Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


Nutq apparati. Nutq turlari



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

7.3.Nutq apparati. Nutq turlari. 
Nutq  o’zining  xususiyatiga  va  bajaradigan  vazifalariga  qarab  asosan  uch  turga  bo’linadi  : 
og’zaki, yozma va ichki nutq kabi. 
Og’zaki  nutq.  Odatda  kishilar  bir-birlari  bilan  muomala  va  munosabatda  bo’lganlarida 
o’zlarining  fikrlarini  ovoz  chiqarish,  gapirish  bilan  amalga  oshiradilar.  Gapiruvchi  shaxs  o’z  fikrini, 
his-tuyg’ularini  faqat  so’z  bilan  emas,  balki  imo-ishora,  mimika  va  intonasiyalarda  ham  ifoda  qiladi. 
Gapiruvchi  nutqi  aniq,  ravon,  emosional  bo’lishi  kerak.  Talaba  esa,  o’z  dikqatini  jalb  etib, 
ma’ro’zachining nutqini tinglagandagina uning ma’nosiga yaxshi tushunib oladilar. 
Kishilar o’rtasidagi amalga oshirilayotgan munosabatlarning xarakteri yoki xususiyatlariga qarab 
og’zaki nutq dialogik va monologik tarzda bo’lishi mumkin. 
Dialogik  nutq  ikki  yoki  undan  ortiq  kishilarning  bir-birlari  bilan  suxbatlashish  jarayonidir. 
Bunda  suxbatdoshlar  faollik  ko’rsatishlari  kerak.  Dialogik  nutq  orqali  suhbat  qilayotgan  kishilar  bir-
birlarining fikrlarini tez tushunib olgani holda, suxbatdoshining aytgan gaplarini tasdiqlashi yoki unga 
e’tiroz  bildirishi  mumkin.  Bu  xil  nutqning  yana  bir  xususiyati  bor,  bunda  suxbatdoshlarga  malum 
bo’lgan ayriliq so’zlar tushirib qoldirilishi ham mumkin. Ba’zi hollarda dialogik nutq ixgiyorsiz ham 
bo’ladi,  chunki  suxbat  davomida  yangi-yangi  fikrlar  kelib  chiqaveradi.  Lekin  bu  nutq  izchil  va  to’la 
bo’lmasligi ham mumkin. Bu sharoit bilan bog’liq. 
Monologik  nutq  esa,  dialogik  nutqdan  farq  qilib,  bitta  odamning  boshqalarga  qarata  nutq 
so’zlashidir. Masalan, dokladchi nutqi, lektorning auditoriyadagi o’quvchi, talabalarga qarata ma’ro’za 
o’qishi kabilar monologik nutqdir. 
Monologik nutqning ham o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlar eng avvalo shundan 
iboratki,  ko’pchilik  oldida  so’zlagan  notiq  fikrining  mantiqiy  jihatdan  izchilligiga,  talant  burroligi, 
talaffo’zning  aniqligiga  va  nihoyat  fikrning  ta’sirchanligiga  e’tibor  berishi  lozim.  Ma’ro’zachi 
talabalarning ham aytilayotgan gaplarga munosabatini hisobga olib borsa yaxshi bo’ladi. 
Monologik  nutq  faqat  boshqalarga  qaratilgan  bo’lib  qolmasdan,  kishi  o’zi  yozish  konspektini 
yoki ma’ro’zasini o’zicha ovoz chiqarib o’qish ham mumkin, bu ham monologik nutqka kiradi. 
Yozma  belgilardan  foydalangan  holda  nutq  tuzish  mumkin,  bu  yo  z  m  a  nutq  bo’ladi.  Yozma 
nutq, monologik nutqning turlaridan biri bo’lib, ko’pincha boshqalar uchun tayinlangan nutqdir. 
Yozma nutqning o’ziga xos xususiyatlari bor. Avvalo yozma nutqning murakkab va mukammal 
tuzilib  ifoda  qilinadigan  nutq  turlaridan  ekanligini  qayd  qilish  kerak.  Chunki,  u  masofa  va  zamon 
e’tibori bilan uzoqda bo’lgan kishilarga atalgan bo’ladi. Shuning uchun ham yoziladigan xat, maqola, 
kitob  va  boshqa  yozma  asarlardagi  gaplarning  hamma  bo’laqlari  grammatik  qoidaga  muvofiq  o’z 
joyida  ishlatilishi  lozim.  Bunda  gapning  egasi,  kesimi  va  boshqa  bo’laqlari  tushib  kolar  ekan,  uning 
mazmuniga  tushunmaslik  mumkin.  Bu  yana  shuning  uchun  zarurki,  biz  o’z  bilim  va  tajribalarimizni 
kelgusi avlodga faqat yozma shaklda qoldiramiz, u albatta kelgusi avlodlarga tushunarli bo’lishi kerak. 
Nutqning  alohida  xili  ham  bo’lib,  uni  i  ch  k  i  nutq  deb  yuritamiz  ichki  nutq,  kishining  o’ziga 
qaratilgan  bo’lib,  o’z  ichidan  o’ylab,  jim  o’tirgan  vaqtdagi  nutqidir.  Odatda,  u  ovozsiz  o’tadi.  Ba’zi 
hollarda  esa,  u  shivirlab  aytiladi  yoki  ovoz  bilan  gapiriladi.  Bunday  hodisa  kishi  bir  narsadan  qattiq 
ta’sirlangan, hayajonlangan yoki bir narsadan gpushaymoi bo’lgan yoki o’zi yolg’iz o’tirgan vaqtlarda 
ro’y  beradi.  Kishi  o’zi  sezmasdan  baland  ovoz  bilan  gapira  boshlaydi  yoki  ayrim  so’zlarni  ovoz 
chiqarib  gapirib  ham  qo’yadi.  ko’p  hollarda  ichidan  o’ylanib  o’tirgan  kishi  yuz  ifodasini  o’zgartirib, 
boshini  qimirlatib,  qoshini  chimirib,  qo’llarini  silkitib  ham  qo’yadi.  Bu  ichki  nutqning  harakat  bilan 
ifoda  qilinishidir.  Bunday  hodisa  ayniqsa,  kichkina  bolalarda  ko’p  uchrydi.  Bola  o’ynar  ekan,  uning 
og’zi ham jim turmaydi,  u o’z-o’zidan gapirib o’ynaydi. ya’ni o’z ichida  nimani  o’ylayotgan  bo’lsa,  
shuni  ovoz   chiqarib gapiraveradi. 
Ichki nutq, to’la bo’lmasligi, ko’pincha qimlardan tuzilgan bo’lishi ham mumkin. Masalan. kishi 
portfelini axtarar ekan, «uyda esdan chiqib qolibdiku" yoki "olmabman" deb shivirlab qo’yadi va nima 
olishini unutganligini o’zi biladi. 
Ichki nutq tafakkurga tabiiy ravishda bog’langandir. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish