97
7.2. Nutqning fiziologik asoslari
Nutqning fiziologik asoslari odamning individual hayoti va faoliyati davomida o’zlashtirilib
boriladi. Biz gapirganimizda, bir tomondan. ovoz signallarini qabul qilamiz, ikkinchi tomondan.
talaffo’z qilish nutqqa oid muskul apparati orqali vujudga kelishini ko’ramiz.
Nutq, faoliyati uchun bosh miya katta yarim sharlarida po’stining murakkab
markazlashgan, nerv xujayralarining ishlashi talab etiladi. Nutqning anatomik-fizioloptk asosi eng
avvalo fonetik Nutqning nafas olish, ovoz va artikulyasiya muskul apparatlaridan iboratdir. Nafas
olish kishining hayet kechirishi va nihoyat ovoz chiqarishi chiqarishi uchun katta ahayimyatga ega
bo’lib, u diafragmadan, o’pkadan, o’pkani, bronxni va bug’izni harakatga keltiruvchi muskullardan
iboratdir.
Ovoz chiqarish apparati kekirdak bo’lib, u to’rtta tog’aydan iborat. Ana shu tog’aylar o’rtasida
ikkta elastik, xususiyatga ega bo’lgan muskullar bor. Bularni ovoz muskullari deymiz. Nafas olish
orqali ovoz muskullari harakatga kelib, tebranib turadi va nihoyat ular taranglanishi yoki susayishi
mumkin. Agar ovoz muskullari taranglashsa, ular bir-biriga yaqinlashadilar, natijada nafas yo’lidan
chiqqan havo ovoz muskullarini tebratadi va nihoyat tovush hosil bo’ladi.
Bosh miya po’stlog’ida nutqning uch xil markazi mavjud: e sh i t i sh markazi, x a r a k a t l a n t
i r i sh va k o’ r i sh markazlari.
Eshitish markazi miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa
qismida joylashgan bo’lib, eshitilgan so’zlarni idrok qiladi, boshahalarning nutqini tushunish va
o’zlashtirishni ta’minlaydi. Bu markaz shikastlansa, kishi o’zgalarning so’zlarini eshitishda, ularning
ma’nolariga tushunmaydi, bu sejorli afaziya deb ataladi. Afaziya natijasida kishida og’zaki va yozma
nutq buzilad.
Nutqning harakat markazi bosh miya chap yarim sharining peshona qismida joylashgan bo’lib,
gapiruvchi kishining aktiv nugqini vujudga keltiradi. Bu markaz shikastlansa, boshqa kishilarning
so’zlarini eshitib, uning ma’nosiga tushunsa ham, o’zi gapira olmaydi. U so’zlarning qanday talaffo’z
etilishini eslay olmaydi. Bunday kasallik tufayli ichki nutq ham buziladi.
Nutqning ko’rish markazi bosh miyaning orqa kismida joylashgan bo’lib, kishining yozilgan
xatni o’qishi va xat qanday belgilar (harflar) shu markaz orqali idrok etiladi. Agar bu markaz
shikastlansa, kishi harflarni tanimay qoladi va xatni o’qiy olmaydi.
Biroq, keyingi yillarda fiziologik va psixologik olimlarimiz (P.K.Anoxin, A.RLuriya. A.N
Leontyev, D.N.O’znadze va boshqalar) tomonidan amalga oshirilgan qator ilmiy tadqiqot ishlaridan
ma’lum bo’lishicha, nutq faoliyatining fiziologik asosini yuqorida ko’rsatilganidek talqin etish yetarli
emas. Balki, bosh miya po’stining boshqa markazlar kabi nutq markazlarining ham qat’iy chegaralari
va bir-biridan ajralgan holda harakat qiladi.
P.K. Anoxin tadqiqotlarida hosil qilingan ma’lumotlar nuqtai nazaridan olganda, nutq
faoliyatining fiziologik asosini bir necha funksional sistemalarning murakkab uyushmasi tashqil etadi,
bu funksional sistemalardan ayrimlari nutq uchun ixtisoslashgan sistema bo’lsa, boshqalari o’zga
faoliyatlar uchun ham xizmat qilaveradi.
Kishi nutq orqaliboshqalar bilan munosabatda bular ekan, buni albatta ikkinchi signal sistemasi
orqali amalga oshiradi. Shuning uchun ham vaqtli bog’lanishlar vujudga qilaveradi. Bu esa o’zining
qator xususiyatlariga ega bo’ladi. Eshitilgan so’zlarning hammasi esda saqlanib qolavermaydi.
Ikkinchi signal sistemasi tanlab esda olib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: