7.3.7. “Kitob axbor ul-buldon”
İbn al-Faqih’ “Kitob axbor ul-buldon” (“Mamlakatlar h’aqida xabarlar” asari
bilan mashh’ur bwlgan tarixchi olim. Uning twla ismi Abubakr Ah’mad ibn
Muh’ammad al-Hamadoniydir. Ushbu asaridan (taxminan 903 yili ёzilgan) malum
bwlishicha, u xalifalardan al-Mwtadid (892-902 y.) va al-Muqtafiy (902-908 y.)lar
bilan zamondosh bwlgan. “Kitob al-fih’rist” muallifining swzlariga qaraganda, İbn
al-Faqih’ wz zamonasining atoqli adiblaridan bwlib, naql-rivoyat va adabiёtni
yaxshi bilgan.
“Kitob axbor ul-buldon” asari siёsat, tarix va madaniy h’aёtga oid
materiallarga boydir. İbn al-Faqih’ning ayniqsa yirik shah’arlar, Balx, Samarqand
va boshqalar h’aqida keltirgan malumotlari nih’oyatda qimmatlidir.
“Kitob axbor ul-buldon”ning Ali ibn Jafar ash-Shayzoriy tarafidan
bajarilgan (1022 y.) qisqa tah’riri de Gue tomonidan 1885 yili Leydenda chop
etilgan.
Ushbu asarning mwtabar qwlёzmasi, aniqrog’i uning ikkinchi qismi, 1923
yili Mashh’addagi (Eron) İmom Rizo masjidi kutubxonasidan topildi. Unda Eron
va Movarounnah’rning iqtisodiy va tarixiy geografiyasiga oid diqqatga sazovor
malumotlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |