ller).  
  Sezgi  chegarasi  -  sezgining  mutloq  chegarasi.  Minimal  kuchga  ega  bo’lgan  qo’zg’ovchining 
bilinar - bilinmas ta'sirini sezishga sezgining kuchi chegarasi, qo’zg’ovchining eng yuqori kuchga ega 
bo’lgan ta'sirini sezishga - sezgining yuqori (maksimal) chegarasi deyiladi.  
  Sezgirlik  -  o’ta  sezuvchanlik,  sezgi  a'zolarining  o’ziga  ta'sir  etib  turgan  qo’zg’ovchilarning 
salgina yoki unchalik farq qilmaydigan ta'sirini ajrata olish qobiliyati.  
  Proprioreseptiv  sezgilar  (lot.  proprius  -  xususiy,  maxsus,  recipere  -  qabul  qilmoq)  -  tananing 
turli qismlaridagi holatlardan va ularning harakatlaridan darak beruvchi sezgilar.  
  Sensibilizasiya (lotin. sensibilis - sezuvchan) - ichki omillar ta'siri natijasida  
analizatorlar sezgirligining ortib ketishi. 
  Sensor sezgilar (lot, sensus - sezgi, his) - sezgi a'zolariga taalluqli sezgilar. Sensorika sezgi va 
idrokni umumlashtiruvchi tushunchadir.  


101 
 
  Sinesteziya  (yunon.  sineistcsus  -  birgalikda  sezish)  -  turli  xildagi  sezgilarning  o’zaro  ta'siri 
natijasida qo’shilib ketishi, (jumladan, eshitish va ko’ruv sezgilari va h.k.) 
  Ta'm  bilish  -  sezgi  turi  (shirin,  achchiq  -  chuchuk,  to’zli).  Analizator  til  o’zagidagi  nerv 
tugunlari hamda bosh miya po’stloqqismidagi ta'm bilish markazidadir.  
  Farqqilish  chegarasi  -  qo’zg’ovchilar  o’rtasidagi  bilinar  -  bilinmas  farqni  sezish.  Bu  avvalgi 
qo’zg’ovchilar  bilan  keyingi  qo’zg’ovchilar  o’rtasidagi  qandaydir  farq  borligini  seza  olishda 
ifodalanadi.  
  Eksteroreseptiv  sezgilar  -  tashqi  olamdagi  narsa  va  hodisalarning  turli  xususiyatlari  haqida 
darak beruvchi sezgilar mas., ko’rish, eshitish, hid va ta'm bilishdan iborat tashqi sezgilar.  
  Hid bilish sezgisi - sezgi turi, xillarini aks ettirish jarayoni. Uning analizatori burun to’siqining 
shilliq pardasida joylashgan va uning markazi bosh miya po’stloqqismidadir.  

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish